settings icon
share icon
Savol

Nima uchun men tashkil etilgan dinlarga ishonishim kerak?

Javob


"Din" lug'atining tarifi Xudoga yoki xudolarga sig'inadigan odatdagi xatti-harakatlar va urf-odatlarda ifodalanganga o'xshash bo'ladi; har qanday e'tiqod, ibodat va hokazo., ko'pincha axloq kodeksini o'z ichiga oladi. Ushbu ta'rifning asosida, Muqaddas Kitobda diniy e'tiqodi haqida gap ketmoqda, ammo ko'p hollarda maqsad va "uyushgan din" ning ta'siri Xudo rozi bo'ladigan narsalar emasdir.

Ibtidoning 11- bobida, ehtimol, ilk bor tashkil etilgan dindir, Nuhning avlodlari, butun yerni to'ldirish uchun Xudoning amriga bo'ysunish o'rniga, Bobil minorasini qurish uchun o'zlari tashkil etishni boshlashgan. Ular Xudoga bo'lgan munosabatlaridan ko'ra, o'zlarining birligi muhimroq ekaniga ishonishgan. Xudo ularning tillarini aralashtirib yubordi va shu bilan tashkil qilingan dinni yo'q qildi.

Chiqish kitobining 6 bobida va undan keyinroq Xudo Isroil xalqi uchun din "tashkil qildi". O'nta amr, chodirning qonunlari va qurbonlik tizimi Xudo tomonidan o'rnatildi va isroilliklar esa ularga amal qilishlari kerak edi. Keyinchalik ta'lim Yangi Ahdni o'rganish ushbu dinning maqsadlari Najotkor Masihga bo'lgan ehtiyojni ko'rsatish ekanligini yanada aniqroq o'rgatadi (Galatiyaliklarga 3; Rimliklarga 7). Biroq, ko'pchilik buni noto'g'ri tushungan va Xudoga emas, balki qoidalar va urf-odatlarga sig'ingan. Isroilning butun tarixi mobaynida, isroilliklar duch kelgan to'qnashuvlarning aksariyati tashkil etilgan dinlar bilan bog'liq edi. Masalan, Baalga sig'inish (Hakamlar 6; 1 Shohlar 18), Do'g'on (1 Shohlar 5) va Mo'lax (4 Shohlar 23:10). Xudo, bu dinlarning izdoshlarini O'z hukmronligi va qudratini namoyon qilib mag'lub qildi.

Xushxabarlarda Farziylar va sadduqiylar, Masih davrida tashkil etilgan din vakillari sifatida tasvirlangan. Iso doimo soxta ta'limotlar va ikkiyuzlamachi hayot tarzlari haqida ularga aytib qarshi turdi. Maktublarda, Xushxabarga kerakli bo'lgan ishlari va urf-odatlari ro'yhatini aralashtirgan, tashkil etilgan gurihlar bo'lgan. Shuningdek, ular imonlilarga bosim o'tkazishga va "ortiqcha masihiylik" ni qabul qilishga harakat qildilar. Galatiyaliklar va Kolosaliklar bunday dinlar haqida ogohlantiradilar. Vahiy kitobida aytilishicha, dajjol butun dunyoga ta'sir ko'rsatadigan dinni tashkil qiladi, chunki dajjol dunyoga yagona dinni o'rnatadi.

Ko'pgina hollarda, tashkil etilgan dinning yakuniy natijasi Xudoning niyatidan chalg'itadi. Biroq, Muqaddas Kitobda Uning rejasining bir qismi bo'lgan uyushgan imonlilar haqida gap boradi. Xudo bu uyushgan imonlilar guruhlarini "jamoatlar" deb ataydi. Havoriylar kitobidagi va Maktublarda berilgan bayonotlardan ko'rinib turibdiki, jamoat tashkil etilishi bir-biriga bog'liq bo'lishi kerak. Tashkilot himoya, hosildorlik va tashviqotga olib keladi (Havoriylar 2:41-47). Jamoat uchun buni "uyushgan munosabatlar" deb nomlash mumkin edi.

Din — insonning Xudo bilan muloqot qilish harakatlaridir. Masihiylik imoni, Iso Masihning qurbonligi orqali biz uchun qilgan ishlari orqali Xudo bilan munosabatdir. Xudoga erishish rejasi yo'q (U bizga yordam berdi — Rimliklarga 5:8). Hech qanday mag'rurlik yo'q (Hamma inoyat orqali qabul qiladi. Efesliklarga 2:8-9). Yetakchilik ustidan hech qanday mojaro bo'lmasligi kerak (Masih – Boshdir. Kolosaliklarga 1:18). Hech qanday bid'at bo'lmasligi kerak (biz hammamiz Masihda— birmiz Galatiyaliklarga 3:28). Tashkil etilish muammo emas. Din qoidalariga va urf-odatlariga e'tibor berish muammodir.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Nima uchun men tashkil etilgan dinlarga ishonishim kerak?
© Copyright Got Questions Ministries