Muqaddas Kitobda sud ishi / da'volari haqida nima deyilgan?


Savol: Muqaddas Kitobda sud ishi / da'volari haqida nima deyilgan?

Javob:
1 Korinfliklarga 6:1-8 oyatda, imonlilar bir-birlarini hukm qilmasliklarini aniq ko'rsatadi. Masihiylar bir-birlarini kechirmasliklari va ularining kelishmovchiliklariga yo'l qo'yishlari, ruhiy g'o'rliklarini namoyon etadi. Agar ular juda ko'p muammolarga duch kelsa va ularni hal qila olmasalar, qanday qilib kimdir Masihiy bo'lishni xohlashi mumkin? Biroq sud jarayonlari to'g'ri kelishi mumkin bo'lgan ayrim misollar mavjud. Agar, Muqaddas Kitobda kelishuv tasviri qo'llanilgan bo'lsa (Matto 18:15-17), ammo aybdor tomon noto'g'ri ishlarni davom ettirsa, ba'zi hollarda sudga murojaat qilish oqlanishi mumkin. Bu faqat donolik uchun ibodat bilan (Yoqub 1:5) va ruhiy rahbarlar bilan maslahatlashish orqali amalga oshirilishi kerak.

1Korinfliklarga 6:4 da aytadi: "Nega bunday da'volaringizni hal qilish uchun jamoatga daxli bo'lmagan odamlarga olib borasizlar?!" Garchi bu oyat kontekstida jamoatdagi nizolar haqida gapiradigan bo'lsak-da, Pavlus kundalik narsalar haqida "kundalik ishlar" ni eslatib, sud tizimini nazarda tutadi. Havoriy jamoat tashqarisidagi kundalik ishlar tufayli sudlar tizimi mavjudligini aytishni xohladi. Shuningdek, u jamoat muammolarini sudga keltirmasligini, balki jamoat ichida muhokama qilinishi kerakligini ta'kidlaydi.

Havoriylar 21:26 oyati va undan keyin Pavlusning hibsga olinishi va hech qachon qilmagan ish uchun yolg'on guvohlik berish haqida gapiradi. Rimliklar uni ushlab olishdi va keyingi bob, 22:24 oyatidan boshlab biz o'qiymiz: "Rim mingboshisi odamlariga: — Pavlusni qal'aga olib kiringlar! — deb buyruq berdi. So'ngra u yana odamlariga: — Uni qamchilanglar! Nima uchun odamlar unga qarshi baqir–chaqir qilganini bilinglar! — dedi". Keyin havoriy, Rim qonunini va fuqarolikni o'zini himoya qilish uchun ishlatgan. Agar to'g'ri niyat va toza yurak bilan amalga oshirilsa, sud tizimini qo'llashda hech qanday yomon narsa yo'q.

Bundan tashqari, 1 Korinfliklarga 6:7 da shunday e'lon qilinadi: "Undan ko'ra haqsizlikka chidab turganingiz sizlar uchun yaxshiroq bo'lmasmidi? Hatto hiyla– nayranglardan zarar ko'rish sizlar uchun afzalroq bo'lmasmidi?" Pavlus, sudda ishtirok etadigan imonlilar qanday guvohlik berishidan havotirda. Insonni Masihdan uzoqroqlashtirish va uni sudga berishdan ko'ra, aldanib qolish yoki hatto haqorat qilinishi ancha yaxshiroq bo'ladi. Eng muhimi- insonning abadiy ruhi uchun qarshilikmi yoki huquqiy qarshilikmi? Shunday qilib, masihiylar bir-biriga jamoat ishlari bo'yicha sudga murojaat qilishlari kerakmi? Hech qanday holatda! Masihiylar fuqarolik masalalari bo'yicha bir-birlarini sudga berishlari kerakmi? Agarda buni biron-bir tarzda oldini olish mumkin bo'lsa, unda yo'q. Masihiylar fuqarolik masalalari sudida masihiy bo'lmaganlardan da'vo qilishlari mumkinmi? Yana shunday, agarda undan qochish mumkin bo'lsa, unda yo'q. Biroq, ayrim hollarda, masalan, o'z huquqlarini himoya qilish (havoriy Pavlus misolida bo'lgani kabi), huquqiy himoya talab qilinishi mumkin.

English


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Muqaddas Kitobda sud ishi / da'volari haqida nima deyilgan?