Muqaddas Kitob ruhiy jang haqida nima deydi?


Savol: Muqaddas Kitob ruhiy jang haqida nima deydi?

Javob:
Ruhiy jang haqida gap ketganda, ikkita asosiy xato bor: ortiqcha baholash va kam baholash. Ba'zilar, har qanday gunohni, har qanday nizoni va har qanday muammoni quvg'in qilish kerak bo'lgan jinlarga ayblaydi. Boshqalar esa ruhiy olamni butunlay e'tiborsiz qoldiradilar va Muqaddas Kitob, bizning jangimiz ruhiy kuchlarga qarshi ekanini aytadi. Muvaffaqiyatli ruhiy urushning kaliti — Muqaddas Kitobdagi muvozanatni topishdir. Iso ba'zan odamlardan jinlarni quvib chiqardi; Boshqa holatlarda esa, U odamlarni iblis haqida gapirmasdan shifoladi. Havoriy Pavlus masihiylarga gunohga qarshi kurashishni buyurgan (Rimliklarga 6) va bizni iblisning rejalariga qarshi turishimiz uchun ogohlantiradi (Efesliklarga 6:10-18).

Efesliklarga 6:10-12 da shunday deyilgan: "Va nihoyat, Rabbimiz Iso sizning qudrat manbaingiz bo'lsin, Uning buyuk qudrati sizlarni baquvvat qilsin. Iblisning hiylalariga qarshi tura olishingiz uchun, Xudo bergan barcha qurol– aslahalar bilan qurollaning. Axir, bizning kurashimiz insonlarga qarshi emas, balki samoviy olamdagi yovuz ruhiy kuchlarga, ruhiy hokimiyat va hukmronlikka hamda bu qorong'i dunyoni boshqarayotgan ruhiy hukmronlarga qarshidir." Ushbu matn ba'zi muhim haqiqatlarni o'rgatadi: biz faqatgina Rabbiyning kuchida kuchli bo'lamiz, bu bizni himoya qiladigan Xudoning qurol-aslahasi va oxir-oqibatda, dunyodagi yovuz ruhiy kuchlarga qarshi ruhan kurashimiz.

Efesliklarga 6:13-18 da, Xudo bizga bergan ruhiy qurollarning ta'rifidir. Biz haqiqat belbog'i, solihlik sovuti, tinchlik Xushxabari, imon qalqoni, najot dubulg'asi, ruhning qilichi bilan mustahkam turishimiz va Ruhda ibodat qilishimiz kerak. Ruhiy jangda bu ruhiy qurol-aslahalar nimani anglatadi? Biz haqiqatni bilishimiz, haqiqatga ishonishimiz va haqiqatni gapirishimiz kerak. Biz, Masihning qurbonligi tufayli solih deb e'lon qilinganimizga ishonishimiz kerak. Qanday qarshilikka duchor bo'lishimizga qaramay, biz xushxabarni e'lon qilishimiz kerak. Bizga qanchalik qarshilik qilinmasin, Xudoning va'dalariga ishonib, imonimizdan ikkilanmasligimiz kerak. Bizning yakuniy himoyamiz, bu bizning najotimizga bo'lgan ishonch, hech qanday ruhiy kuch olib qo'ya olmaydigan ishonchdir. Bizning hujum qurolimiz — bu bizning fikrlarimiz va his-tuyg'ularimiz emas, balki Xudoning Kalomidir. Biz Muqaddas Ruhning kuchi va irodasi bilan ibodat qilishimiz kerak.

Iso ruhiy jangdagi vasvasaga qarshi turishning eng yuqori namunasidir. Iso sahroda vasvasa qilinganida, Shaytonning to'g'ridan-to'g'ri hujumlariga qanday munosabatda bo'lganiga e'tibor bering (Matto 4:1-11). Har bir vasvasaga qarshi "yozilganki" so'zlari bilan kurashdi. Tirik Xudoning Kalomi shayton vasvasalariga qarshi eng kuchli quroldir. "So'zlaringni yuragimda asrayman, Toki Senga qarshi gunoh qilmayin."

Bu yerda ruhiy jang haqida ogohlantirish o'rinli. Isoning ismi jinlar bizdan qochib ketadigan sehrli afsun emas. Skevasning yettita o'g'li, ular hokimiyatga ega bo'lmaganida nima bo'lishi mumkinligiga misol bo'la oladi (Havoriylar 19:13-16). Hatto bosh farishta Mikoil Shaytonni o'zining kuchiga qarshi emas, balki shunday dedi, "Egamning O'zi seni hukm qilsin" (Yahudo 1:9). Iblis bilan gaplasha boshlaganimizda, biz Momo Havo bilan bo'lganidek, yo'ldan adashish xavfini tug'diradi (Ibtido 3:1-7). Biz jinlarga emas, balki Xudoga e'tibor qaratishimiz kerak; biz ular bilan emas, balki U bilan gaplashamiz.

Xo'sh, ruhiy jangda muvaffaqiyatga erishishning kalitlari nima? Biz o'zimizga emas, balki Xudoning kuchiga tayanamiz. Biz Xudoning barcha qurollarini kiyib olamiz. Biz Muqaddas Kitobning kuchiga tayanamiz — Xudoning Kalomi Ruhning qilichi. Biz Xudoga murojaat qilib, qat'iyat va muqaddaslik bilan ibodat qilamiz. Biz mustahkam turamiz (Efesliklarga 6:13-14); Xudoga bo'ysunamiz; shaytonning ishiga qarshi turamiz (Yoqub 4:7), Sarvari koinot bizning himoyachimiz ekanligini bilib olamiz. Ha, Uning O'zi suyangan qoyam, najotimdir. Qal'am Udir, shu bois aslo qoqilmasman (Zabur 62:2).

English


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Muqaddas Kitob ruhiy jang haqida nima deydi?