settings icon
share icon
Savol

Soxta o'qituvchi / soxta payg'ambarni qanday tanib olaman?

Javob


Iso bizni "sohta Masihlar va soxta payg'ambarlar" kelishi haqida ogohlantirdi va hatto Xudoning tanlanganlarini aldashga harakat qiladi deb ogohlantirgan (Matto 24:23-27; shuningdek qarang: 2Butrus 3:3 va Yahudo 17-18). O'zingizni yolg'ondan va soxta o'qituvchilardan himoya qilinishning eng yaxshi usuli, bu haqiqatni bilishdir. Soxta narsalarni aniqlash uchun haqiqiy narsani o'rganing. "Haqiqat so'ziga to'g'ri munosabatda bo'lgan" (2 Timo'tiyga 2:15) va Muqaddas Kitobni diqqat bilan o'rganadigan har qanday imonli soxta ta'limotni aniqlay oladi. Masalan, Matto 3:16-17 dagi Ota, O'g'il va Muqaddas Ruhning ishlarini o'qigan imonli kishi Uch birlikni inkor etadigan har qanday ta'limotni zudlik bilan so'roq qiladi. Shuning uchun, birinchi qadam Muqaddas Kitobni o'rganish va Muqaddas Kitobning aytgan so'zlari bilan barcha ta'limotlarni taqqoslash mumkin.

Iso shunday dedi: "daraxt, uning mevalaridan bilib olinadi" (Matto 12:33). "Meva" ni izlayotganda, har qanday o'qituvchiga uning ta'limini aniqlash uchun uchta maxsus test mavjud:

1)Bu o'qituvchi Iso haqida nima gapiryapdi? Matto 16:15-16 da, Iso so'rayapti: "Senigcha men kimman? Butrus: "Sen barhayot Xudoning O'g'li – Masihsan" deb javob berdi va bu javob uchun Butrus "baxtlisan" deb ataldi. 2 Yuhanno 9 da o'qiymiz, "Masih ta'limotini ortda qoldirib, o'zicha "jadallab ketgan" odamda Xudo yo'q. Masih ta'limoti bo'yicha yashagan odamda esa, Ota ham, O'g'il ham bor." Boshqacha qilib aytganda, Iso Masih va Uning qutqarilish rejasi juda muhimdir; Iso Xudoga teng ekanligini inkor qilgan va Isoning qurbon bo'lgan o'limini kamaytiradigan yoki Isoning insoniyligini rad etadigan har qanday kishidan ehtiyot bo'ling. 1Yuhanno 2:22 da shunday deyilgan: "Isoni Masih emas, deydigan har qanday odam yolg'onchidir. U Masihning dushmani! U Otani ham, O'g'ilni ham rad etadi."

2) Bu o'qituvchi xushxabarni va'z qiladimi? Muqaddas Kitobga binoan, Xushxabar Isoning o'limi, dafn qilinishi va tirilishi haqida yahshi xabar sifatida tavsiflanadi (1 Korinfliklarga 15:1-4). "Xudo sizni sevadi", "Xudo ochlarni boqishimizni xohlaydi" va "Xudo boy bo'lishingizni xohlaydi" degan so'zlar qanchalik chiroyli bo'lishidan qat'iy nazar, Xushxabarning to'liq xabari emas. Pavlus Galatiyaliklarga 1:7 da ogohlantirganidek, "O'sha Xushxabardan boshqa hech qanday xushxabar yo'q–ku! Faqat ba'zilar sizlarni chalg'itib, Masih haqidagi Xushxabarni buzib ko'rsatmoqchi bo'ladilar." Hech kim, hatto buyuk voizhon, Xudo bizga bergan xabarni o'zgartirish huquqiga ega emas. "Men oldin ham aytgan edim, hozir ham aytyapman: kimki sizlar qabul qilgan Xushxabarga zid bo'lgan xabarni targ'ib etsa, la'nati bo'lsin!" (Galatiyaliklarga 1:9).

3) Bu o'qituvchi, Xudoni ulug'laydigan xarakter fazilatlarini ko'rsatadimi? Soxta o'qituvchilar haqida gapirganda, Yahudo 11 shunday deydi: "Axir, ular Qobilning izidan boryaptilar. Pulga berilib, boshqalarni Balomga o'xshab yo'ldan uryaptilar. Ko'rax singari isyon qilib, halokatga yuz tutyaptilar." Boshqa so'zlar bilan aytganda, soxta ustozlarni ularning mag'rurligi (Qobilning Xudo rejasini inkor etishi), ochko'zlik (Balamning pul haqidagi bashorati) va isyoni (Ko'rah o'zini Musodan yuqori ko'tarishi) bilan tanib olishlari mumkin. Iso bunday odamlardan ehtiyot bo'lishni va ularni mevalaridan bilib olishni aytdi (Matto 7:15-20).

Batafsil o'rganish uchun Muqaddas Kitobdagi jamoatlarda soxta ta'lim bilan kurashish uchun maxsus yozilgan kitoblarni ko'rib chiqing: Galatiyaliklarga, 2 Butrus, 1 Yuhanno, 2 Yuhanno va Yahudo. Ko'pincha soxta o'qituvchi / soxta payg'ambarni aniqlash qiyin. Shayton yorug'lik farishtasi sifatida yashiringan (2 Korinfliklarga 11:14) va uning xizmatkorlari solihlik xizmatkorlari sifatida yashiringan (2 Korinfliklarga 11:15). Faqat haqiqatni yaxshi bilgan holda, biz soxta narsalarni tanib olamiz.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Soxta o'qituvchi / soxta payg'ambarni qanday tanib olaman?
© Copyright Got Questions Ministries