Iso Masih o’lim va qayta tirilish, shu uch kun davomida qayerda edi?




Savol: Iso Masih o’lim va qayta tirilish, shu uch kun davomida qayerda edi?

Javob:
1-chi Butrus 3:18-19da yozilgan: “Chunki Masih ham bizni Xudoga yaqinlashtirish va gunohlarimizni yuvish uchun bir marta azob chekib, o’ldi, O’zi solih kishi bo’lgani holda,gunohkorlar uchun qurbon bo’ldi. Uning badanini o’ldirishgan bo’lsa-da,Ruhi tirildi. Masihning Ruhi esa borib ,zindonga qamalgan ruhlarga va’z aytdi”. 18 misradagi “ruhda” so’zining mazmuni “tanada” degan so’zning mazmuniga o’xshaydi, shuning uchun “ruh” so’zi “tana” so’ziga o’xshaydi,aynan bu tana va ruh Masihning tanasi va ruhidir. “ Ruhda tirilgan” so’zlari shuni ko’rsatadiki Masih gunohni va o’limni O’ziga oldi va bu tufayli Uning insoniy tabiati Otanikidan ajradi ( Matto 27:46). Bu tana va ruh qaramaqarshiligi ( Matto 27:41; Rimliklar 1:3-4), Masihning tanasi va Muqaddas Ruhniki emas. Iso gunoh uchun to’liq to’lovni to’laganidan keyin, Ota bilan uzilgan munosabatlar tiklandi.

1-chi Butrus 3:18-22 gacha Isoning azoblari(18misra) va Uning ulug’lanishi(22misra) orasidagi uzuvni yozib beryapti. Shu ikkala hodisa orasidagi ma’lumotni faqatgina Butrus beryapti. 19 misradagi “va’z aytish” ishlatilgan so’zi, Yangi Ahddagi Xushxabar tarqatishdagi so’zidan ajralib turadi. Uning so’zma-so’zdagi ma’nosi – oldindan xabar beruvchi. Masih xochda azob chekib o’ldi , Uning tanasi ham ruhi ham gunohni O’ziga olib o’ldi. Lekin Uning ruhi tirildi va U, Uni Otaga berdi. Butrusning maktubiga qarganda o’lim va tirilish orasida Iso “ zindondagi ruhlarga” va’z aytdi.

Avvalom bor Butrus 1-chi Butrus 3:20 maktubida insonlarni “ ruh emas” balki “jon” deb, yozib ko’rsatyapti. Yangi Ahdda “ruh” so’zi farishtalarni va yovuz ruhlarni ko’rsatish uchun ishlatilgan, insonlarni emas, o’xshaydiki 22misrada ayni shu haqida yozilgan. Muqaddas Yozuvning hech qaysi joyida Iso “ olovli ko’lni” ziyorat qilgan deb, yozilmagan. Havoriylarning 2: 31da yozilgandek, U “tamug’da” qoldirilmadi, lekin “ tamug’ “ bu alangali ko’l emas. “ Tamug’ “ so’zi o’liklarning dunyosini ko’rsatadi, ularning qayta tirilishni kutadigan joyi emas. Vahiy 20: 11-15 da bu ikkala joyning farqi haqida aniq yozilgan. Olov ko’li—bu oxirgi jazodan keyin abadiy joy, tamug’ esa vaqtinchalik joy.

Rabbimiz Iso ruhini Otaga berib o’ldi va o’lim va tirilish orasidagi ma’lum bir vaqtda tamug’ni ziyorat qildi, u yerdagi ruhlarga ( yeqilgan farishtalarga bo’lsa kerak Yahudo 6ga qarang) maktubni e’lon etish uchun, Nuh davridagi to’fonga bog’liq bo’lib o’xshaydi, 1-chi Butrus 3:20 misrada yozib chiqilganidek. Butrus shu zindondagi ruhlarga aynan nima haqida va’z aytganini yozmagan, lekin bu najot maktubi bo’lishi mumkin emasdi ,chunki farishtalar uni ololmaydi ( Ibroniylar 2:16). Hammadan ham bu shayton va uning hizmatchilari ustidan g’alaba qozongani haqida e’lon etkanini bildirishi mumkin ( 1-chi Butrus3:22; Kolosyaliklarga 2;15). Shuningdek Iso jannatda ham bo’lgani haqida ( Luqo 23:43) va U O’zi bilan jannatga, Unga o’limi oldidan ishongan hammani olib ketgani haqida Efesliklar 4: 8-10da aytilgan. Misralarda aniq nima bo’lgani haqida aytilmagan, lekin ko’pincha Muqaddas Yozuvlarning tekshiruvchilari shunga rozi bo’lishyaptiki ( asirlikka asirlarni oldi) degan so’zlarning ma’nosi ayni shu haqida aytilyapti ( Efesliklar 4:8).

Shunday qilib Muqaddas Kitob Iso o’lim va tirilish orasidagi uch kunni qayerda o’tkazganini aniq bir javob bermayapti, U yeqilgan farishtalar yoki imonsizlarga g’alabani e’lon etganga o’xshaydi ham. Bir narsada amin bo’lishimiz mumkinki, Iso o’liklarga ikkinchi marta najot imkonini berolmasdi. Muqaddas Kitobda aniq yozilganki, bizlar o’limdan keyin hukm oldida turamiz ( Efesliklarga 9:27) va ikkinchi imkonimiz boshqa bo’lmaydi. Albatta biz Iso o’lim va tirilish orasida nima qilganligi haqida aniq bir javob berolmaymiz . Bo’lishi mumkin bu biz Isoga qo’shilganimizdan keyin ochiladigan sirlarning biri.


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Iso Masih o’lim va qayta tirilish, shu uch kun davomida qayerda edi?