Muqaddas Kitob nikoh haqida nima deydi?


Savol: Muqaddas Kitob nikoh haqida nima deydi?

Javob:
Muqaddas Kitobning Ibtido 2:23-24 da nikoh qurilishi haqida shunday deyilgan: "Shunda odam aytdi: "Nihoyat, bu mening suyaklarimdan paydo bo'lgan suyakdir, Mening etimdan yaralgan etdir. U Xotin, deb atalgay, chunki u erkakdan yaratilgandir." Shuning uchun erkak kishi ota–onasidan bo'lak chiqib, xotiniga bog'lanib qoladi, ikkalasi bir tan bo'ladilar." Xudo erkakni yaratdi va keyin uni to'ldirish uchun ayolni yaratdi. Muqaddas Kitobdagi nikoh, "insonning yolg'iz qolishi yaxshi emas" (Ibtido 2:18) degan haqiqatni Xudo "tuzatadi".

Muqaddas Kitobda birinchi nikohni tasvirlaganida, Momo Havoni aniqlash uchun unga yordamchi so'zidan foydalanadi (Ibtido 2:20). "Yordam" bu yerda "o'rab olish, himoya qilish yoki yordam berish" degan ma'noni anglatadi. Xudo, Momo Havoni Odam Atoning yonida "boshqa yarmi" sifatida uning madadkori va yordamchisi bo'lish uchun yaratdi. Muqaddas Kitobda, nikoh bu erkak va ayolni "bir tan" bo'lishiga olib keladi" deb aytilgan. Bu birlik jinsiy yaqinlikning jismoniy yaqinligida to'liq namoyon bo'ladi. Yangi Ahd bu birlik haqida ogohlantirishni qo'shadi: "Bunga ko'ra, ular endi ikkita emas, balki bir tan hisoblanadilar. Xudo birga qo'shganni bandasi ajratmasin" (Matto 19:6).

Pavlusning ba'zi maktublarida nikoh va imonlilarning nikohda qanday harakat qilishlari haqida gap boradi. Ushbu parchalardan biri Efesliklarga 5:22-33. Ushbu parcha, Muqaddas Kitobda nikoh haqida gapiradigan narsalar haqida ba'zi asosiy haqiqatlarni o'rgatadi.

Muqaddas Kitobning Efesliklarga 5 da, muvaffaqiyatli Muqaddas Kitobdagidek nikohning ma'lum rollarni bajaradigan er va xotinni o'z ichiga oladi: "Ey, xotinlar, siz Rabbimiz Isoga qanday bo'ysunsangiz, erlaringizga ham shunday bo'ysuninglar. Masih imonlilar jamoatining boshi bo'lgani kabi, er ham xotinning boshidir. Masih O'z tanasi bo'lgan jamoatning Najotkoridir" (Efesliklarga 5:22-23). "Ey, erlar, Masih jamoatni yaxshi ko'rib, O'zini jamoat uchun fido qilganiday, sizlar ham xotinlaringizni shunday yaxshi ko'ringlar" (Efesliklarga 5:25). "Erlar ham o'z xotinlarini o'z tanalarini sevganday sevishlari kerak. O'z xotinini sevgan erkak o'zini sevgan bo'ladi. Hech kim hech qachon o'z tanasini yomon ko'rmaydi. Aksincha, uni oziqlantirib, parvarish qiladi. Masih ham O'z jamoatini xuddi shunday oziqlantirib, parvarish qiladi" (Efesliklarga 5:28-29). "Muqaddas Bitiklarda shunday yozilgan: "Shuning uchun erkak kishi ota–onasidan bo'lak chiqib, xotiniga bog'lanib qoladi, ikkalasi bir tan bo'ladilar" (Efesliklarga 5:31).

Imonli er va xotin Muqaddas Kitobdagi Xudoning nikoh tamoyillarini o'rnatganlarida, mustahkam, sog'lom nikoh paydo bo'ladi. Muqaddas Kitob Masihni, erkak va xotinning boshi sifatida tutadi. Muqaddas Kitobdagi nikoh tushunchasi, Masihning jamoat bilan birligini anglatuvchi er va xotin o'rtasidagi birlikni o'z ichiga oladi.

English


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Muqaddas Kitob nikoh haqida nima deydi?