settings icon
share icon
Savol

Do'stlarimizni va oila a'zolarimizni osmonda ko'rishimiz va tanishimiz mumkinmi?

Javob


Juda ko'p odamlar osmonga borganda, ular istagan birinchi narsa, ulardan oldin o'tgan barcha do'stlarini va yaqinlarini ko'rishdir. Abadiylikda do'stlarimiz va oila a'zolarimiz bilan ko'rishish, bilish va vaqt o'tkazish uchun ko'p vaqt bo'ladi. Biroq, bu bizning osmondagi asosiy maqsadimiz bo'lmaydi. Biz Xudoga sajda qilish va osmon mo"jizalaridan bahramand bo'lish bilan ko'proq band bo'lamiz. Yaqinlarimiz bilan birlashish, ehtimol, hayotimizda Xudoning inoyati va ulug'vorligi, uning ajoyib sevgisi va uning qudratli ishlari haqida hikoya bilan to'ldiriladi. Biz ko'proq quvonamiz, chunki biz boshqa imonlilar jamoatida, ayniqsa yer yuzida sevgan kishilarimiz bilan birga Xudoga hamdu sano kuylashimiz va ibodat qilishimiz mumkin.

Biz keyingi hayotda odamlarni tanib-bilishimiz mumkin yoki yo'qligi haqida Muqaddas Kitob nima deydi? Shoh Shoul Shomuilni tanir edi va En-Do'rda ismli jodugar Shomuilni o'liklar shohligidan chaqirdi (1 Shohlar 28:8-17). Dovudning kichik o'g'li vafot etganida, Dovud: "Men unga boraman, lekin u menga qaytib kelmaydi" deb e'lon qildi (2 Shohlar 12:23). Dovud chaqaloqi vafot etganiga qaramay, o'g'lini osmonda korishi mumkinligiga ishondi. Luqo 16:19-31 da, Ibrohim, Lazar va boy o'limdan keyin tanib-bilsa bo'ladigan edilar. O'zgarish paytida Muso va Ilyos tanib olsa bo'ladigan holatda edilar (Matto 17:3-4). Muqaddas Kitobdagi ushbu misollardan, o'limdan keyin tanib olishi mumkinligini ko'rsatadi.

Muqaddas Kitobda aytilishicha, biz osmonga ko'tarilganimizda "biz Xudo singari bo'lamiz, chunki Xudoning O'zini ko'ramiz" (1 Yuhanno 3:2). Bizning dunyoviy tanamiz birinchi odam, Odam Atoda bo'lgani kabi, bizning tirilish tanamiz ham Masihniki bilan bir xil bo'ladi (1 Korinfliklarga 15:47). "Biz tuproqdan yaratilgan odamga o'xshar ekanmiz, bir kun kelib samoviy Odamga ham o'xshagan bo'lamiz. Chunki bizning o'ladigan tanamiz o'lmaydigan tanaga, foniy tanamiz mangu tanaga aylanishi kerak" (1 Korinfliklarga 15:49, 53). Ko'pchilik, Iso tirilgandan keyin Uni tanidilar (Yuhanno 20:16, 20; 21:12, 1 Korinfliklarga 15:4-7). Agar, Iso O'zining ulug'vor tanasida tan oladigan xolda bo'lsa, biz ham kelgusi tanalarimizda tanib oladigan bo'lamiz. Yaqiningizni ko'rish imkoniyati, osmonning ajoyib tomoni, lekin osmonda — Xudo juda ko'p e'tiborda bo'ladi, biz haqimizda kamroq. Yaqinlarimiz bilan birlashib, abadiy Xudoga sajda qilish naqadar quvonchli bo'ladi.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Do'stlarimizni va oila a'zolarimizni osmonda ko'rishimiz va tanishimiz mumkinmi?
© Copyright Got Questions Ministries