Qutqarilish rejasi nima degani?




Savol: Qutqarilish rejasi nima degani?

Javob:
Siz ochlikni sezyabsizmi? Tanaviy ochlik emas, balki har doimgi ichki , bu dunyoda nimanidir ko’proq xohlash. Agar shunday bo’lsa, unda siz Isoga muhtojsiz! Iso shunday dedi: “ Men hayot noniman. Mening oldimga kelgan odam sira och qolmas, Menga ishongan odam hech qachon chanqamas” ( Yuhanno Xushxabari 6:35).

Siz sarosimadamisiz? Sizga, hech qachon hayotingizda yo’lingizni yoki maqsadingizni topolmaydigandek tuyulyabtimi? Kimdir chiroqni o’chirib qo’ygandek va siz yoqitkichni topolmayatgandek sezyabsizmi? Agar bu shunday bo’lsa, unda siz Isoga muhtojsiz! Iso xitob qildi: “ Men olamning nuriman. Kimki Menga ergashsa, zulmatda yurmaydi, balki hayot nuriga ega bo’ladi “ ( Yuhanno Xushxabari 8:12).

Bu dunyoda yo’qolib qolganingizni sezyabsizmi? Shuncha xar-hil eshiklarni ko’rib, lekin ularni orqasidan bo’shliq va ortiqcha harakatmi? Siz bu hayotni mazmunini izlayabsizmi? Agar bu shunday bo’lsa, unda chiqish Isoda! U aytgan : “ Men eshikman. Kim Men orqali kirsa, najot topadi. U kirib chiqib, yaylov ham topadi” ( Yuhanno Xushxabari 10:9).

Sizni boshqa odamlar yomon ahvolga solishyabtimi? Sizni atrofingizdagilar bilan munosabatingiz yuzaki va bo’shmi? O’zingizni shunday sezyabsizmi, huddi sizni o’z foydalarini ko’zlab ishlatishayotgandek? Agar shunday bolsa, unda Isoga murojat qiling! Iso aytgan: “ Men yaxshi Cho’ponman. Yaxshi Cho’pon qo’ylari uchun jonini bag’ishlaydi….- Men yaxshi Cho’ponman. Men O’zimni qo’ylarimni bilaman, O’zimnikilar esa Meni biladilar “ ( Yuhanno Xushxabari 10:11,14)

Sizni, o’limdan keyin siz bilan nima sodir bo’lishi qiziqtiryabtimi? Siz, o’zgarib turadigan narsalar uchun yashashga charchadingizmi? Siz hozirgi hayotdagi, maqsadga muvofiqlikda shubxalanyabsizmi? O’lganingizdan keyin yashashni xohlaysizmi? Agar shunday bo’lsa, unda Isoda javob! U aytgan: “ Men tirilish va hayotdurman. Menga ishongan odam o’lsa ham yashaydi. Kimda-kim Menga ishonib yashasa, to abad o’lmaydi” ( Yuhanno Xushxabari 11:25-26).

Yo’l bormi? Haqiqat bormi? Hayot bormi? Iso aytgan : “ Men yo’l, haqiqat va hayotdirman. Mensiz hech kim Otamning oldiga borolmaydi “ ( Yuhanno Xushxabari 14:6)

Siz his qilayotgan ochlik, bu ruhiy ochlik, faqat Isoda to’lishi mumkin bo’lgan. Iso - yagona, Kim qorong’ulikni yorita oladigan. Iso - bu to’la qimmatli hayotga yo’l. Iso - siz izlagan do’st va cho’pon. Iso - bu sizning, bu dunyodagi hayotingiz, shuningdek mangulikda ham. Iso - najotga yo’l.

Siz ruhiy ochlikni his qilayotganingiz, yo’qotishni sezayotganingiz, shuningdek hayotni maqsadini topishga intilayotganingizni sababi shunda to’xtaladiki, siz Xudodan uzoqlashgansiz. Muqaddas Kitobda yozilganki, hammamizni Xudo bilan ajralishimizni sababi, biz gunoh qilganimiz ( Ekkleziast kitobi 7:20; Rimliklar maktubi 3:23). Bizni hayotimizda Xudo yo’qligida, hayotimizda bo’shliq hissiyoti paydo bo’ladi, ahir biz Xudo bilan muloqotda bo’ish uchun yaratilganmizku. Lekin o’zimizning gunohimizni deb, biz bu aloqani yo’qotdik. Bundan battari shuki, o’zimizning gunohimizni deb, biz Xudo bilan munosabatlarimizni nafaqat bu dunyoda, lekin undan keyingi dunyoda ham yo’qotdik ( Rimliklar makubi 6:23; Yuhanno Xushxabari 3:36).

Bu muammoni qanday qilib yechsa bo’ladi? Javobi Isoda! Iso bizning gunohlarimizni o’ziga oldi ( 2-chi Korinfliklar maktubi 5:21). U bizning o’rnimizga o’ldi ( Rimliklar maktubi 5:8) bizga tayyorlangan jazoni, O’ziga olib. Uchinchi kuni U o’liklar ichidan tirildi, gunoh va o’lim ustidan g’alaba qozonib ( Rimliklar maktubi 6:4-5). Nima uchun U buni qildi? Isoning O’zi bu savolga javob berdi: “ Kim O’z jonini do’stlari uchun bag’ishlasa, bundan ortiq sevgi yo’q” ( Yuhanno Xushxabari 15:13). U biz yashay olishimiz uchun o’ldi. Agar biz Isoga ishonsak, Uning O’limni, bizning gunohlarimiz uchun to’lov deb, qabul qilsak, unda gunohlarimizdan kechirilgan va yuvilgan bo’lamiz. O’shanda bizning ruhiy ochligimiz qondiriladi. Nur sochishni boshlaydi va bizning hayotimiz ma’no bilan to’ladi. Biz Unda eng zo’r do’st va yaxshi Cho’pon topamiz. Shunungdek, biz o’limimizda keyin, U bilan osmonda yangilangan abadiy hayot olishimizga ishonch olamiz.

Zero xudo olamni shunchalik sevdiki, O’zining yagona O’g’lini berdi, toki Unga ishonga xar-bir kishi haloq bo’lmasin, balki abadiy hayotga ega bo’lsin (Yuhanno Xushxabari 3:16).

Bu erda o’qiganingiz tufayli Masih uchun qaror qabul qildingizmi? Agar shunday bo’lsa, iltimos, quyida "Men bugun Masihni qabul qildim” degan tugmani bosing.


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Qutqarilish rejasi nima degani?