settings icon
share icon
Savol

Mening Ruhiy in'omim nima ekanligini qanday bilaman?

Javob


Bizning ruhiy in'omlarimiz qanaqa ekanini bizga aytib beradigan hech qanday sehrli formula yoki aniq sinov yo'q. Muqaddas Ruh O'z ixtiyoricha in'omlarni taqsimlagan (1Korinfliklarga 12:7-11). Masihiylar uchun umumiy muammo – bizning ruhiy in'omlarga chuqur sho'ng'ib ketish vasvasasi, chunki biz faqat o'zimizga taqdim qilingan joylarda Xudoga xizmat qilishni xohlaymiz. Ruhiy in'omlar bunday ishlamaydi. Xudo bizni hamma narsada itoatkorlik bilan xizmat qilishga chaqiradi. U bizni chaqirgan vazifani bajarish uchun bizga kerakli in'om yoki bir necha in'omlar bilan ta'minlaydi.

Bizning ruhiy qobiliyatimizni namoyon etishga turli yo'llar bilan erishish mumkin. Ruhiy in'omlarni sinovdan o'tkazish yoki ro'yhat qilish, garchi ularga to'la ishonilmasada, bizga in'omlarimiz qanday bo'lishi mumkinligini tushunishga yordam berishi mumkin. Boshqalar orqali tasdiqlanish ham ruhiy qobiliyatimizni bilishni yoritib beradi. Rabbimizga qanday xizmat qilganimizni ko'rgan boshqa odamlar ko'pincha biz qabul qilishimiz mumkin bo'lgan yoki olmasligimiz kerak bo'lgan ruhiy in'omlarni bilishadi. Ibodat ham muhim ahamiyatga ega. Biz ruhuy jihatdan qanday iqtidorli ekanligimizni biladigan Zot – bu Muqaddas Ruhdir. Biz Xudodan Uning ulug'vorligi uchun ruhiy in'omlarimizdan yaxshiroq foydalanish uchun qanday in'omlar berilganini ko'rsatishini so'rashimiz mumkin.

Darhaqiqat, Xudo ba'zi kishilarga o'qituvchilik in'omini beradi va ularni ta'lim berishga chaqiradi. Xudo ayrimlarni xizmatkor bo'lishga chaqiradi va ularni yordam berish in'omi bilan marhamatlaydi. Biroq, bizning ruhiy in'omlarimiz haqida aniq bilishimiz, bizni in'omimizga aloqador bo'lmagan hududlarda Xudoga xizmat qilishdan ozod qilmaydi. Xudo bizga qanday ruhiy in'omlarni berganligini bilish foyda beradimi? Albatta, foyda beradi. Xudoga xizmat qilish uchun boshqa imkoniyatlarni qoldirib, ruhiy in'omlarga juda ko'p e'tibor berish noto'g'ri bo'larmidi? Ha. Agar, biz Xudo tomonidan ishlatilishga bag'ishlangan bo'lsak, u bizni kerak bo'lgan ruhiy in'omlar bilan ta'minlaydi.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Mening Ruhiy in'omim nima ekanligini qanday bilaman?
© Copyright Got Questions Ministries