Xudoning hukmronligi va insoniyatning erkin irodasi najot topishda qanday qilib birga ishlaydi?


Savol: Xudoning hukmronligi va insoniyatning erkin irodasi najot topishda qanday qilib birga ishlaydi?

Javob:
Biz, Xudoning hukmronligi va insoniyatning erkin irodasi va mas'uliyati o'rtasidagi munosabatni butunlay to'liq tushuna olishimiz mumkin emas. Faqat Xudo, Uning najot rejasida ular bilan qanday ishlashni aniq biladi. Ehtimol, boshqa bir ta'limotga qaraganda bu masala bilan ko'proq, Xudoning tabiati va U bilan bo'lgan munosabatimizni to'la anglash qobiliyatimizni tan olish juda muhimdir. Har ikkala tomonga juda chuqur kirganda, bu, najot tushunchasini buzadi.

Muqaddas Kalom Xudo kim qutqarilishini bilishini aniq aytadi, (Rimliklarga 8:29; 1Butrus 1:2) Efesliklarga 1:4 da aytilishicha, Xudo bizni «dunyo yaratilishidan avval» tanladi. Muqaddas Kitobda imonlilarni bir necha bor "tanlangan" (Rimliklarga 8:33; 11: 5; Efesliklarga 1:11; Kolosaliklarga 3:12; 1 Salonikaliklarga 1: 4; 1Butrus 1:2; 2:9) va "tanlab olingan" deb ta'riflaydi (Matto 24:22, 31; Mark 13:20, 27; Rimliklarga 11:7; 1Timo'tiy 5:21; 2Timo'tiy 2:10; Titus1:1; 1Butrus 1:1). Bu haqiqat, y'ani Imonlilarning oldindan belgilab qo'yilganliklari (Rimliklarga 8: 29-30; Efesliklarga 1: 5,11) va tanlanganlari (Rimliklarga 9:11; 11:28; 2 Butrus 1:10), najot uchunligi aniqdir.

Muqaddas Kitobda, Masihni Najotkor sifatida qabul qilishlari uchun biz javobgarlikni olib yurishimizni aytadi — biz qilishimiz kerak bo'lgan yagona narsa — Iso Masihga ishonamiz va najot topishimizdir (Yuhanno 3:16; Rimliklarga 10:9-10). Xudo kim qutqarilishini biladi, Xudo qutqarilishi kerak bo'lgan odamni tanlaydi va biz esa najot topishimiz uchun Masihni tanlashimiz kerak. Ushbu uchta faktlar birgalikda ishlashini chegaralangan aqlimiz bilan tushunishimiz qiyin (Rimliklarga 11:33-36). Bizning mas'uliyatimiz butun dunyoga Xushxabarni olib borishdir (Matto 28:18-20; Havoriylar 1:8). Biz, oldindan bilish, tanlov va oldindan tanlab olishni Xudoning qismiga qoldirishimiz va faqat itoatkorlik bilan Xushxabarni bo'lishishimiz kerak.

English


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Xudoning hukmronligi va insoniyatning erkin irodasi najot topishda qanday qilib birga ishlaydi?