settings icon
share icon
Savol

Muqaddas Kitobda siz moliyangizni boshqarishingiz haqida nima deyilgan?

Javob


Muqaddas Kitob bizga moliyamizni boshqarish haqida juda ko'p ma'lumot beradi. Pul qarzi haqida bir necha bor Hikmatlar kitobida aytilgan 6:1-5; 20:16; 22:7, 26-27 ("Boy kambag'allarga hukmronlik qiladi va qarzdor, qarz beruvchining quli bo'ladi… Begona bilan qo'l tashlashma, o'zganing qarziga kafillik beradiganlarning birisi bo'lma; To'lash uchun hech narsang bo'lmasa, nega tagingdagi to'shagingni olib ketishi kerak?!) Pora berishga kelsak, biz ular haqida Hikmatlarda o'qiymiz 17:8; 18:16; 21:14; 28:21; 17:23 (Fosiq qo'ynidan pora olib adolat yo'lini o'zgartiradi). Muqaddas Kitobda boylik haqida Hikmatlarda ham aytilgan; 10:15; 11: 4; 18:11; 23:5; 28:20 (Solih barakali bo'ladi, boyishga shoshilgan jazosiz qolmaydi).

Muqaddas Kitob dangasalik haqida ham gapiradi: "Ey, tanbal, chumolilarga bir qara, ularning hatti–harakatlarini ko'rib dono bo'l. Ularning na rahbari, na nazoratchisi, na hukmdori bor. Lekin ular yozda oziq to'playdi, o'rim paytida esa don–dun yig'ishadi. Sen–chi, tanbal, qachongacha uxlaysan?! Qachon o'rningdan turasan? "Biroz uxlay, bir mizg'ib olay, yonboshlab birpas dam olay", — deysan. Shuning uchun qashshoqlik yo'lto'sarday, muhtojlik esa qaroqchiday ustingga keladi." (Hikmatlar 6:6-11). Muqaddas Kitob, boylikning behuda ekanligi haqida gapiradi Voiz 5:8 – 6:12 (5:10 da yozigan: "Buyum, narsalar ko'payganda, ularni ishlatib yuboradiganlar ham ko'payadi. Boylikning egasi faqat o'z boyligiga termulib qarashdan boshqa yana qanday foyda topadi?!") Bu shuningdek, 1 Timo'tiyga 6:6-11 da ham aytib o'tilgan. Luqo 6:38 da va 2 Korinfliklarga 9:6-15 da qurbonlik haqida o'qiymiz. "Shuni unutmangki, oz ekkan oz o'rib oladi, mo'l ekkan esa mo'l o'rib oladi. Har kim norozi bo'lib yoki majburiyat bilan emas, balki ko'nglida niyat etganini bersin. Axir, Xudo mamnuniyat bilan beradigan insonni yaxshi ko'radi" (2 Korinfliklarga 9:6-7).

Pullarni boshqarish masalasiga oid javobni Luqo 16:1-13 da topish mumkin (11 oyat e'lon qiladi: "Agar sizga bu dunyoning boyligini ishonib topshirib bo'lmasa, kim sizga haqiqiy boylikni ishonib topshiradi?!"). Ushbu mavzu bo'yicha fikr yuritish uchun, Yoqub 1:17 oyat ham mavjud. Bundan tashqari, Muqaddas Kitobda, siz xonadoningizni kerakli narsalar bilan ta'minlashingiz haqida aytilgan. Masalan, 1 Timo'tiyga 5:8 da shunday deyilgan: "Zero, o'z qarindoshlariga, xususan oila a'zolariga g'amxo'rlik qilmagan kishi imonni inkor etgan bo'ladi. U imonsizdan ham battardir."

Keling, xulosa qilaylik: Muqaddas Kitob sizning moliyangizni boshqarish haqida nima deydi? Barchasiga javobni bir so'z bilan – donolikka joylashtirish mumkin. Biz pulga nisbatan dono bo'lishimiz kerak. Biz pulni tejashimiz kerak, lekin ularni miqdori uchun saqlamasligimiz kerak. Biz Xudoga Uning hadyalarini xursandchilikda va fidokorona berishimiz kerak. Pul — bu boshqa odamlarga yordam berishning bir usuli, lekin buni to'g'ri tushunish va Muqaddas Ruhning rahbarligi ostida qilish kerak. Yuqorida aytilganlarning barchasidan boy bo'lish yomon emas degan xulosaga kelish mumkin. Pulni sevish yomon. Kambag'al bo'lish yomon emas, keraksiz narsalarga pul sarflash yomon. Biz Muqaddas Kitobda izlayotgan narsalarni topdik: pulni boshqarishning asosiy tamoyili donolikdir.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Muqaddas Kitobda siz moliyangizni boshqarishingiz haqida nima deyilgan?
© Copyright Got Questions Ministries