settings icon
share icon
Savol

Oxirgi zamonning qanday belgilari bor?

Javob


Matto 24:5-8 da bizga keladigan oxirgi zamonni aniqlab olishimiz uchun, ba'zi muhim misollarni beradi: "Chunki ko'pchilik o'zlarini Mening nomim bilan atab: "Men Masihman", — deb bir qancha odamni yo'ldan ozdiradilar. Sizlar urush haqidagi xabarlarni va mish–mishlarni eshitasizlar. Biroq cho'chimanglar! Bular sodir bo'lishi shart, ammo bu hali oxiri degani emas. Xalq xalqqa qarshi, shohlik shohlikka qarshi ko'tariladi. Ayrim joylarda qahatchilik va zilzilalar bo'ladi. Bularning hammasi to'lg'oq azoblarining boshlanishiga o'xshaydi." Soxta masihiylarning ko'payishi, urushlarning ko'payishi, ochlik, epidemiya va tabiiy ofatlarning ko'payishi—bu oxirzamon belgilari. Biroq, bu parchada bizga ogohlantirish beriladi: biz aldanmasligimiz kerak, chunki bu hodisalar faqat to'lg'oq azobining boshlanishi; yakuni hali oldinda.

Ba'zi sharhlar, har bir zilzila, har bir siyosiy to'ntarish va Isroilga qilingan har bir hujum, vaqtning oxiri yaqinlashib kelayotganligining ishonchli belgilaridir. Voqealar, so'nggi kunlarning yaqinlashishini ko'rsatishiga ishora qilsa-da, ular oxirgi zamonda keladigan ko'rsatkichlar emas. Havoriy Pavlus oxirgi kunlarda soxta ta'limotlarning sezilarli ko'payishi haqida ogohlantirdi. "Xudoning Ruhi yaqqol aytyaptiki, oxirgi zamonlarda ba'zi odamlar imondan qaytadilar. Ular yolg'onchi ruhlarga va jinlar ta'limotiga quloq soladilar" (1 Timo'tiyga 4:1). Oxirgi kunlar "haqiqatga qarshi" bo'lgan faol odamlar va insonning tobora yomon tabiati tufayli "xavfli vaqtlar" deb ta'riflanadi (2 Timo'tiyga 3:1-9; 2 Salonikaliklarga 2:3 ga qarang).

Boshqa mumkin bo'lgan belgilar Quddusdagi yahudiy ma'badini qayta tiklash, Isroilga qarshi dushmanlikning kuchayishi va dunyoda yagona hukumati bo'lishi uchun birlashishni o'z ichiga oladi. Biroq, oxirgi zamonning eng mashhur belgisi Isroil xalqidir. Milodiy 70 yildan boshlab birinchi marta 1948 yilda Isroil suveren davlat sifatida tan olingan. Xudo Ibrohim va uning avlodlarini Kan'onga "abadiy mulk" sifatida ega bo'lishlarini va'da qildi (Ibtido 17:8) va Hizqiyo Isroilning jismoniy va ruhiy tiklanishi haqida bashorat qilgan (Hizqiyo 37 bob). Isroil o'z yurtida millat bo'lib, oxirgi zamon bashorati asosida muhim ahamiyatga ega, chunki Isroil oxirgi zamon ta'limotida muhim mavqega ega (Doniyor 10:14, 11:41; Vahiy 11:8).

Ushbu alomatlarni yodda tutib, biz oxirgi zamonni kutishimiz haqida donoroq va g'ayratli bo'lishimiz mumkin. Biroq, biz ushbu maxsus voqealardan hech birini oxirgi zamonning tez boshlanishi haqida aniq ko'rsatma sifatida talqin qilmasligimiz kerak. Xudo biz uchun yetarli ma'lumotni berdi, shunda biz unga tayyorlana olishimiiz mumkin va biz aynan bu narsaga chaqirilganmiz.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Oxirgi zamonning qanday belgilari bor?
© Copyright Got Questions Ministries