Abadiy hayot bormi?




Savol: Abadiy hayot bormi?

Javob:
Injil abadiy hayotga aniq yo’lni ko’rsatadi. Birinchidan, biz Xudoga nisbatan gunoh qilganimizni e’tirof etishimiz kerak: " Hamma gunoh qilgan va Xudoning ulug`vorligidan mahrumdir" (Aziz Havoriy Pavelning rimliklarga maktubi, 3 bob, 23-oyat). Biz barchamiz Xudoga xush kelmaydigan ishlarni qilganmiz, bu esa bizni jazoga loyiq ekanligimizni bildiradi. Oxir-oqibatda barcha gunohlarimiz abadiy Xudoga qarshi ekan, demak faqatgina abadiy jazo bizga kifoya bo’ladi. "Gunohning evazi — o`lim, Xudoning in’omi esa Rabbimiz Iso Masih qiyofasidagi abadiy hayotdir " . (Aziz Havoriy Pavelning rimliklarga maktubi, 6 bob, 23-oyat).

Biroq, Xudoning abadiy o’g’li, gunohsiz Iso Masih (Aziz Havoriy Pyotrning ikkinchi maktubi, 2 bob, 22-oyat), chinakam inson sifatida (Yuhanno bayon etgan muqaddas xushxabar 1 bob, 1-14 oyatlar), gunohlarimizni yuvish uchun jon berdi. " Lekin biz hali gunohga botgan chog`imizda, Masih biz uchun o`ldi. Bu Xudoning bizga bo`lgan muhabbatidan dalolatdir " (Aziz Havoriy Pavelning rimliklarga maktubi 5 bob, 8-oyat). Iso Masih xochda (Yuhanno bayon etgan xushxabar 19 bob, 31,42-oyatlar), biz loyiq bo’lgan jazoni olgan holda vafot etdi (Aziz Havoriy Pavelning Korinfliklarga ikkinchi maktubi 5 bob, 21-oyat). Gunoh va o’lim ustidan O’zining g’alabasini isbot qilgan holda, U uch kundan so’ng qaytib o’likdan tirildi (Aziz Havoriy Pavelning Korinfliklarga birinchi maktubi, 15 bob, 1,4- oyatlar). "U bizga behad rahm-shafqat ko’rsatdi, Iso Masihning o’likdan tirilishi asosida bizni yangidan tug’iltirib, tirik bir umidga ega qildi " (Aziz Havoriy Pyotrning birinchi maktubi, 1-bob, 3-oyat).

Imonimiz bilan biz gunohlarimizdan yuz ogirib Masihga najot uchun iltijo qilishimiz lozim (Aziz Havoriylarning faoliyati, 3-bob,19-oyat). Xochda gunohlarimizni yuvish uchun Uning jon berganiga ishongan holda, biz imonimizni Unga bag’ishlasak, bizning gunohlarimiz avf etiladi va bizga arshi-a’lodagi abadiy hayot va’da qilinadi. "Zero Xudo olamni shunchalik sevdiki, O’zining yagona O’g’lini berdi, toki Unga ishongan har bir kishi halok bo’lmasin, balki abadiy hayotga erishsin "(Yuhanno bayon etgan xushxabar, 3 bob, 16-oyat). "Agar sen Isoni Rabbim deb, og’zing bilan ochiq iqror etsang va Xudo Uni tiriltirganiga chin yurakdan ishonsang, najot topasan " (Aziz Havoriy Pavelning rimliklarga maktubi, 10 bob, 9-oyat). Xochga mixlangan Isoning bajargan ishlarini o’zigagina imon keltirish abadiy hayotga yagona tog’ri yo’ldir! "Ha Sizlar Xudodan inoyat topib, imoningiz tufayli qutulgansizlar. Bu – Xudoning in’omi, sizning yutug’ingiz emas. Yana hech kim: Men savob ishlarim tufayli qutulganman, deb maqtanmasin " (Aziz Havoriy Pavelning Efesliklarga maktubi, 2 bob, 8,9-oyatlar).

Agar siz Iso Masihni o’z najotkoringiz sifatida qabul qilmoqchi bo’lsangiz, unda mana shunday namunaviy ibodat bor. Ushbu yoki boshqa bir ibodatni qilish sizni halos etmasligini yodda tuting. Faqatgina Masihga ishonish sizni gunohdan halos etishi mumkin. Bu ibodat o’z imoningizni Xudoga izhor etish va sizga najot berishi uchun Unga shukrona aytishning oddiy yo’lidir. "Tangrim, senga qarshi gunoh qilganman va jazoga loyiqman. Ammo Iso Masih menga tegishli bo’lgan jazoni o’ziga oldi. Unga imon keltirishim orqali, men gunohlarimdan forig’ bo’lishim mumkin. Men gunohlarimdan tavba qilib,najot uchun imonimni senga keltiraman. Abadiy hayotning in’omi - Sening inoyating va rahm-shafqating uchun senga shukronalar bo’lsin! Omin!"

Bu erda o’qiganingiz tufayli Masih uchun qaror qabul qildingizmi? Agar shunday bo’lsa, iltimos, quyida "Men bugun Masihni qabul qildim” degan tugmani bosing.


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Abadiy hayot bormi?