Nuhning to'foni umunjahonmi yoki mahalliymi?


Savol: Nuhning to'foni umunjahonmi yoki mahalliymi?

Javob:
To'fon haqidagi Muqaddas Kitob parchalari butun zaminga tegishli ekanligini aniq ko'rsatib turibdi. Ibtido 7:11 buni tasdiqlaydi, "…yer ostidagi buloqlar otilib chiqdi, osmonning qopqalari ochildi." Ibtido 1:6-7 va 2:6 oyatlarida, suv toshqinidan oldingi zamon, bugun biz boshdan kechirayotgan narsalardan juda farq qilganligini ko'rsatmoqda. Ushbu va boshqa Muqaddas Kitob manbalariga asoslanib, yer qandaydir suv qopqog'i bilan qoplangan deb taxmin qilish o'rinli. Ushbu gumbaz bug' bo'lishi mumkin va Saturnning muzli halqalariga o'xshash halqalardan iborat bo'lishi mumkin. Bu yerda yer osti suvlarining qatlami (Ibtido 2:6) bilan birlashib, umumjahon selga olib keladi.

To'fon miqiyosini ko'rsatadigan eng aniq oyatlar Ibtido 7:19-23 oyatlardir. Suv haqida, "Suv yer yuzida shunchalik to'lib– toshdiki, baland tog'lar ham ko'milib ketdi. Suv tog'lardan o'n besh tirsak balandlikka ko'tarildi. Yer yuzida yurgan jamiki jonzot — qushlar, chorva, yovvoyi hayvonlar, uymalashib yurgan jonivorlar, inson zoti nobud bo'ldi. Quruq yer ustida yashab turgan hamma tirik jonzot nobud bo'ldi. Yer yuzidagi har qanday jonzotni — insonlarni, hayvonlarni, sudralib yuruvchi jonivorlarni, hasharotlarni, qushlarni Xudo yo'q qilib yubordi, hammasi yer yuzidan qirilib ketdi. Faqat Nuh va u bilan birga kemada bo'lganlargina tirik qoldilar, xolos."

Yuqoridagi qismda biz "hamma" so'zining bir necha bor ishlatilganini topibgina qolmay, balki "osmon ostidagi barcha baland tog'lar qoplangan", "suv ko'tarilib, tog'larni o'n besh tirsakdan oshiqroq chuqurlikda qoplagan" va "yerdagi barcha tirik mavjudotlar halok bo'ldi" deb yozilganini topamiz. Ushbu ta'riflar butun yerni qamrab olgan ulkan to'fonni aniq tasvirlaydi. Shuningdek, agar suv toshqini mahalliy bo'lgan bo'lsa, nega Xudo Nuhga ko'chish va hayvonlarni ko'chirishni buyurish o'rniga, kema qurishni buyurdi? Nima uchun u Nuhga yer yuzida mavjud bo'lgan barcha turdagi yer hayvonlarini joylashtirish uchun yetarlicha katta kemani qurishni buyurdi? Agar, to'fon umumjahon bo'lmaganda, kemaga hech qanday ehtiyoj yo'q edi.

Butrus shuningdek, 2Butrus 3:6-7da yozilgan buyuk To'fonni tasvirlab beradi, "So'ng esa O'z kalomi orqali qadimgi dunyoni o'sha suvlar girdobiga cho'ktirgandi. Hozirgi yeru osmonni esa Xudo O'z kalomi bilan qiyomat kunigacha asrab turibdi. Qiyomat kuni U hozirgi dunyoni olovga yem qilib, barcha betavfiqlarni halok etadi." Ushbu oyatlarda Butrus "butun olam" kelgusi sudini Nuhning to'foni bilan taqqoslaydi va o'sha paytda mavjud bo'lgan dunyoning suv ostida qolganligini ta'kidlaydi. Bundan tashqari, ko'plab Muqaddas Kitob mualliflari umumjahon to'fonining tarixiy xususiyatlarini tan oldilar (Ishayo 54:9; 1Butrus 3:20; 2 Butrus 2:5; Ibroniylarga 11:7). Nihoyat, Rabbiy Iso Masih, butun dunyo to'foniga ishondi va uni qaytib kelganida (Matto 24:37-39; Luqo 17:26-27) dunyoning kelajakdagi halokatining bir turi sifatida qabul qildi.

Umumjahon to'foni kabi umumjahon falokat haqida ko'plab ilmiy dalillar mavjud. Har bir qit'ada katta qabrlar qazilmalari topilgan va ko'p miqdordagi o'simlik ro'yhatini tezkor qoplashni talab qiluvchi ko'mir qatlamlari ko'p. Okean qoldiqlari butun dunyodagi tog ' cho'qqilarida uchraydi. Dunyoning barcha madaniyatlarida to'fon haqida afsonalar mavjud. Bu va boshqa ko'plab dalillar umumjahon suv toshqini haqida dalolat beradi.

English


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Nuhning to'foni umunjahonmi yoki mahalliymi?