Muqaddas Kitobda uchrashuv / ko'ngliga yo'l topish haqida nima deyilgan?


Savol: Muqaddas Kitobda uchrashuv / ko'ngliga yo'l topish haqida nima deyilgan?

Javob:
Muqaddas Kitobda "uchrashuv" va "ko'ngliga yo'l topish" so'zlari topilmasa-da, bizga masihiylar nikohdan oldin o'tishi kerak bo'lgan ba'zi qoidalar berilgan. Birinchidan, biz uchrashuv haqidagi bu dunyoning qarashlaridan ajralib turishimiz kerak, chunki Xudoning yo'li bu dunyoning qarashlariga zid keladi (2 Butrus 2:20). Dunyoqarash bugungi kunda biz xohlagan darajada bo'lishi mumkin bo'lsa-da, unga nisbatan biron bir majburiyatni qabul qilishdan oldin insonning xulqini aniqlash muhimdir. Inson yuqoridan, Masihning Ruhidan tug'ilganligini bilib olishimiz (Yuhanno 3:3-8) va u qiz / yigit xuddi Masihga o'xshash istaklarga ega bo'lishi kerak (Filippiliklarga 2:5). Tanishuv yoki uchrashuvning yakuniy maqsadi, hayotiy hamkorini topishdir. Muqaddas Kitobda masihiylar sifatida biz imonsizlar bilan (2 Korinfliklarga 6:14-15) turmush qurmasligimiz kerak, chunki u Masih bilan bo'lgan munosabatlarimizni zaiflashtiradi va axloqiy va me'yorlarimizni xavf ostiga qo'yadi.

Biror kishi, uchrashayotgan yoki e'tibor berayotgan munosabatlarda bo'lsa, Xudoni sevish hamma narsadan ustun ekanligini unutmasligi kerak (Matto 10:37). Boshqa biror insonni "hamma narsa" yoki hayotdagi eng muhim narsa deb hisoblash — bu butparastlikdir, bu gunohdir (Galatiyaliklarga 5:20; Kolosaliklarga 3:5). Bundan tashqari, biz tanamizni nikohdan oldin jinsiy aloqa bilan bulg'amasligimiz kerak (1 Korinfliklarga 6:9, 13; 2 Timo'tiyga 2:22). Zino, nafaqat Xudoga qarshi gunoh, balki o'z tanasiga qarshi gunohdir (1 Korinfliklarga 6:18). O'zimizni sevganimiz kabi boshqalarni sevish va hurmat qilish muhimdir (Rimliklarga 12:9-10) va bu albatta, uchrashush yoki tanishish uchun to'g'ri. Bu uchrashuv yoki ko'ngliga yo'l topish, Muqaddas Kitob tamoyillariga rioya qilish, nikoh uchun ishonchli asosga ega bo'lishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Bu, biz qachonlardir qabul qiladigan eng muhim qarorlardan biridir, chunki ikki kishi turmush qurganida, ular bir-biriga yopishadi, Xudo doimiy va buzilmas bo'lishni maqsad qilgan munosabatlarda bir tanaga aylanadi (Ibtido 2:24; Matto 19:5).

English


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Muqaddas Kitobda uchrashuv / ko'ngliga yo'l topish haqida nima deyilgan?