Savol
Muqaddas Kitobda abort haqida nima deyilgan?
Javob
Muqaddas Kitob, ayniqsa, abort haqida gapirmaydi. Ammo shunga qaramay, U abortga nisbatan Xudoning aniq vaziyatni belgilaydigan ko'plab bayonotlarga ega. Yeremiyo 1:5 da, Xudo bizni bachadonda shakllanishimizdan ham avval biladi. Zabur 138:13-16da bachadonda biz paydo bo'lishimiz va shakllanishimizda Xudoning ishtiroki haqida gapiradi. Chiqish 21:22-25, onaning bachadonida bolaning o'limini keltiradigan odam qotillik kabi qattiq jazolanishi kerakligini ta'kidlaydi. Bu bizga, Xudo bachadondagi bolaning hayotini kattalar hayoti bilan bir xil deb hisoblashini aniq ko'rsatib beradi. Masihiylar uchun abort qilish, ayolning tanlov huquqini qo'llashi mumkin bo'lgan fursat emas. Bu insonning hayoti va o'limi masalasidir, uning taqdiri faqat Xudo oldindan belgilash huquqiga ega (Ibtido 1:26-27; 9:6).
Abortga nisbatan masihiy harakatiga qarshi birinchi doimiy e'tiroz ushbu savolda ifodalanadi, "Zo'rlangan yoki qarindoshlikdagi jinsiy aloqa natijasida bo'lgan homiladorlik haqida nima deyish mumkin?" Ayolning zo'rlanishi yoki qarindosh bilan jinsiy aloqadan keyin homilador bo'lib qolishining dahshatliligi — bu abort qilish, bolani o'ldirishmi? Yomonlikka yomonlik emas! Zo'rlanish va qarindoshlik jinsiy aloqalari natijasida yorug' dunyoga kelgan bolalarni, bolasi bo'lmaydigan hurmatli oila tarbiyasiga berilishi yoki ona o'zining tarbiyasiga olishi mumkin. Shunga qaramay, bola ota-onasining vahshiyligi uchun jazolanmasligi kerak.
Ikkinchi dalil onaning hayoti xavf ostida bo'lgan holatlar bilan bog'liq. Rostini aytganda, bu abort qilish bilan bog'liq eng qiyin savol. Avvalo, shuni eslaymizki, shular sababli amalga oshirilgan abortlar barcha qilinganlarning o'ndan biridan kamroq qismidir. Afsuski, abort qiladigan bunday ayollar juda ko'p, chunki ular homiladorlik salomatligiga tahdid solishidan ko'ra, o'z tanasining "buzilishni" istamaydilar. Shuni unutmangki, bizning Xudoyimiz mo''jizalar yaratishga qodir. U shifokorlarning barcha ko'rsatmalariga qaramay, ona va bolaning hayotini himoya qila oladi. Oxir-oqibatda, bu masala faqat er, xotin va Xudo o'rtasida hal qilinishi kerak. Bunday vaziyatga duch kelgan har bir juftlik Xudoga ibodat qilishlari kerak, shunda U ularga xohlagan narsani qilish uchun donolikni beradi (Yoqub 1:5).
Aslida, yer yuzidagi abortning 94% homilador onaning hayotiga tahdiddan ko'ra, butunlay boshqacha sabablarga ko'ra amalga oshiriladi. Ushbu holatlarning aksariyati ota-onalarning bola tug'ilishini odatiy istamasligi bilan bog'liq. Bu eng katta yovuzlik! Hatto murakkab 6% ham, abort qilish uchun yagona yo'l sifatida qaralmasligi kerak. Onaning bachadonidagi bolaning hayoti, shubhasiz, uni to'xtatishi va saqlab qolinishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishga arziydi.
Abort qilib bo'lganlar uchun esa, biz qanday bo'lishidan qat'iy nazar, bu gunoh qolgan gunohlar bilan bir xil tarzda kechirilishi mumkinligini aytmoqchimiz. Barcha gunohlar Masihga bo'lgan imon orqali kechirilishi mumkin (Yuhanno 3:16; Rimliklarga 8:1; Kolosaliklarga 1:14). Hamda, abort qilishga qaror qilgan ayol va uni shunga majburlagan odam va uni qilgan shifokor-ularning hammasi kechirilishi mumkin, lekin faqat Iso Masihga bo'lgan haqiqiy imon orqali.
English
Muqaddas Kitobda abort haqida nima deyilgan?