settings icon
share icon
Savol

Qanday qilib men qutqarilaman?

Javob


Bu oddiy, ammo chuqur savol, faqat so'rash mumkin bo'lgan eng muhim masala. Bu dunyodagi hayotimiz tugaganida, abadiylikni qayerda o'tkazamiz. Bizning abadiy taqdirimizdan ko'ra, muhimroq narsa yo'q. Yaxshiyamki, Muqaddas Kitob insonning qanday qutqarilishi mumkinligi haqida to'liq tasavvurga ega. Filippidagi qamoqxona nazoratchisi Pavlusga va Sulaga murojaat qildi: "Janoblar, najot topishim uchun nima qilishim kerak?" (Havoriylar 16:30) Ular javob berdi: "Rabbimiz Isoga ishon, shunda o'zing va xonadon ahling najot topasizlar" (Havoriylar 16:31).

Qanday qilib qutula olaman? Nima uchun qutqarilishim kerak?
Biz hammamiz gunoh bilan bulg'anganmiz (Rimliklarga 3:23). Biz gunoh bilan tug'ilganmiz (Zabur 50:7) va har birimiz gunohni tanladik (Voiz 7:20; 1 Yuhanno 1:8). Gunoh bizni yo'q qiladi. U bizni Xudodan ajratib turadi. U bizni abadiy halokatga olib boradi.

Men qanday qilib qutqarilaman? Nimadan qutqarilaman?
Gunohimiz tufayli barchamiz o'limga loyiqmiz (Rimliklarga 6:23). Garchi gunohning jismoniy oqibati jismoniy o'lim bo'lsa-da, bu gunohdan kelib chiqadigan yagona narsa emas. Har bir gunoh abadiy va cheksiz Xudoga qarshi amalga oshiriladi (Zabur 50:6). Shu munosabat bilan gunohimiz uchun adolatli jazo ham abadiy va cheksiz bo'lishi kerak. Biz abadiy halokatdan qutqarilishga muhtojmiz (Matto 25:46; Vahiy 20:15).

Qanday qilib qutqarilaman? Xudo najotni qanday ta'minladi?
Gunoh uchun adolatli jazo, abadiy va cheksiz bo'lgani uchun, faqat Xudo biz uchun to'lashi mumkin, chunki U abadiy va cheksizdir. Lekin, Xudo ilohiy tabiatiga ko'ra o'lishi mumkin emas. Shuning uchun U, Iso Masihning shaxsida inson bo'ldi. Xudo, inson tanasida kiyingan, oramizda yashagan va bizga o'rgatgan. Odamlar Uning xushxabarini rad etib, Uni o'ldirishni xohlaganlarida, U O'z ixtiyori bilan biz uchun O'zini qurbon qilib, ularga O'zini xochga mixlashlariga imkon berdi (Yuhanno 10:15). Iso Masih inson edi, shuning uchun U o'lishi mumkin edi va U Xudo bo'lgani uchun, Uning o'limi abadiy va cheksiz qiymatga ega bo'ldi. Xochdagi Isoning o'limi gunohimiz uchun mukammal va to'liq to'lov edi (1 Yuhanno 2:2). U bizga berilgan jazoni O'z zimmasiga oldi. O'limdan tirilishi, Uning o'limi aslida gunoh uchun yetarli qurbonlik ekanligini ko'rsatdi.

Qanday qilib qutqarilaman? Nima qilishim kerak?
"Rabbimiz Isoga ishon, shunda o'zing va xonadon ahling najot topasizlar" (Havoriylar 16:31). Xudo biz uchun hamma narsani qildi. Siz qilishingiz kerak bo'lgan yagona narsa, Xudo tomonidan taqdim etilgan najotni imon bilan qabul qilish (Efesliklarga 2:8-9). Isoga gunohlaringizdan qutqaruvchi sifatida ishoning. Unga ishoning va siz o'lmaysiz (Yuhanno 3:16). Xudo sizlarga najotni bepul taqdim etadi. Buni faqat qabul qilishingiz kerak. Iso najot yo'lidir (Yuhanno 14:6).

Siz bu yerda o'qiganingiz uchun Masihni qabul qildingizmi? Ha bo'lsa, iltimos, "Men bugun Masihni qabul qildim" tugmasini bosing.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Qanday qilib men qutqarilaman?
© Copyright Got Questions Ministries