Isoni shaxsiy Najotkoringiz sifatida qabul qilish nimani anglatadi?



Savol: Isoni shaxsiy Najotkoringiz sifatida qabul qilish nimani anglatadi?

Javob:
Iso Masihni ơz shaxsiy Najotkoringiz sifatida qabul qilganmisiz? Bu savolni yaxshi tushunish uchun, birinchi siz “Iso Masih”, “shaxsiy,” va “Najotkor” atamalarini tushunishingiz kerak.”

Iso Masih kim? Iso Masihni kơp odamlar yaxshi odam, buyuk ustoz, yoki hatto Xudo payğambari deb tan oladilar. Bu narsalar Iso haqida aniq haqiqatdir, lekin ular U chindan kimligini tơlaqonli ta'riflamaydi. Injil Iso tanada mujassam Xudo, inson shaklu shamoilidagi Xudo (Yuhanno 1:1, 14 ga qarang). Xudo bizga ta'lim berish, shifo berish, tuzatish, kechirish—va biz uchun ơlish uchun erga keldi! Iso Masih Xudo, yaratuvchi, mustaqil egadir. Bu Isoni qabul qilganmisiz?

Najotkor kim, va nima uchun Najotkorga ehtiyoj sezamiz? Injil bizga barchamiz gunoh qilganimizni aytadi; Barchamiz yovuz amallarni sodir qilganmiz (Rimliklarga 3:10-18). Gunohimiz natijasida, biz Xudoning ğazabi va hukmiga loyiqmiz. Cheki yơq va abadiy Xudoga qarshi gunohlarimiz uchun faqatgina jazo cheksiz jazodir (Rimliklarga 6:23; Vahiy 20:11-15). Shu sabab bizga Najotkor kerak!

Iso Masih erga keldi va bizning ơrnimizga halok bơldi. Isoning ơlimi gunohlarimiz uchun cheksiz jazo edi (2 Korinfliklarga 5:21). Iso gunohlarimiz uchun tơlov tơlash uchun halok bơldi (Rimliklarga 5:8). Iso tơlov tơladi, shu sabab biz tơlashimiz shart emas. Isoning ơliklardan qayta tirilishi gunohlarimiz uchun tơlov tơlash uchun Uning ơlimi etarli bơlganini isbotladi. Shu tufayli, Iso gona va yakka Najotkordir (Yuhanno 14:6; Acts 4:12)! Isoga Najotkoringiz sifatida ishonasizmi?

Iso sizning “shaxsiy” Najotkoringizmi? Kơp odamlar Masihiylikka ibodatxonaga qatnash, urf-odatlarni bajo qilish, va/yoki ma'lum gunohlarni sodir qilmaslik deb qaraydi. Bu Masihiylik emas. Haqiqiy Masihiylik Iso Masih bilan shaxsiy munosabatdir. Isoni ơz shaxsiy Najotkoring sifatida qabul qilish ơz shaxsiy imoning va ishonchingni unga berishni anglatadi. Hech kim boshqalar imoni orqali najot topmagan. Hech kim ma'lum amallarni bajarib kechirilmagan. Najot topishning yagona yơli Isoni Najotkoring sifatida shaxsan qabul qilish, gunohlarim uchun tơlov sifatida Uning ơlimiga ishonish va abadiy hayotga kafolatingiz sifatida Uning qayta tirilishidir (Yuhanno 3:16). Iso shaxsan sizning Najotkoringizmi?

Agarda siz Iso Masihni shaxsiy Najotkoringiz deb qabul qilishni istasangiz, Xudoga quyidagi sơzlarni ayting. Esda tuting, bu ibodatni aytish yoki har qanday boshqa ibodatni aytish sizga najot bermaydi. Faqat Iso Masihga ishonib va Uning siz uchun xochdagi tamomlangan ishiga ishonish sizni gunohdan qutqaradi. Bu ibodat Xudoga Unga bơlgan imoningizni ifoda qilishning va najotingizni ta'minlagani uchun Unga shukrona aytishning shunchaki yơlidir. “Xudo, bilamanki, men Sizga qarshi gunoh qildim va jazoga loyiqman. Biroq, ishonamanki, Iso Masih men loyiq bơlgan jazoni oldi, toki men Unga bơlgan imonim orqali kechirilay. Sizning kechirim taklifingizni qabul qilaman va najot uchun Sizga ishonchimni beraman. Isoni shaxsiy Qutqaruvchim deb qabul qilaman! Sizning ajoyib inoyatingiz va kechirimingiz —abadiy hayot sovğangiz uchun raxmat! Omiyn!”

Bu erda o’qiganingiz tufayli Masih uchun qaror qabul qildingizmi? Agar shunday bo’lsa, iltimos, quyida "Men bugun Masihni qabul qildim” degan tugmani bosing.


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Isoni shaxsiy Najotkoringiz sifatida qabul qilish nimani anglatadi?