Savol
Qayg'udagi osmonga ko'tarilish qachon yuz beradi?
Javob
Qayg'u bilan bog'liq bo'lgan Osmonga ko'tarilish davri zamonaviy jamoatdagi tortishuvlarga sabab bo'lgan masalalardan biridir. Uchta asosiy qarashlar bor, qayg'ugacha (osmonga ko'tarilish qayg'udan oldin sodir bo'ladi), qayg'u davrida (osmonga ko'tarilish qayg'u o'rtasida sodir bo'ladi), qayg'iudan keyin (osmonga ko'tarilish qayg'u oxirida sodir bo'ladi). To'rtinchi qarash, odatda oldindan g'azab deb nomlanib, bu qayg'u o'rtasidagi vaziyatning kichik o'zgarishidir.
Birinchidan, qayg'uning maqsadini tushunish muhimdir. Doniyor 9:27 ga ko'ra, yetmishinchi "etti" (etti yil) hali ham oldinda. Doniyorning yetmish yetti haqidagi barha bashoratlari (Doniyor 9:20-27) Isroil xalqi haqida gapiradi. Bu vaqt Xudo O'z e'tiborini ayniqsa Isroilga qaratadigan davridir. Yetmish yettinchi, gayg'u, shuningdek Xudo Isroil bilan maxsus ishini olib boradigan vaqt bo'lishi kerak. Garchi bu jamoat ham mavjud bo'lmasligini ko'rsatmasa-da, jamoat shu paytda yer yuzida bo'lishi shart ekanmi degan savol tug'iladi.
Osmonga ko'tarilish haqidagi Muqaddas Bitikning asosiy qismi bo'lgan 1 Salonikaliklarga 4:13-18 ga qarang. Bu, hamma tirik imonlilar, vafot etgan barcha imonlilar bilan birga, Rabbiy Iso bilan osmonda uchrashib, u bilan abadiy birga bo'lishlarini aytadi. Osmonga ko'tarilish, Xudo O'z xalqini yerdan olib tashlashidir. Keyinchalik, 1 Salonikaliklarga 5:9 da bir nechta oyat yozilgan bo'lib, Pavlus shunday deydi: "Chunki Xudo bizni g'azabga uchrasin, deb emas, balki Rabbimiz Iso Masih orqali najot topishimiz uchun tayinladi." Vahiy kitobi birinchi navbatda, musibat davriga taalluqli bo'lib, Xudo qayg'u paytida O'z g'azabini qanday to'kkanligi haqidagi bashoratli xabardir. Xudo imonlilarga g'azabdan azob chekmaslikni va'da qilib va keyin qayg'uda g'azabidan azob chekish uchun ularni yer yuzida qoldirishi mos kelmasligi ko'rinadi. Xudo O'z xalqini yerdan olib ketish va'dasidan ko'p o'tmay, masihiylarni g'azabdan qutqarishni va'da qilganligi, bu ikki voqeani birlashtiradi.
Osmonga ko'tarilish vaqti haqida yana bir muhim parcha Vahiy 3:10, unda Masih imonlilarni yerga keladigan "sinov soati" dan qutqarishni va'da qiladi. Bu ikki narsani anglatishi mumkin. Yoki Masih sinov davridan imonlilarni himoya qiladi, yoki imonlilarni sinovlardan qutqaradi. Har ikkisi ham "dan" deb tarjima qilingan yunoncha so'zning haqiqiy ma'nosidir. Biroq, imonlilarning yiroq qilishiga va'da berilganligini tushunish muhimdir. Bu faqat sinov emas, balki sinovning "soati". Masih, sinovlarni o'z ichiga olgan o'sha davrdan boshlab, ya'ni qayg'uda imonlilarni himoya qilishga va'da qiladi. Qayg'uni, osmonga ko'tarilishning ma'nosi 1 Salonikaliklarga 5:9 va Vahiy 3:10 oyatlarining talqinini, qayg'udan oldingi holatni aniq qo'llab-quvvatlaydi. Agar Muqaddas Kitob to'liq va izchil talqin etilsa, qayg'udan oldingi holat Muqaddas Kitobga asoslangan.
English
Qayg'udagi osmonga ko'tarilish qachon yuz beradi?