Najot rejasi nima?


Savol: Najot rejasi nima?

Javob:
Najot – bu qutulish. Butun dunyo dinlari biz qutqarilishimiz kerakligini o'rgatadi, lekin ularning har birida biz o'zimiz qanday qutulishimiz kerakligini, nega biz qutqarilishimiz kerakligini va qanday qilib bu qutqaruvni qo'lga kiritish mumkinligi haqida o'z tushunchasiga ega. Biroq, Muqaddas Kitobda faqat bitta najot rejasi mavjudligi aniq aytilgan.

Najot rejasi haqida tushunish kerak bo'lgan eng muhim narsa – bu insonning emas, balki Xudoning rejasi. Inson rejasi, diniy marosimlarni bajarish yoki muayyan ko'rsatmalarga bo'ysunish yoki ruhiy ma'rifatning muayyan darajasiga erishishdan iborat. Lekin bularning hech biri Xudoning najot rejasining bir qismi emas.

Nimaga?
Xudoning najot rejasida tushunilishi kerak bo'lgan birinchi narsa -nima uchun najotga muhtojligimizdir. Biz gunoh qilganimiz uchun Unga muhtojmiz. Muqaddas Kitobda hamma gunoh qilgani haqida aytadi (Voiz 7:20; Rimliklarga 3:23; 1 Yuhanno 1:8). Gunoh – Xudoga qarshi isyon. Biz hammamiz ongli ravishda noto'g'ri ish qilamiz. Gunoh boshqalarga zarar yetkazadi, bizga zarar yetkazadi va eng muhimi, Xudoni haqorat qiladi. Muqaddas Kitob, shuningdek, Egamiz muqaddas va adolatli bo'lgani uchun, gunoh jazosiz qolishiga yo'l qo'ymasligini o'rgatadi. Gunoh uchun jazo – o'limdir (Rimliklarga 6:23) va Undan abadiy ajralish (Vahiy 20:11-15). Xudoning najot rejasi bo'lmasa, bu narsa har bir insonning taqdiri bo'ladi.

Nima?
Xudoning najoti rejasi, U – uni ta'minlaydigan yagona Zot. Biz, o'zimizning gunohimiz va uning oqibatlaridan mustaqil ravishda najot topish imkoniga ega emasmiz. Xudo, Iso Masihda inson bo'ldi (Yuhanno 1:1, 14), U gunohsiz hayot kechirgan (2 Korinfliklarga 5:21; Ibroniylarga 4:15; 1 Yuhanno 3:5) va biz uchun mukammal qurbonlik sifatida O'zini berdi (1 Korinfliklarga 15:3; Kolosaliklarga 1:22; Ibroniylarga 10:10). Iso, Xudo bo'lgani uchun Uning o'limi tugallanmas va abadiy qiymatga ega. U butun dunyodagi gunohlarni butunlay qoplagan (1 Yuhanno 2:2). Uning o'liklardan tirilishi, bu qurbonlikning haqiqatan ham yetarli ekanligini va endi najot topishimiz mumkinligini ko'rsatdi.

Qanday?
Havoriylar kitobining 16:31da, bir kishi Pavlusdan qanday qilib najot topish kerakligini so'radi. Havoriy shunday javob berdi: "Rabbimiz Isoga ishon, shunda o'zing va xonadon ahling najot topasizlar". Xudoning najot rejasiga rioya qilish – bu ishonish demakdir. Bu – yagona talab (Yuhanno 3:16; Efesliklarga 2:8-9). Egamiz Masih orqali najotimizni ta'minladi. Biz faqatgina Najodkorimiz Iso Masihga tayanib, imon orqali najotni qabul qilishimiz kerak (Yuhanno 14:6; Havoriylar 4:12). Bu Xudoning najot rejasi.

Siz Uni qabul qilasizmi?
Agarda siz Xudoning najot rejasiga amal qilishga tayyor bo'lsangiz, Isoga o'z Najotkoringiz sifatida ishoning. Gunohni qabul qilishda va Xudoni rad etadigan gunohni rad etishda va Iso Masih orqali Xudoni qabul qilishda, fikringizni o'zgartiring. Uning qurbonligiga o'z gunohlaringiz uchun mukammal va to'liq to'lov sifatida ishoning. Agar shunday qilsangiz, shunda Xudoning Kalomida sizga najot topishingiz, gunohlaringiz kechirilishi va siz osmonda abadiylikni o'tkazishingiz haqida va'da qilinadi! Hech qanday bundan ham muhimroq qaror yo'q. Bugun Iso Masihga o'z Najotkoringiz sifatida ishoning!

English


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Najot rejasi nima?