settings icon
share icon
Savol

Oxirgi zamon bashoratiga ko'ra nima sodir bo'ladi?

Javob


Muqaddas Kitob oxirgi zamon haqida ko'p narsalar aytishi mumkin. Muqaddas Kitobning deyarli har bir kitobi oxirgi zamon haqidagi bashoratlarni o'z ichiga oladi. Bu bashoratlarning barchasini qabul qilish va tashkil etish qiyin bo'lishi mumkin. Quyida, Muqaddas Kitobda aytilganidek, yaqinda yuz beradigan voqealar haqida qisqacha ma'lumot berilgan.

Masih osmondan tushayotgan davrida butun yer yuzida tug'ilgan barcha imonlilarni oladi (1 Salonikaliklarga 4:13-18, 1 Korinfliklarga 15:51-54). Masihning hukm kunida bu imonlilar yer yuzida yashagan vaqti mobaynida yashi ishlari va sadoqatli xizmati uchun mukofotlanadi yoki xizmat qilish va itoat etmaganligi uchun mukofotni yo'qotadi, lekin abadiy hayotni emas (1 Korinfliklarga 3:11-15; va 2 Korinfliklarga 5:10)

Dajjol (hayvon) hokimiyatga keladi va Isroil bilan yetti yilga ahdni imzolaydi (Doniyor 9:27). Bu yetti yillik davr «musibat» deb nomlanadi. Bu musibat paytida dahshatli urushlar, ochlik, epidemiyalar va tabiiy ofatlar bo'ladi. Xudo O'zining g'azabini gunoh, yovuzlik va nohaqlikka qarshi yog'diradi. Musibat, Apokalipsisning to'rtta otlig'i va yetti muhrlar, karnay va hukm kosasini to'kishni o'z ichiga oladi.

Taxminan yetti yil o'rtasida Dajjol Isroil bilan tinchlik shartnomasini buzadi va unga qarshi urush boshlaydi. Dajjol "xarobaning jirkanchliligi" ni amalga oshiradi va qayta tiklanadigan Quddusdagi ma'badda sajda qildirish uchun o'zining suratini yaratadi (Doniyor 9:27; 2 Salonikaliklarga 2:3-10). Musibatning ikkinchi yarmi "buyuk musibat" (Vahiy 7:14) va "Yoqubning qayg'u vaqti" (Yeremiyo 30:7) deb nomlanadi.

Yetti yillik musibatning oxirida Dajjol Quddusga so'nggi hujumni amalga oshiradi, bu esa yuqori cho'qqisi bo'lgan Armagedon jangi bilan yakunlanadi. Iso Masih qaytib keladi, Dajjolni va uning qo'shinini yo'q qiladi va ularni olov ko'liga tashlaydi (Vahiy 19:11-21). Masih shaytonni 1000 yil davomida tubsizlikka bog'laydi va bu ming yillik davr mobaynida O'zining yer yuzidagi shohligini boshqaradi (Vahiy 20:1-6). Ming yillardan keyin, Shayton ozod qilinadi, yana mag'lub bo'ladi va keyin olov ko'liga abadiylik uchun tashlanadi (Vahiy 20:7-10). Keyin hukm kuni Masih buyuk oq taxtida o'tirib barcha imonsizlarni hukm qiladi (Vahiy 20:10-15), ularni olovli ko'lga tashlaydi. Masih yangi osmonni, yangi yerni va yangi Quddusni — imonlilarning abadiy yashash joyini beradi. Endi gunoh, qayg'u yoki o'lim bo'lmaydi (Vahiy 21-22).

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Oxirgi zamon bashoratiga ko'ra nima sodir bo'ladi?
© Copyright Got Questions Ministries