settings icon
share icon
Savol

Nima uchun biz Muqaddas Kitobni o'qishimiz/o'rganishimiz kerak?

Javob


Biz Muqaddas Kitobni o'qib o'rganishimiz kerak, chunki bu biz uchun Xudoning Kalomidir. Muqaddas Kitob tom ma'noda "Xudoning-nafasi" hisoblanadi (2 Timothy 3:16). Boshqacha aytganda, bular biz uchun Xudoning So'zlaridir. Faylasuflar bizga juda ko'p savollar beradilar, Xudo ularga Bitiklar orqali javob beradi. Hayotning maqsadi nima? Men qayerdan keldim? O'limdan so'ng hayot bormi? Qanday qilib men osmonga ko'tarilaman? Nega dunyo yomonlikka to'la? Nima uchun men yaxshilik qilishga harakat qilaman? Ushbu «ko'pgina» savollarga qo'shimcha ravishda, Muqaddas Kitobda quyidagi amaliy sohalarda ko'p maslahat berilgan: Men qanday sherik izlayman? Qanday qilib mavaffaqiyatli nikoh qurushim mumkin? Qanday qilib yahshi do'st bo'la olaman? Men qanday qilib yahshi ota-ona bo'la olaman? Omad nima va qanday qilib unga erishish mumkin? Men qanday qilib o'zgarishim mumkin? Hayotda nima muhim? Afsuslanib orqaga qaramaslik uchun qanday qilib yashashim mumkin? Qanday qilib adolatsiz vaziyatlarni va hayotdagi yomon voqealarini yengishim mumkin?

Biz Muqaddas Kitobni o'qib o'rganishimiz kerak, chunki u to'liq ishonchli va xatosizdir. Muqaddas Kitob "muqaddas" kitoblarning orasida noyobidir, chunki u faqat axloqiy ta'lim berishni emas, balki "Menga ishoning" deb ham aytadi. Buning o'rniga, biz buni tasdiqlaydigan yuzlab batafsil bashoratlarni tekshirib, u haqida yozgan tarixiy yozuvlarini tekshirish va uning mavjud bo'lgan ilmiy dalillarini tekshirib ko'rishimiz mumkin. Muqaddas Kitobda xatolarga yo'l qo'yilgan degan kishilar, haqiqat uchun quloqlari yopiq insonlardir. Bir kuni Iso: "Gunohlaringiz kechirildi" yoki "O'rningdan tur, to'shagingni olib yur", — qaysi birini aytish osonroq deb so'radi. Keyin u gunohlarni kechirish qobiliyatiga ega ekanini isbotladi (bu biz ko'z bilan ko'rishimiz mumkin bo'lmagan narsadir), falaj yotgan kishini shifoladi (atrofdagilar o'z ko'zlari bilan tekshirib ko'rishlari mumkin). Xuddi shunday, biz tarixiy aniqlik, ilmiy aniqlik va bashoratli aniqlik kabi narsalarni sinab ko'rishimiz mumkin bo'lgan sohalarda o'zimiz tekshirib ko'rib, his-tuyg'ularimiz bilan sinab ko'rolmaydigan ruhiy sohalarni muhokama qilishda Xudoning Kalomi haqiqat ekanligiga biz ishonamiz.

Biz Muqaddas Kitobni o'qishimiz va o'rganishimiz kerak, chunki Xudo o'zgarmaydi va insoniyatning tabiati ham o'zgarmaydi; u yozilgan paytda bo'lgani kabi biz uchun ham dolzarbdir. Texnologiya o'zgargan vaqtda ham, insoniyatning tabiati va istaklari o'zgarmaydi. Muqaddas Kitob hikoyalarini o'qir ekanmiz, biz yakkama-yakka yoki jamiyatda munosabatlar haqida gaplashamizmi, bilib olamiz, "Bu dunyoda hech qanday yangi narsa yo'q" (Voiz 1:9). Va insoniyat butunlay yomon joylardan sevgi va qoniqish izlashni davom ettirsa-da, bizning mehribon va rahm-shafqatli Yaratguvchi Xudoyimiz bizga abadiy quvonchni nima olib kelishini aytadi. Uning ochilgan Kalomi, Muqaddas Kitob juda muhim, chunki Iso bu so'zlarni aytgan: "Inson nafaqat non bilan emas, balki Xudoning og'zidan chiqqan har bir so'z bilan yashaydi" (Matto 4:4). Boshqa so'z bilan aytganda, agar biz Xudo xohlaganidek hayotda to'la-to'kis yashashni istasak, biz Xudoning Kalomini tinglashimiz va quloq solishimiz kerak.

Muqaddas Kitobni o'qib o'rganishimiz kerak, chunki juda ko'p soxta ta'limotlar mavjud. Muqaddas Kitob bizga haqiqatni xatolardan ajrata oladigan tayoq beradi. U bizga Xudo qanday ekanini aytadi. Xudo haqidagi noto'g'ri tushuncha — butga yoki soxta xudoga topinishdir. Biz U bo'lmaganda boshqa biror narsasiga topinamiz. Muqaddas Kitobda aytilishicha, inson qanday qilib samoga ko'tariladi va bu uning mehribonligi yoki suvga cho'mganligi yoki boshqa ishlar qilgani uchun emas (Yuhanno 14:6; Efesliklarga 2:1-10; Ishayo 53:6; Rimliklarga 3:10-18, 5:8, 6:23, 10:9-13). Bu ma'noda Xudoning Kalomi Xudo bizni qanchalik kuchli sevishini ko'rsatadi (Rimliklarga 5:6-8; Yuhanno 3:16). Buni o'rganish orqali biz ham Unga javoban sevishni boshlaymiz (1 Yuhanno 4:19).

Muqaddas Kitob bizga Xudoga xizmat qilishimizda yordam beradi (2 Timo'tiyga 3:17; Efesliklarga 6:17, Ibroniylarga 4:12). Bu gunohimizdan va uning oqibatlaridan qanday qutulishimizni o'rganishga yordam beradi (2 Timo'tiyga 3:15). Xudoning Kalomi ustidan mulohaza yuritish va uning ta'limotlariga bo'ysunish hayotda muvaffaqiyatga erishadi (Yoshua 1: 8, Yoqub 1:25). Xudoning Kalomi hayotimizda gunohni ko'rishimizga va uni yo'q qilishimizga yordam beradi (Zabur 118:9, 11). Bu bizga hayotda rahbarlikni beradi, bizni ustozlarimizdan ko'ra ko'proq dono qiladi (Zabur 32:8, 119:99; Hikmatlar 1:6). Muqaddas Kitob, biz hayotimiz yillarini ahamiyatsiz va uzoq davom etadigan narsalar uchun sarflashga ruxsat bermaydi (Matto 7:24-27).

Muqaddas Kitobni o'qish va o'rganish bizga nafaqat jozibali «o'lja» ni, balki gunoh vasvasadagi og'riqli «ilmoqni» ham ko'rishimizga imkon beradi, shunda biz boshqalarning xatolaridan o'rganishimiz va ularni biz qilmasligimiz kerak.Tajriba — buyuk ustoz, lekin gunohdan o'rganish haqida gap ketganida, bu juda yomon qattiq o'qituvchidir. Boshqalarning xatosidan o'rganish juda yaxshi. Ko'pgina Muqaddas Kitobda shaxslar mavjud bo'lib, hayotda ulardan ba'zilari turli vaqtlarda ijobiy va salbiy namuna sifatida xizmat qilishi mumkin. Misol uchun, Dovud Go'lyotni mag'lubiyatga uchratganida, Xudo bizdan so'ragan narsalardan ko'ra, biz bilan uchrashishni xohlashini o'rgatadi (1 Shohlar 17), Virsaviya bilan zino qilish vasvasasiga duchor bo'lganida, bir zumlik gunohdan zavqlanish oqibatida qanchalik uzoq va daxshatli natija bo'lganligini ko'rsatadi (2 Shohlar 11).

Muqaddas Kitob, bu kitob faqat o'qish uchun emas. Bu kitob o'rganilib, keng qo'llash uchundir. Aks holda, bu chaynamay ovqatni yutish kabidir va undan keyin uni qaytarib tupurib tashlanganda – u hech qanday ozuqaviy qiymatga ega emas. Muqaddas Kitob bu Xudoning So'zi. Shunday qilib, U ham tabiat qonunlari kabi shatrdir. Biz buni e'tiborsiz qoldiramiz, huddi tortishish qonuniga e'tibor bermagandek, o'zimizning zararimizga shunday qilamiz. Muqaddas Kitob hayotimiz uchun qanchalik muhim ekanini ta'kidlash shart emas. Muqaddas Kitobni o'rganish oltin qazib olish bilan taqqoslanishi mumkin. Agar biz ozgina kuchsiz harakat qilsak va faqat "oqimdagi toshlarni elasak", biz faqat ozgina oltin changini topamiz. Lekin buni bilib olishga qancha ko'p harakat qilsak, harakatlarimiz uchun shuncha ko'p mukofot olamiz.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Nima uchun biz Muqaddas Kitobni o'qishimiz/o'rganishimiz kerak?
© Copyright Got Questions Ministries