settings icon
share icon
Savol

O'limdan keyin biz qayerga boramiz?

Javob


Muqaddas Kitob mutlaqo aniq qilib, oxir-oqibatda biz o'limdan keyin borishimiz mumkin bo'lgan faqat ikkita joy bor deb aytadi: Osmon yoki Jahannam. Muqaddas Kitobdan aniq bo'ladiki, o'limdan keyin boradigan joyni biz o'zimiz aniqlaymiz. Qanday? O'qishda davom eting.

Birinchidan, bu muammo. Biz hammamiz gunoh qildik (Rimliklarga 3:23). Biz hammamiz noto'g'ri, yomon yoki ahloqsiz narsalarni qildik (Voiz 7:20). Bizning gunohimiz bizni Xudodan ajratib turadi va agar u e'tirof etilmagan bo'lsa, unda biz Undan abadiy ajralib turamiz (Matto 25:46; Rimliklarga 6:23). Xudodan bu abadiy ajralish, Muqaddas Kitobda abadiy olovli ko'l sifatida tasvirlangan jahannamdir (Vahiy 20:14-15).

Endi – qaror. Xudo Iso Masihning shaxsida inson bo'ldi (Yuhanno 1:1, 14; 8:58; 10:30). U gunohsiz hayot kechirgan (1 Butrus 3:22; 1 Yuhanno 3:5) va ixtiyoriy ravishda biz uchun o'limga bordi (1 Korinfliklarga 15:3; 1 Butrus 1:18-19). Uning o'limi bizning gunohlarimiz uchun to'lov bo'ldi (2 Korinfliklarga 5:21). Endi Xudo bizga najot va kechirimni sovg'a sifatida taklif qiladi (Rimliklarga 6:23), biz imon bilan qabul qilishimiz kerak (Yuhanno 3:16; Efesliklarga 2:8-9). "Rabbimiz Isoga ishon, shunda o'zing va xonadon ahling najot topasizlar" (Havoriylar 16:31). Gunohlaringiz uchun to'lov sifatida Uning qurbonligiga tayanib, sizning yagona Najotkoringiz Isoga ishoning — va Xudoning Kalomiga ko'ra, sizga samoda abadiy hayot va'da qilinmoqda.

O'limdan keyin qayerga boramiz?
Bu sizga bog'liq. Xudo sizga tanlov taklif etadi. Xudo sizni Unga kelishga taklif qiladi. Bu qarorni qilish sizdan.

Agar Xudo sizni Masihga ishonishga jalb etayotganini his qilsangiz (Yuhanno 6:44), Najotkorga boring. Agar Xudo pardani ko'tarib va sizning ruhiy ko'rligingizni davolasa (2 Korinfliklarga 4:4), Najotkorga qarang. Agar siz hayotning uchqunlarini har doim o'lik (Efesliklarga 2:1) deb hisoblasangiz, — Najotkor orqali hayotga shoshiling.

O'limdan keyin qayerga boramiz?
Osmonga yoki jahannamga. Iso Masih orqali jahannamdan qochish mumkin. Uni Najotkor sifatida qabul qiling va osmon abadiy sizning taqdiringizga aylanadi. Boshqa har qanday qarorning natijasi jahannamda, Xudodan abadiy ajralib turishdir (Yuhanno 14:6; Havoriylar 4:21).

Agar siz endi o'limdan keyin boradigan ikkita variantni tushunsangiz va Iso Masihga shaxsiy Najotkor sifatida ishonishni istasangiz, unda siz quyidagilarni tushunib, Unga ishonishingizga ishonch hosil qiling va imon harakati sifatida Xudoga shunday so'zlarni ayting: "Xudoyim, men gunohkor ekanligimni bilaman va gunohim tufayli Sendan abadiy ajralishga loyiqman. Men bunga loyiq bo'lmasam ham, menga nisbatan sevging, Iso Masihning o'limi va tirilishi orqali gunohlarim uchun qurbonlik qilganingdan minnatdorman. Iso mening gunohlarim uchun o'lganiga va faqat U meni qutqarishi mumkinligiga ishonaman. Shu paytdan boshlab gunoh uchun hayot kechirishning o'rniga, Sen uchun yashashga yordam bering. Menga bergan ajoyib najot uchun, hayotimning qolgan qismini minnatdorchilik bilan o'tkazishga yordam ber. Rahmat Senga Iso, menga bergan najoting uchun!"

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

O'limdan keyin biz qayerga boramiz?
© Copyright Got Questions Ministries