Nikohni ohirigacha yekazishning – siri nimada?


Savol: Nikohni ohirigacha yekazishning – siri nimada?

Javob:
Er-xotin nikohlarining davom etishini ta'minlash uchun nima qilishlari mumkin? Birinchi va eng muhim masala – Xudoga va Uning so'ziga itoat qilish masalasi. Bu nikoh boshlanishidan oldin kuchga kirishi kerak bo'lgan qoidadir. Xudo aytadi, "Ikki kishi kelishib olgandan keyingina birga yo'lga tushadi." (Amos 3:3) Yuqoridan tug'ilgan imonli uchun bu imonli bo'lmagan kishi bilan yaqin munosabatlarni boshlamaslikni anglatadi. "Imonsizlar bilan sherik bo'lmanglar. Solihlik bilan qabihlikning orasida qanday aloqa bor?! Nur bilan zulmat orasida qanday umumiylik bo'lishi mumkin?!" (2 Korinfliklarga 6:14). Agar bu qoidalarga rioya qilinsa, bu ruhiy azoblardan va nikohdagi azob-uqubatlardan xalos bo'ladi.

Nikohning uzoq bo'lishini himoya qiladigan yana bir qoida, er Xudoga bo'ysunishi va o'z xotinini o'z tanasi sifatida sevishi, hurmat qilishi va himoya qilishi kerak (Efesliklarga 5:25-31). Tegishli qoidalarga ko'ra, xotin ham Xudoga hamda eriga "Rabbimizga itoat qilgandek" itoat etishi kerak (Efesliklarga 5:22). Erkak va ayol o'rtasidagi nikoh Masih bilan jamoat o'rtasidagi munosabatlarning ramzidir. Masih O'zini jamoatga berdi va uni sevadi, hurmat qiladi va uni "kelin" deb himoya qiladi (Vahiy 19:7-9).

Xudojo'y nikoh poydevoriga asoslanib, ko'plab juftliklar o'z nikohlarini uzaytirishga yordam berishning amaliy usullarini topmoqdalar: birgalikda vaqt o'tkazish; tez-tez: "men seni sevaman" deb aytish; mehribon bo'lish; mehr ko'rsatish; maqtovlar aytish; uchrashuvga taklif qilish; maktublar yozish; sovg'alar berish; va kechirishga tayyor bo'lish. Ushbu tadbirlarning barchasi, er va xotinlar uchun Muqaddas Kitob ko'rsatmalariga asoslangan.

Xudo, Momo Havoni birinchi nikohda Odam Atoga olib kelganida, u "go'sht va suyak" dan yaratilgan edi (Ibtido 2:21) va ular "bir tan" bo'lishdi (Ibtido 2:23-24). Bir tan bo'lish faqat jismoniy birlikdan ko'ra ko'proq narsani anglatadi. Bu aql va ruhning bir butun shakllanishi uchun uchrashganini anglatadi. Bu munosabatlar tuyg'u yoki hissiyotlardan juda uzoqlashadi va faqat ikkala hamkorlar ham Xudoda va bir-biriga mos kelganida topiladigan ruhiy "birdamlik"ka o'tadi. Bu munosabatlar "men va menga" emas, balki "biz va bizga" qaratilgan". Bu doimiy nikohning sirlaridan biridir.

Bir umr davom etadigan nikohni amalga oshirish, har ikkala hamkor ham ustuvor ahamiyatga ega bo'lishi kerak. Nikohini oxirigacha yetkazayotgan juftliklar bir-biriga bo'lgan sadoqatini nishonlaydilar. Ko'p juftliklar hatto g'azabda ham ajralish haqida gapirmaydilar. Xudo bilan munosabatlarni mustahkamlash, er va xotinning kuchli va Xudodan qo'rqadigan gorizontal munosabatlariga katta hissa qo'shadi.

Nikohni davom ettirishni istagan er-xotin muammolarni qanday hal qilishni o'rganishi kerak. Ibodat, Muqaddas Kitobni o'rganish va o'zaro dalda berish bu juda yaxshi. Tashqaridan yordam topishdan hech qanday yomon narsa yo'q; aslida, jamoatning maqsadlaridan biri "bir-birlarini sevgiga va yaxshi ishlarga undash" (Ibroniylarga 10:24). Kurashayotgan er-xotin, keksa masihiy er-xotindan, cho'pondan yoki Muqaddas Kitobdan, nikoh maslahatchisigan maslahat so'rashi kerak.

English


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Nikohni ohirigacha yekazishning – siri nimada?