settings icon
share icon
Savol

Muqaddas Kitob urush haqida nima deydi?

Javob


Ko'p odamlar Muqaddas Kitobning "Qotillik qilmang" degan so'zlarini, urushni ta'qiqlash deb qabul qilib xato qilishadi. Aslida, matndagi Ibroniycha so'z Chiqish 20:13 da, so'zma-so'z ma'nosini anglatadi "qasddan, boshqa odamni yovuzlik bilan o'ldirish". Xudo ko'pincha isroilliklarga boshqa xalqlarga qarshi urush boshlashni buyurdi (3 Shohlar 15:3; Yoshua 4:13). Xudo ko'plab jinoyatlar uchun o'lim jazosini tayinladi (Chiqish 21:12, 15; 22:19; Levi 20:11). Shunday qilib, Xudo hech qanday qotillikka qarshi emas, balki qasddan o'ldirishga qarshi. Urush hech qanday yaxshi narsa emas, lekin ba'zan kerak. Gunohkor odamlar bilan to'la dunyoda (Rimliklarga 3:10-18), urush bo'lishi muqarrar. Ba'zan gunohkorlar tomonidan yetkazilgan katta zararning oldini olishning yagona yo'li ularga qarshi urushdir.

Urush dahshatli narsa! Urush har doim gunohning natijasidir (Rimliklarga 3:10-18). Eski Ahdda Xudo Isroilliklarga: "Isroil xalqi uchun Midiyonlardan qasos ol. Shundan keyin sen olamdan ko'z yumasan" (Sahroda 31:2). Shuningdek Qonunlar 20:16-17: "Lekin Egangiz Xudo sizlarga mulk qilib berayotgan yurtdagi shaharlarni qo'lga olganingizda bironta jonni tirik qoldirmanglar. Egangiz Xudo sizlarga amr etganiday, Xet, Amor, Kan'on, Pariz, Xiv, Yobus xalqlarini tamomila qirib bitiringlar." Chiqish 17:16 oyat e'lon qiladi: "Omoleklar Egamizning taxtiga qarshi qo'llarini ko'tarishga jur'at qilganlari uchun, Egamiz doimo ularga qarshi urushda bo'ladi", dedi." Bundan tashqari, 1 Shohlar 15:18 oyatda deyilgan: "U senga: "Bor, o'sha gunohkor Omolek xalqini butunlay qirib tashla, hammasini yo'qotmaguningcha, ular bilan jang qil", deb amr bergan edi–ku". Shunday qilib, Xudo urushga qarshi emas. Iso har doim Otasi bilan mukammal uyg'unlikda bo'lgani uchun (Yuhanno 10:30), biz bu urushning faqat Eski Ahdda Xudoning irodasi ekanini tasdiqlay olmaymiz. Xudo o'zgarmas (Malaki 3:6; Yoqub 1:17).

Isoning ikkinchi kelishi ham juda shafqatsiz voqea bo'ladi. Vahiy 19:11-21 da yozilgan: "Bundan keyin men osmonning ochilganini ko'rdim. U yerda bir oq ot turar edi. Ustidagi Chavandozni Sodiq va Haq, deb chaqirishardi. U odilona hukm chiqarib, jang qilardi. Uning ko'zlari otash alangasiday chaqnardi. Boshida ko'p tojlari bor edi. Peshanasiga esa O'zidan boshqa hech kim bilmaydigan bir ism yozilgandi. Egnidagi kiyimi qonga belangandi. Chavandozga "Xudoning Kalomi" deb nom berilgan edi. Oppoq, top–toza, mayin zig'ir libos kiygan samoviy qo'shinlar oq otlarda Chavandozga ergashib borishardi. Uning og'zidan o'tkir bir qilich chiqib turardi. U o'sha qilichi bilan xalqlarni mag'lub etadi, qo'lidagi temir xivchin bilan ularga hukmronlik qiladi. Qodir Xudoning qaynoq qahr–g'azabi chuquridagi uzumlarni bosib ezadi. Kiyimining son qismida: "shohlarning Shohi, hokimlarning Hokimidir", degan ism yozilgan. Shundan so'ng men quyosh ustida turgan bir farishtani ko'rdim. U uchib ketayotgan barcha qushlarga baland ovozda shunday xitob qildi: "Xudoning buyuk bazmiga kelinglar! Shohlar, sarkardalar, bahodir jangchilarning jasadlarini, otu suvorilar, hamma qulu erkin, kattayu kichikning jasadlarini yeyish uchun to'planinglar!" Shunda men mahluqni, yer yuzi shohlarini, ularning qo'shinlarini ko'rdim. Ular ot mingan Chavandoz bilan Uning qo'shinlariga qarshi jang qilish uchun safarbar bo'lgan edilar. Mahluq asir tushdi. U bilan birga soxta payg'ambar ham asir olindi. Bu soxta payg'ambar mahluqning nomidan mo'jizali alomatlar ko'rsatardi. U bu alomatlari bilan mahluqning tamg'asini olgan va uning tasviriga sajda qilgan odamlarni aldagandi. Mahluqni ham, soxta payg'ambarni ham tiriklayin oltingugurt bilan yonayotgan olov ko'liga tashlashdi. Boshqalar esa ot mingan Chavandozning og'zidan chiqqan qilich bilan o'ldirildi. Hamma qushlar bo'kib qolguncha ularning go'shtidan yedi."

Xudo hech qachon urushni qo'llab-quvvatlamasligini aytish xato. Iso pasifist emas. Ba'zan urush ko'proq yovuzlikni bartaraf qilish uchun zarurdir. Agar Gitler ikkinchi jahon urushida mag'lub bo'lmaganida edi, unda necha millionlab yahudiylar yo'q qilingan bo'lar edi? Agar AQSHda fuqarolik urushi bo'lmaganida edi, afro-amerikaliklarning qanchasi yana qullikda azob chekishar edi? Biz his-tuyg'ularimizga emas, balki Muqaddas Kitobga bo'lgan imonimizning asosini yodda tutishimiz kerak (2 Timo'tiyga 3:16-17).

Voiz 3:8 da shunday deyilgan: "Yaxshi ko'rishning ham, nafratning ham o'z vaqti bor. Urushning ham, tinchlikning ham o'z vaqti bor." Ba'zi urushlar boshqalarga qaraganda ko'proq "oqlanadi", ammo bularning barchasi har doim gunohning natijasidir. Masihiy urushni xohlamasligi kerak, balki Xudo ularga bergan hokimiyatga qarshi bo'lmasligi kerak (Rimliklarga 13:1-4; 1 Butrus 2:17). Urush paytida qila oladigan eng muhim narsa bizning rahbarlarimiz uchun ilohiy donolik, askarlarimizning xavfsizligi, nizoni tezda hal qilish va nizoning har ikki tomonida ham kamroq yo'qotish uchun ibodat qilishdir (Filippiliklarga 4:6-7).

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Muqaddas Kitob urush haqida nima deydi?
© Copyright Got Questions Ministries