settings icon
share icon
Savol

Er-xotinlarning jinsiy aloqada bo'lishi uchun nima ruxsat/man etilgan?

Javob


Muqaddas Kitobda shunday deyilgan "Nikohni hammangiz e'zozlanglar. Er–xotinlik munosabatini beg'ubor saqlanglar. Fahshu zinoga berilganlarni Xudo hukm qiladi" (Ibroniylarga 13:4) Muqaddas Kitobda hech qachon er va xotin jinsiy aloqada bo'lishi mumkin yoki bo'lmasligi haqida aytilmagan. Er va xotinlarga ushbu so'zlar uqtirilgan "Bir– biringizdan bosh tortmanglar. Faqatgina o'zaro kelishgan holda…"(1 Korinfliklarga 7:5a). Ushbu oyat jinsiy munosabatlar tamoyilini belgilashi mumkin. Nima bo'lishidan qat'iy nazar, bu o'zaro kelishilgan bo'lishi kerak. Hech kimni yoqimsiz yoki noto'g'ri ko'rinadigan narsalarni qilishga undash yoki majburlash kerak emas. Agar er va xotin ikkalasi ham biror narsani sinab ko'rishni xohlasalar (masalan, turli xil holatda turish, jinsiy aloqa o'yinchoqlari va boshqalar), unda Muqaddas Kitobda ular nima uchun qilinmasligi haqida hech qanday asos yo'q.

Biroq, er-xotin uchun jinsiy aloqada bo'lishga hech qachon yo'l qo'yilmaslik uchun bir nechta narsa bor. "Almashish" yoki "qo'shimcha qilish" (uch, to'rt, va hokazo...) amaliyoti aniq zino (Galatiyaliklarga 5:19; Efesliklarga 5:3; Kolosaliklarga 3:5; 1 Salonikaliklarga 4:3). Zino — bu sizning turmush o'rtog'ingiz ruxsat bergan, tasdiqlagan yoki hatto ishtirok etgan bo'lsa ham, gunohdir. Pornografiya "tana shahvati va shahvatli ko'zlar" chaqiradi (1 Yuhanno 2:16) va shuning uchun Xudo tomonidan hukm qilingan. Er va xotin hech qachon pornografiyani jinsiy aloqasiga olib kelmasligi kerak. Bu ikkala fikrga qo'shimcha ravishda, Muqaddas Bitikda, er va xotinni o'zaro rozilik bildirish orqali bir-birlari bilan aloqada bo'lishga to'sqinlik qiladigan hech narsa yo'q.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Er-xotinlarning jinsiy aloqada bo'lishi uchun nima ruxsat/man etilgan?
© Copyright Got Questions Ministries