Muqaddas Kitob yaxshi ota-ona bo'lish haqida nima deydi?


Savol: Muqaddas Kitob yaxshi ota-ona bo'lish haqida nima deydi?

Javob:
Bolalarni tarbiyalash qiyin va murakkab ish bo'lishi mumkin, biroq ayni paytda biz qiladigan eng foydali va qoniqarli ish bo'lishi ham mumkin. Muqaddas Kitobda, Xudoning erkaklari va ayollari sifatida qanday qilib farzandlarimizni muvaffaqiyatli tarbiyalash mumkinligi haqida ko'p gapiriladi. Biz qilishimiz kerak bo'lgan birinchi narsa, ularga Xudoning Kalomi haqidagi haqiqatni o'rgatishdir.

Xudoning sevgisi va ibratli namuna bo'lish bilan birga, Uning amrlarini bajo keltirishimiz uchun, farzandlarimiz ham xuddi shunday qilishni o'rgatish uchun Qonunlar 6:7-9 oyatlarining amrlarini tinglashimiz kerak. Ushbu parcha bunday ko'rsatmalarning doimiyligini ta'kidlaydi. Buni har doim qilish kerak — uyda, yo'lda, kechasi va ertalab. Muqaddas Kitob haqiqati bizning uylarimizning asosi bo'lishi kerak. Ushbu amrlarning tamoyillariga rioya qilgan holda, biz bolalarimizga yakshanba kuni ertalab yoki kechqurun ibodat qilishni emas, balki Xudoga sajda qilish doimiy bo'lishi kerakligini o'rgatamiz.

Garchi, farzandlarimiz to'g'ridan-to'g'ri ta'lim olish orqali juda ko'p narsalarni o'rganishsa-da, bizni kuzatish orqali juda ko'p narsalarni o'rganadilar. Shuning uchun biz qilayotgan har bir narsada ehtiyot bo'lishimiz kerak. Avvalo, biz Xudo kabi bu rollarni tan olishimiz kerak. Er va xotinlar bir-birini hurmat qilib va itoat qilishlari kerak (Efesliklarga 5:21). Shu bilan birga, Xudo tartibni saqlash uchun kuchli hokimiyatni o'rnatdi. "Lekin bilinglarki, ayol erkakdan yaratilgan, har bir erkakning hayot manbayi Masihdir, Masihning hayot manbayi esa Xudodir" (1 Korinfliklarga 11:3). Biz bilamizki, Masih Xudodan kam emas, huddi xotin eridan kam emasligi kabi. Biroq Xudo, hokimiyatga bo'ysunmasdan tartib bo'lmasligini tan oladi. Masih jamoatni sevgani kabi, o'z tanasini sevadigan darajada xotinini sevish uchun oilaning boshlig'i sifatida erning mas'uliyati hisoblanadi (Efesliklarga 5:25-29).

Ushbu mehribon yetakchilikka javoban, xotin erining hokimiyatiga bo'ysunishi qiyin emas (Efesliklarga 5:24; Kolosaliklarga 3:18). Uning asosiy vazifasi erini sevish va hurmat qilish, donolik va poklikda yashash va uyga g'amxo'rlik qilishdir (Titus 2:4-5). Ayollar tabiiy ravishda erkaklarga qaraganda ko'proq g'amxo'rlik qilishadi, chunki ular farzandlarining asosiy vasiylari bo'lish uchun yaratilgan.

Intizom va ta'lim tarbiyaning ajralmas qismi hisoblanadi. Hikmatlar 13:24 deydi, "Kaltakni ayagan odam o'g'lini yomon ko'radi, o'g'lini sevgan esa yoshlikdan tartib–intizomga o'rgatadi." Tarbiyasiz oilalarda o'sgan bolalar o'zlarini istalmagan va noloyiq his qilishadi. Ular yo'nalishiga va o'z-o'zini nazorat qilish imkoniga ega emaslar va yoshi o'sgani sari ular isyon ko'taradilar va deyarli yoki hech qanday hokimiyatni, shu jumladan, Xudoning hokimiyatini hurmat qilmaydilar. "Umid bor ekan, farzandingni tarbiya qil, buzilib, nobud bo'lishiga yo'l qo'yma" (Hikmatlar 19:18). Shu bilan birga, intizom sevgi bilan muvozanatli bo'lishi kerak, aks holda bolalar xafa bo'lib, tushkunlikka tushib, isyonkor bo'lib o'sishi mumkin (Kolosaliklarga 3:21). Xudo, jazo og'riqli bo'lishini tan oladi (Ibroniylarga 12:11), lekin sevgi ko'rsatmalariga rioya qilsangiz, bu bola uchun juda foydali. "Ey otalar, farzandlaringizning g'ashiga tegmang. Ularni Rabbimizning ta'lim–tarbiyasi bilan o'stiringlar" (Efesliklarga 6:4).

Bolalarni jamoat oilasiga jalb qilish va ularning yoshligidan xizmat qilishlari muhimdir. Muqaddas Kitob jamoatiga muntazam qatnashing (Ibroniylarga 10:25), ular siz Kalomni qanday o'rganayotganingizni ko'rishlariga imkon bering, ular bilan birga o'rganing. Ularni, atrofdagi dunyoga ularning ko'zi bilan qarang, ular bilan muhokama qiling va kundalik hayotda Xudoning ulug'vorligini o'rgating. "Bolani to'g'ri yo'lga solib tarbiyala, shunda qariganda ham yo'lidan adashmaydi" (Hikmatlar 22:6). Yaxshi ota-ona bo'lish, ibodatga bo'ysunadigan va Xudoga sajda qilishda davom etadigan o'z namunangiz bilan bolalarni tarbiyalash deganidir.

English


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Muqaddas Kitob yaxshi ota-ona bo'lish haqida nima deydi?