settings icon
share icon
Savol

Muqaddas Kitob, o'limga hukm / o'lim jazosi haqida nima deydi?

Javob


Eski Ahd Qonunni o'lim jazosini quyidagi harakatlar uchun qo'llash sifatida qabul qildi: qotillik (Chiqish 21:12), odam o'g'irlash (Chiqish 21:16), hayvon bilan jinsiy aloqa qilish (Chiqish 22:19), zino (Levi 20:10), bachchaboz (Levi 20:13), o'zini payg'ambar deb soxta e'lon qilish (Qonunlar 13:5), fohishabozlik va zo'rlash (qonunlar 22:4) va boshqa jinoyatlar. Lekin, bizning Xudoimiz ba'zan o'lim jazosini bekor qilib, rahm-shafqatini ko'rsatadi. Dovud zino va qotillik qilgan, lekin Xudo, uning hayotini olib qo'ymadi (1Shohlar 11:1-5, 14-17; 2 Shohlar 12:13). Aslida, biz qilgan barcha gunohlarning natijasi o'lim bo'ladi (Rimliklarga 6:23). Har bir gunohimiz uchun hukm chiqarmasdan, bizga O'z sevgisini ko'rsatgani uchun Xudoga hamdu sanolar bo'lsin.

Farziylar, Isoga zino qilganligi uchun toshbo'ron qilishlari kerak bo'lgan ayolni olib kelishgach, U shunday dedi: "Sizning orangizda kim begunoh bo'lsa, o'sha birinchi bo'lib ayolga tosh otsin" (Yuhanno 8:7). Bu misolni, Iso barcha vaziyatlarda o'lim jazosini bekor qilgan tarzda ko'rib chiqilmasligi kerak. U faqat farziylarning ikkiyuzlamachiligini ko'rsatdi. Ular, Eski Ahd qonunlarini buzganlikda Isoni ayblashga harakat qilishdi va aslida ular qizning taqdiriga mutlaqo befarq edila — agar bunday bo'lmasa, unda gunoh qilgan erkak qayerda edi? Xudoning O'zi o'lim jazosini kiritdi: "Kimki inson qonini to'ksa, Uning qonini ham inson to'kur. Zero, inson zotini Men, Xudo, Yaratgandir O'z suratimda" (Ibtido 9:6). Iso ba'zi hollarda o'lim jazosini qo'llab-quvvatladi. Biroq, U o'lim jazosiga loyiq bo'lgan odamga, O'zining rahm-shafqatini ko'rsatdi (Yuhanno 8:1-11). Havoriy Pavlus o'lim jazosini o'tash uchun hukumatning kuchini ochiq tan olgan (Rimliklarga 13:1-5).

Shunday qilib, biz aslida boshlagan narsamizga qaytib keldik. Ha, Xudo o'lim jazosini qo'llab-quvvatlaydi. Biroq, ayni paytda, U har doim ham uni ijro etmaydi. Xo'sh, masihiylarning o'lim jazosiga munosabati qanday bo'lishi kerak? Birinchidan, Xudoimiz O'z So'zida buni tasdiqlaganini yodda tutishimiz kerak, shunga ko'ra, biz unga nisbatan adolatli jazo bilan kelishimiz yoki undan ko'ra rahmdil bo'lishimiz mumkin deb hisoblashimiz kerak. Xudoning qonunlari eng yuqori, chunki U mukammaldir! Bu qonunlar nafaqat bizga, balki Uning O'ziga ham tegishlidir. Uning sevgisi, huddi, rahm – shafqatidek-cheksizdir. Bundan tashqari, biz Xudoning g'azabi cheksiz ekanini bilamiz, lekin bularning hammasi mukammal muvozanatda. Ikkinchidan, Xudo hukumatga o'lim jazosini qachon chiqarish kerakligini aniqlash uchun hokimiyatni berganini tan olishimiz kerak (Ibtido 9:6; Rimliklarga 13:1-7). Xudo, hech qanday vaziyatda o'lim jazosini qo'llab-quvvatlamaydi degan da'vo, Muqaddas Kitobning ta'limotiga mos kelmaydi. Masihiylar o'lim jazosini qabul qilishdan mamnun bolmasliklari kerak, biroq ayni paytda ular, eng shafqatsiz jinoyatchilarga bunday jazolarni qo'llayotgan davlat qonunchiligiga qarshi chiqmasliklari kerak.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Muqaddas Kitob, o'limga hukm / o'lim jazosi haqida nima deydi?
© Copyright Got Questions Ministries