settings icon
share icon
Savol

Muqaddas Kitobni qanday to'g'ri o'rganish mumkin?

Javob


Muqaddas Kitob ma'nosini aniqlash bu hayotda imonlilar oldida turgan eng muhim vazifalardan biridir. Xudo bizga faqat Muqaddas Kitobni oddiygina o'qishimiz kerakligini aytmaydi. Biz uni o'rganishimiz va to'g'ri munosabatda bo'lishimiz shart (2 Korinfliklarga 2:15). Muqaddas Kitobni o'rganish juda qiyin ishdir. Muqaddas Yozuvlarni tez yoki qisqacha ko'rib chiqish ba'zan juda noto'g'ri xulosaga olib keladi. Shuning uchun, Muqaddas Bitikning to'g'ri ma'nosini aniqlash uchun bir necha tamoyillarni tushunish juda ham muhimdir.

Birinchidan, Muqaddas Kitobni o'rganayotgan kishi ibodat qilishi va Muqaddas Ruhdan tushuntirishini so'rashi kerak, chunki bu uning vazifalaridan biridir. "Haqiqat Ruhi kelib, sizlarni to'liq haqiqat sari boshlaydi. U O'zicha gapirmaydi, neki eshitsa, o'shani so'zlab beradi, U yuz beradigan voqealar haqida sizlarga xabar qiladi" (Yuhanno 16:13). Muqaddas Ruh havoriylarga Yangi Ahdni to'gri yozishlariga boshqarganidek, bizni ham Muqaddas Bitiklarni tushunishda boshqaradi. Esingizda bo'lsin, Muqaddas Kitob Xudoning kitobidir va biz Undan, bu nimani anglatishini so'rashimiz kerak. Agar siz masihiy bo'lsangiz, Muqaddas Yozuvning muallifi — Muqaddas Ruhdir va U sizning ichingizda yashaydi va U yozgan narsalarni siz tushunishingizni xohlaydi.

Ikkinchidan, biz Muqaddas Bitikni o'rab turgan oyatlardan ajratmasligimiz kerak va oyatning mazmunini kontekstdan tashqarida aniqlashga harakat qilish kerak. Kontekstni aniqlash uchun har doim atrofdagi oyatlarni va boblarni o'qib chiqishimiz kerak. Garchi, Muqaddas Bitikning barchasi Xudodan bo'lsa-da (2 Timo'tiy 3:16; 2 Butrus 1:21), Xudo odamlarni uni yozish uchun ishlatdi. Bu odamlar mavzuni, maktubning maqsadini va muayyan muammolarni hal qilishni yodda tutishgan. Biz o'qiyotgan ushbu kitobimizni kim yozganligi, u kimga yozilganligi, qachon yozilganligi va bu narsalar nima uchun yozilganligini bilish uchun Muqaddas Kitobning matnini o'qib chiqishimiz kerak. Bundan tashqari, biz matnni o'zi uchun o'zi gapirishiga imkon yaratishimiz kerak. Ba'zan odamlar o'zlari xohlagan talqinni olish uchun kerakli so'zlarga o'zlari istagan ma'nolarni belgilaydilar.

Uchinchidan, Muqaddas Kitobni o'rganib chiqishda to'liq mustaqil bo'lishga intilishimiz kerak. Muqaddas Yozuvlarni o'rganganlarning hayoti mobaynida qilingan mehnati orqali tushunishga erisha olmaymiz, deb o'ylash mag'rurlik. Ba'zi odamlar, xato qilib, faqatgina Muqaddas Ruhga bog'liq bo'lishlarini va ular Muqaddas Bitikning barcha yashirin haqiqatlarini ochib berishi haqidagi fikr bilan yondashadilar. Muqaddas Ruhning in'omlari Masihda, Masih o'z tanasidagi odamlarga ruhiy in'omlar berdi. Ushbu ruhiy in'omlardan biri ta'lim berish in'omidir (Efesliklarga 4:11-12; 1Korinfliklarga 12:28). Bu o'qituvchilar Muqaddas Kitobni to'g'ri tushunish va unga bo'ysunishimizga yordam berish uchun Xudovand tomonidan beriladi. Muqaddas Kitobni boshqa imonlilar bilan birgalikda talqin qilish va Xudoning Kalomidagi haqiqatlarni tushunish va qo'llashda bir-birlariga yordam berish har doim donolikdir.

Umuman olganda, Muqaddas Kitobni qanday o'rganish mumkin? Birinchidan, ibodat va kamtarlik bilan, tushunishimiz uchun Muqaddas Ruhga tayanishimiz kerak. Ikkinchidan, biz har doim Muqaddas Kitobning o'zini o'zi tushuntirayotganini bilib, uni o'rganishimiz kerak. Uchinchidan, Muqaddas Kitobni to'g'ri o'rganishga intilayotgan, o'tgan va hozirgi masihiylarning harakatlarini hurmat qilishimiz kerak. Yodingizda bo'lsin, Xudo Muqaddas Kitobning muallifidir va U bizni uni tushunishimizni xohlaydi.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Muqaddas Kitobni qanday to'g'ri o'rganish mumkin?
© Copyright Got Questions Ministries