settings icon
share icon
Savol

Nima uchun Xudo yaxshi insonlar yomon narsalarga duch kelishiga ruxsat beradi?

Javob


Biz og'riq va azob-uqubatlar dunyosida yashayapmiz. Hayotning achchiq haqiqatilariga hech kim ta'sir o'tkaza olmaydi va "Nima uchun yomon narsalar yaxshi odamlar bilan sodir bo'ladi?" degan savol paydo bo'ladi. Bu barcha ilohiyotshunoslarning eng qiyin savollaridan biridir. Xudo hukmrondir, agar to'g'ridan-to'g'ri O'zi bergan bo'lmasa, sodir bo'layotgan har qanday voqealarga U tomonidan ruxsat berilgan bo'lishi kerak. Avvalo, biz abadiy va cheksiz bo'lmagan, yoki hamma narsani bilaolmaydigan odamlar, Xudoning maqsadlari va yo'llarini to'liq tushuna olmasligimizni tan olishimiz kerak.

Ayub kitobi ham, nega Xudo yomon narsalar yaxshi insonlar bilan sodir bo'lishiga yo'l qo'yganligi haqidagi savolga taalluqli. Ayub solih odam edi (Ayub 1:1), lekin u shunchalik ko'p azob chekdiki, bunga ishonish qiyin edi. Xudo, shaytonga Ayubni o'ldirishdan tashqari hamma narsani qilishiga ruxsat berdi va shayton uning boshiga eng og'ir kulfatlarni soldi. Ayubning munosabati qanday bo'ldi? "Mayli, U meni o'ldirsin, boshqa umidim yo'q-ku!" (Ayub 13:15). "Hamma narsamni Xudo bergan edi, Xudoning O'zi olib qo'ydi. Egamning nomiga hamdu sanolar bo'lsin!"(Ayub 1:21). Ayub, Xudo nima uchun bunga yo'l qo'yganini, Xudo nima qiliganini tushunmadi, lekin u Xudoning mehribon ekanini bilardi va shuning uchun Unga ishonishda davom etdi. Natijada, bu bizning ham javobimiz bo'lishi kerak.

Yaxshi insonlarning xayotida nega yomon narsalar sodir bo'ladi? Tan olish qanchalik qiyin bo'lmasin, so'zning to'liq ma'nosidagi "yaxshi" odamlar yo'qligini unutmasligimiz kerak. Biz hammamiz gunoh bilan zaxarlanganmiz va bulg'anganmiz (Voiz 7:20, Rimliklarga 3:23, 1 Yuhanno 1:8). Iso aytganidek: "Birgina Xudodan boshqa hech kim valine'mat emas-ku" (Luqo 18:19). Biz hammamiz gunohning oqibatlariga duch kelamiz, ba'zan bu bizning shaxsiy gunohimizdir; boshqa hollarda esa boshqalarning gunohlari natijasi bo'ladi. Biz buzilgan dunyoda yashayapmiz va yiqilish oqibatlarini boshdan kechiramiz. Ushbu oqibatlardan biri adolatsizlik va ma'nosiz azob-uqubatlar bo'ladi.

Nima uchun Xudo yomon narsalar yaxshi insonlarning boshiga tushishiga yo'l qo'yadi degan savolga javob berish uchun, yomon narsalar haqida quyidagi to'rtta narsani ko'rib chiqishimiz ham faoydali:

1). Bu dunyoda yaxshi insonlarning xayotida yomon narsalar sodir bo'lishi mumkin, lekin bu dunyo oxirgi manzil emas. Masihiylar abadiy nuqtai nazarga ega: "Shuning uchun ham umidimizni yo'qotmaymiz. To'g'ri bu foniy badanimiz xazon bo'lyapdi, ammo biz ruhan yangilanib boryapmiz. Bizning o'tkinchi, yengil a'zob-uqubatlarimiz bizga haddan tashqari ajoyib va abadiy ulug'vorlik keltiradi. Axir, biz ko'rinadigan narsalarga emas, balki ko'rinmaydigan narsalarga ko'z tikamiz. Ko'rinadigan narsalar o'tib ketadi, ko'rinmaydiganlari esa mangudir"(2 Korinfliklarga 4:16-18). Bir kuni kelib, biz mukofot olamiz va bu ulug'vorlikka ega.

2). Yomon narsalar yaxshi insonlar bilan sodir bo'ladi, lekin Xudo bu yomon narsalarning yakunini, doim yahshilik uchun ishlatadi. "Biz bilamizki, Xudoni yahshi ko'rganlarga hamma narsa yahshilik bo'lib xizmat qiladi, chunki Xudo ularni O'zining maqsadiga ko'ra, da'vat etgan" (Rimliklarga 8:28). Begunoh qilmishi uchun Yusuf, oxir-oqibat, dahshatli azob-uqubatlarni boshidan kechirganida, u Xudoning barcha yaxshi rejalarini ko'ra oldi (Ibtido 50:19-21 ga qarang).

3). Yomon narsalar yaxshi insonlar bilan sodir bo'ladi, ammo bu yomon narsalar imonlilarni yanada chuqurroq xizmat qilish uchun tayyorlaydi. "Rabbimiz Iso Masihning otasi Xudoga, har turli tasallining manbayi bo'lgan Xudo — marhamatli Otaga hamdu sanolar bo'lsin! Har xil azob–uqubatlarga uchraganimizda Xudo bizga tasalli beradi. Shunday ekan, biz ham azob chekayotgan insonga tasalli bera olamiz. Xudo bizga bergan tasalli bilan uni ovuntira olamiz. Masihga o'xshab biz qanchalik ko'p azob cheksak, Xudo bizga Masih orqali shunchalik ko'p tasalli beradi" (2 Korinfliklarga 1:3-5). Jangdan qolgan yarasi bor kishilar jang qilayotganlarga yahshi yordam bera oladi.

4). Yomon narsalar yaxshi insonlar bilan sodir bo'ladi, eng yomon narsalar esa eng yaxshi Inson bilan sodir bo'ldi. Faqat Iso yagona haqiqiy Solih edi, lekin U biz tasavvur qilganimizdan ham ko'proq azob chekdi. "Bordi–yu qilgan gunohingiz uchun tayoq yeb chidasangiz, bu sizga sharaf keltirarmidi?! Ammo yaxshilik qilib turib, nohaq azoblarga chidasangiz, Xudoning maqtoviga sazovor bo'lasiz. Hatto azob chekkaningizda ham Xudo sizlarni yaxshilik qilishga da'vat etgan. Masih sizlar uchun azob chekib, namuna bo'ldi. Unga taqlid qilinglar. Axir, U hech qanday gunoh qilmagan, og'zidan biron yolg'on so'z chiqmagan. U haqorat qilinganda hech kimga haqorat bilan javob qaytarmadi, azob chekkanda hech kimga tahdid qilmadi. Faqat odilona hukm qiladigan Xudoga O'zini topshirdi"(1 Butrus 2:20-23). Iso bizning og'riqlarimizni tushunadi.

Rimliklarga 5:8 da shunday deyiladi: "Lekin biz hali gunohga botgan chog'imizda, Masih biz uchun o'ldi. Shu yo'sinda Xudo bizga bo'lgan O'z mehr–muhabbatini namoyon qildi". Bu dunyodagi odamlarning gunohkor tabiatiga qaramasdan, Xudo bizni hali ham sevadi. Iso bizni shuchalik sevdiki, gunohlarimizning to'lovini to'lash uchun o'lishga rozi bo'ldi (Rimliklarga 6:23). Agar biz Iso Masihni Najotkorimiz sifatida qabul qilsak (Yuhanno 3:16; Rimliklarga 10:9), biz kechirilishimizga va osmonda abadiy bir uyimiz bo'lishiga va'da beriladi (Rimliklarga 8:1).

Xudo, biror sabab bilan ushbu narsalarning sodir ,o'lishiga yo'l qo'yadi. Uning sabablarini tushunamizmi yoki yo'qmi, nima bo'lishidan qat'iy nazar, biz Xudo mehribon, adolatli, sevuvchi va rahmdil ekanligini yodda tutishimiz kerak (Zabur 135:3). Ko'p hollarda biz anglay olmaydigan yomon narsalarga duch kelamiz. Xudoning mehr-inoyatidan shubhalanishning o'rniga, biz Unga ishonishimiz kerak. «O'z aql–idrokingga suyanma, butun qalbing bilan Egamizga ishon. Har ishingda Egamizni e'tirof et, shunda U yo'llaringni to'g'rilaydi» (Hikmatlar 3:5-6). Biz ko'rish bilan emas, balki imon orqali yuramiz.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Nima uchun Xudo yaxshi insonlar yomon narsalarga duch kelishiga ruxsat beradi?
© Copyright Got Questions Ministries