O'rin almashgan to'lov nima?


Savol: O'rin almashgan to'lov nima?

Javob:
O'rin almashgan to'lov, Iso Masih gunohkorlarning o'rniga o'ldi degan ma'noni anglatadi. Muqaddas Bitik hamma odamlarning gunohkor ekanligi haqida o'rgatadi (Rimliklarga 3:9-18, 23). Gunohkorligimiz uchun jazo — o'limdir. Rimliklarga 6:23 da shunday deyilgan: "Gunohning evazi — o'lim, Xudoning in'omi esa Rabbimiz Iso Masih orqali beriladigan abadiy hayotdir".

Bu oyat bizga bir nechta narsalarni o'rgatadi. Masihsiz o'lsak, biz abadiylikni jahannamda, gunohlarimiz uchun to'lov sifatida o'tkazamiz. Muqaddas Bitikdagi o'lim "ajralish" degan ma'noni anglatadi. Har bir inson o'ladi, lekin ba'zilari osmonda Rabbiy bilan abadiy yashaydilar, boshqalari esa do'zaxda abadiy yashaydilar. Bu yerda aytilgan o'lim, do'zaxdagi hayotga ishora qiladi. Biroq, bu oyatning ikkinchi o'rni, Iso Masih orqali abadiy hayot ham mavjudligini o'rgatadi. Bu Isoning o'rin almashuvchi to'lovidir.

Iso Masih xochga mixlanganida bizning o'rnimizga vafot etdi. Biz xochda mixlanib, o'lishga loyiq edik, chunki biz gunohkor hayotda yashayapmiz. Lekin Masih bizning o'rnimizga O'zi jazoni qabul qildi — bizning o'rnimizga O'zini almastirdi va biz haqiqatdan loyiq bo'lgan narsani oldi. "Axir, Xudo bizni Masih orqali oqlash uchun gunohsiz bo'lgan Masihni gunohkorni jazolaganday, jazoladi" (2 Korinfliklarga 5:21).

"U gunohlarimizni O'ziga oldi, a'zoi badani xochda azob chekdi. Shu tufayli biz gunoh uchun o'lganmiz va solih hayot kechira olamiz. Uning yaralaridan biz shifo topdik" (1 Butrus 2:24). Bu yerda biz yana, biz qilgan gunohlarimiz uchun Masih to'lovni O'ziga olganini ko'ryapmiz. Biz bir necha oyatlarni o'qiymiz: "Masih bizni gunohlarimizdan to abad forig' qilish uchun azob chekkanini yodingizda tutinglar. U solih bo'la turib, biz, gunohkorlarni Xudoga yaqinlashtirish uchun jonini fido qildi. Uni jisman o'ldirishdi, ammo U yangi, ulug'vor hayot uchun tirildi" (1 Burtrus 3:18). Bu oyatlar bizga, Masih biz bilan o'rin almashganini o'rgatibgina qolmasdan, balki u gunohlarni yuvishi ham ekanligini, ya'ni insonning gunohlari uchun to'lovni to'laganini ham o'rgatadi.

O'rin almashadigan to'lovga yana bir oyat, — Ishayo 53:5. Bu oyat bizning gunohlarimiz uchun xochda o'lishi kerak bo'lgan Masihning kelishi haqida gapiradi. Bu bashoratda juda batafsil va qanday holatda xochga mixlanishi aniq aytib beriligan. "U esa bizning gunohlarimizni deb yarador bo'ldi, Bizning ayblarimiz tufayli ezildi. Bizga tinchlik keltiradigan jazo unga tushdi, Uning yaralari bizga shifo berdi." O'rin almashishga e'tibor bering. Bu yerda Masih bizlar uchun to'lov to'laganini yana bir bor ko'rib turibmiz!

Biz jazoni faqat o'zimiz to'lasak, jazolanib, abadiy do'zaxga tushamiz. Lekin Xudoning O'g'li Iso Masih yer yuziga gunohlarimizni to'lash uchun keldi. U biz uchun buni qilgandan so'ng, endi nafaqat gunohlarimizning kechirilishi, balki abadiy U bilan birga bo'lish imkoniyati ham mavjud. Buning uchun biz Masihning xochda qilgan ishlariga ishonishimiz kerak. Biz o'zimizni qutqara olmaymiz; o'rnimizni egallash uchun o'rin almashadigan to'lov kerak. Iso Masihning o'limi – bu o'rin almashadigan to'lovidir.

English


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

O'rin almashgan to'lov nima?