settings icon
share icon
Savol

Sistematik ilohiyot nima?

Javob


"Sistematik", tizimga joylashtirilgan narsani anglatadi. Shunday qilib, sistematik ilohiyot — bu ilohiyotning turli sohalarini tushuntiruvchi tizimlarga ajratishdir. Misol uchun, Muqaddas Kitobning ko'plab kitoblari farishtalar haqida ma'lumot beradi. Hech bir kitob farishtalar haqida hamma ma'lumotni bera olmaydi. Muntazam ilohiyot Muqaddas Kitobning barcha kitoblaridan farishtalar haqida barcha ma'lumotlarni oladi va uni angelologiya deb ataladigan tizimga o'tkazadi. Bu muntazam ilohiyot — Muqaddas Kitob ta'limotlarini turli hil tizimlarga ajratishdir.

Ilohiyotshunoslik yoki Paterologiya — bu Ota Xudoni o'rganishdir. Xristalogiya — Xudoning O'g'li, Rabbimiz Iso Masihni o'rganishdir. Pnevmatologiya — Muqaddas Ruh Xudosini o'rganishdir. Bibliologiya — Muqaddas Kitobni o'rganishdir. Soteriologiya – bu najotni o'rganish. Ecclesiologya — bu jamoatni o'rganishdir. Eshatologiya — oxirigi zamonni o'rganish. Angelologiya – bu farishtalarni o'rganishdir. Masihiy demonologiyasi — jinlarni masihiy nuqtai nazardan o'rganish. Masihiy antropologiyasi — bu Masihiy nuqtai nazardan insoniyatni o'rganishdir. Hamartiologiya — bu gunohni o'rganishdir. Muntazam ilohiyot bizni Muqaddas Kitobni uyushgan tarzda tushunish va o'qitishga yordam beradigan muhim vositadir.

Muntazam ilohiyot bilan bir qatorda ilohiyotning bo'linishi mumkin bo'lgan boshqa yo'llar ham mavjud. Muqaddas Kitob ilohiyoti, Muqaddas Kitobning ma'lum bir kitobini (yoki kitoblarini) o'rganish va bu mavzuga yo'naltirilgan ilohiyotning turli jihatlarini ta'kidlashdir. Masalan, Yuhannoning Xushxabari Xristalogiyadir, chunki u Masihning Xudoligiga juda ko'p e'tibor beradi (Yuhanno 1:1,14; 8:58, 10:30, 20:28). Tarixiy ilohiyot — bu ta'limotlarni o'rganish va masihiy jamoatlarning asrlar davomida qanday rivojlanganligini o'rganishdir. Dogmatik ilohiyot ta'limotlarni tizimlashtirgan ayrim masihiy guruhlarining ta'limotlarini o'rganishdir. Masalan, Kalvinistik ilohiyot va tarqatish ilohiyoti. Zamonaviy ilohiyot — bu so'nggi paytlarda rivojlangan yoki diqqat markazida bo'lgan ta'limotlarni o'rganishdir. Qaysi ilohiyot uslubidan qat'iy nazar, ilohiyotni o'rganish muhimdir.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Sistematik ilohiyot nima?
© Copyright Got Questions Ministries