settings icon
share icon
Savol

Nikohdan oldin yaqinlikning darajasi qanday?

Javob


Efesliklarga 5:3 oyat bizga aytadi, "Sizlarning orangizda fahsh, zinokorlik, ifloslik yoki xasisligu ochko'zlik hatto tilga ham olinmasin. Bular Xudoning azizlariga munosib emas." Hatto jinsiy ahloqsizlikka "ishora" qiladigan har bir narsa Masihiy uchun mos emas. Muqaddas Kitob bizga "maslahat" sifatidagi narsalar ro'yxatini bermaydi yoki nikohdan oldin yigit — qiz uchun qanday jismoniy harakatlarga ruxsat berilishini bizga aytmaydi. Biroq, Muqaddas Kitob bu masalani alohida ko'rib chiqmasa-da, Xudo nikohdan oldingi "oldindan jinsiy aloqa qilish" ni ma'qullashini anglatmaydi. Aslida, tanaviy erkalash odamni jinsiy aloqa qilishga tayyorlash uchun mo'ljallangan. Bu kirish oilaviy juftliklar bilan cheklangan bo'lishi kerak deyish mantiqiy bo'ladi. Nikohdan oldingi hamma tanaviy erkalash deb hisoblangan barcha narsadan bosh tortish kerak.

Agar turmush qurmagan yigit-qiz uchun biror bir harakat to'g'ri yoki yo'qligi haqida shubha tug'ilsa, undan qochish kerak (Rimliklarga 14:23). Har qanday va barcha jinsiy va jinsiy aloqadan oldingi harakatlar turmush qurgan juftliklar bilan cheklanishi kerak. Turmush qurmagan juftlik jinsiy aloqada bo'lishga, ahloqsizlikning paydo bo'lishiga olib keladigan yoki tanaviy erkalash deb hisoblanishi mumkin bo'lgan har qanday ishlardan qochish kerak. Ko'plab cho'ponlar va masihiy yetakchilar yigit-qizga to'ydan oldin qo'l ushlashib yurish, quchoqlashish va o'pishishdan tashqariga chiqmaslikni maslahat berishadi. Turmush qurgan juftlik faqat bir-biri bilan bo'lishi kerak, shunda nikohda jinsiy munosabatlar qanchalik o'ziga xos va noyob bo'lib qoladi.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Nikohdan oldin yaqinlikning darajasi qanday?
© Copyright Got Questions Ministries