Oldindan belgilash nima? Oldindan belgilash Muqaddas Kitobga oidmi?


Savol: Oldindan belgilash nima? Oldindan belgilash Muqaddas Kitobga oidmi?

Javob:
Rimliklarga 8:29-30 bizga aytadi: "Xudo ularni azaldan tanlab olgan edi va "Mening O'g'limga o'xshab borsinlar", deb oldindan belgilab qo'ygan edi, toki O'g'il ko'p birodarlar orasida to'ng'ich bo'lsin. Xudo oldindan belgilab qo'yganlarni da'vat ham etdi, da'vat etganlarni esa oqladi, oqlaganlarni esa O'zining ulug'vorligidan bahramand qildi." Efesliklarga 1:5 va 11da e'lon qilyapdi: "Xudo bizni Iso Masih orqali O'ziga farzand qilib olishni azaldanoq qaror qilgan edi… Bu Xudoning azaldan belgilagan rejasi bo'yicha amalga oshdi. Axir, Xudo har bir narsani O'z xohish–irodasi bo'yicha amalga oshiradi". Ko'pgina odamlar oldindan belgilash ta'limotiga kuchli qarshilik ko'rsatishadi. Biroq, oldindan belgilash Muqaddas Kitob ta'limotidir. Muqaddas Kitob, oldindan belgilash nimani anglatishini tushunish uchun kalit.

Yuqorida keltirilgan oyatlarda "oldindan belgilangan" deb tarjima qilingan so'zlar "oldindan aniqlash", "oldindan belgilash", "oldindan qaror qabul qilish" ma'nosini anglatuvchi yunoncha proorizo so'zidan kelib chiqadi. Shunday qilib, oldindan belgilash, bu Xudo vaqtdan oldin sodir bo'lishi kerak bo'lgan muayyan narsalarni belgilashidir. Xudo oldindan nimani aniqladi? Rimliklarga 8:29-30 oyatlarga binoan, Xudo ba'zi odamlarni O'z O'g'liga o'xshashini, chaqirilishini, oqlanishini va ulug'lanishini oldindan belgilab qo'ygan. Aslida, Xudo ba'zi odamlarni qutqarilgan deb oldindan belgilab beradi. Ko'plab oyatlarda Masihga ishonuvchilarning tanlanganlari haqida aytilgan (Matto 24:22, 31; Mark 13:20, 27; Rimliklarga 8:33, 9:11, 11:5-7, 28; Efesliklarga 1:11; Kolosaliklarga 3:12; 1 Salonikaliklarga 1:4; 1 Timo'tiyga 5:21; 2 Timo'tiyga 2:10; Titusga 1:1, 1 Butrus 1:1-2, 2:9; 2 Butrus 1:10). Oldindan belgilash — bu Xudoning hukmronligida najot topishlari uchun muayyan odamlarning oldindan tanlagani haqidagi Muqaddas Kitob ta'limotidir.

Oldindan belgilash ta'limotiga qarshi eng keng tarqalgan e'tiroz — bu adolatsizlik. Nima uchun Xudo boshqalarni emas, balki ba'zi odamlarni tanlaydi? Hech kim najodga loyiq emasligini unutmaslik kerak. Biz hammamiz gunoh qildik (Rimliklarga 3:23) va hamma abadiy jazoga loyiq (Rimliklarga 6:23). Natijada, Xudo bizni do'zaxda abadiylikni o'tkazishga ruxsat berib, butunlay adolatli bo'lar edi. Biroq, Xudo ba'zilarimizni qutqarishga qaror qildi. U tanlanmaganlar uchun adolatsiz emas, chunki ular o'zlari munosib bo'lgan narsalarni olishadi. Xudoning ba'zi kishilarga nisbatan rahmdil bo'lish istagi boshqalar uchun adolatsizlik emas. Hech kim Xudodan hech narsa olishga loyiq emas, shuning uchun Xudodan hech narsa olmasa, hech kim bunga e'tiroz bildira olmaydi. Misol tariqasida, kimdir yigirma kishidan iborat bo'lgan olomondan besh kishiga tasodifiy pul taqsimlash mumkin. Pul olmagan o'n besh kishi xafa bo'ladimi? Ehtimol, shunday. Ular xafa bo'lish huquqiga egami? Yo'q, ularda yo'q. Nima uchun? Chunki bu kishi hech kimdan pul qarzdor emas. U faqat ba'zi kishilarga mehribon bo'lishga qaror qildi.

Agar Xudo kimni qutqarishni tanlasa, bu Masihni tanlash va ishonish uchun iroda erkinligimizga putur etkazmaydimi? Muqaddas Kitobda aytadi, bizda tanlov bor — Iso Masihga ishongan har bir kishi qutqariladi (Yuhanno 3:16; Rimliklarga 10:9-10). Muqaddas Kitobda, Xudo Unga ishongan har qanday odamni qanday rad etishi yoki uni izlagan har qanday kishini rad etmasligi haqida hech qachon aytilmagan (Qonunlar 4:29). Qanday bo'lmasin, Xudoning sirida oldindan belgilash, Xudo tomonidan jalb qilingan odam (Yuhanno 6:44) va najodga ishonishga qo'llanadi (Rimliklarga 1:16). Xudo najot topadiganlarni oldindan belgilab beradi va biz najot topish uchun Masihni tanlashimiz kerak. Ikkala harsa ham bir xil haqiqat. Rimliklarga 11:33 da e'lon qiladi: "Xudoning donoligiyu bilimi naqadar boy va chuqurdir! Uning hukmlarini kim tushunib yetar?! Uning yo'llarini kim sinchiklab tekshira olar?!"

English


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Oldindan belgilash nima? Oldindan belgilash Muqaddas Kitobga oidmi?