settings icon
share icon
Savol

Muqaddas Kitobda xatolar, ziddiyatlar yoki tafovutlar mavjudmi?

Javob


Agar biz Muqaddas Kitobni noyob ma'noda o'qisak, xatolarini topish uchun oldindan xulosa qilmasak, biz bu kitobni ketma ketlikgi, izchilligi va nisbatan oson tushunarli ekanligini topamiz. Ha, qiyin o'tishlar bor. Ha, qarama-qarshi ko'rinadigan oyatlar bor. Esda tutishimiz kerakki, Muqaddas Kitobni taxminan 1500 yil davomida, taxminan 40 tadan ortiq turli mualliflar yozgan. Har bir yozuvchi turli maqsadlar uchun turli xil nuqtai nazar bilan har hil auditoriya uchun yozgan. Biz ba'zida kuchli farqlar kutmoqdamiz. Biroq, farqlanish ziddiyat emasdir. Oyatlarni yoki parchalarni moslashtirish uchun mutlaqo hech qanday yo'l yo'q bo'lsa, bu faqat xato. Javob hozircha mavjud bo'lmasa ham bu javob yo'q degani emas. Ko'pchilik Muqaddas Kitobning tarix va geografiyaga aloqador hisoblangan xatoligini topdi, faqatgina qo'shimcha arxeologik dalillar topilgach, Muqaddas Kitob haqiqat ekanligi bilib olindi. Biz tez-tez quyidagicha savollarga duch kelamiz: "Bu oyatlar qanday qarama-qarshilik ko'rsatmasligini tushuntirib bering!" yoki "mana qarang Muqaddas Kitobning xatosi bor ekan!" Shubhasiz, odamlar ko'tarayotgan ba'zi bir savollarga javob berish qiyin. Shunga qaramay, biz har bir Muqaddas Kitobdagi qarama-qarshilik va xatolarga ijobiy va intellektual jihatdan to'g'ri javob berish mumkinligini ta'kidlaymiz. "Muqaddas Kitobdagi barcha xatolarni" ko'rsatayotgan kitoblar va veb-saytlar mavjud. Aksariyat odamlar faqat u bu joylardan olishadi; ular o'zlari tomonidan da'vo qiladigan xatolarni topa olmaydilar. Bu da'vo qilingan xatolarning har biri, rad etadigan kitoblarda va veb-saytlarda mavjud. Eng achinarlisi, Muqaddas Kitobga qarshilik qilganlarning aksariyatiga, albatta, aslida javob olish qiziqtirmaydi. Ko'plab "Muqaddas Kitobga qarshi bo'lganlar" hatto bu javoblar haqida ham bilishadi, biroq ular yana bir bor eski va kichik ko'lamdagi hujumlarni qo'llashda davom etishmoqda.

Xo'sh, kimdir bizga taxminan Muqaddas kitobdagi xatolari bilan yaqinlashganda, biz nima qilishimiz kerak? 1) Ibodat bilan Muqaddas Kitobni o'rganing va oddiy yechim bor yoki yo'qligini tekshiring. 2) Muqaddas Kitobdagi ba'zi ajoyib sharhlar, "Muqaddas Kitob himoyasi" kitoblari va Muqaddas Kitob tadqiqotlarining veb-saytlari orqali ba'zi tadqiqotlarni o'tkazib ko'ring. 3) Bizning cho'ponlarimizdan / jamoat boshqaruvchilaridan javob topa olishlarini ayting. 4) Agar keyingi bosqichlarda aniq javob bo'lmasa 1), 2) va 3) biz, Xudoning Kalomi haqiqat ekanligiga va faqat haligacha amalga oshirilmagan yechim borligiga ishonamiz (2 Timo'tiyga 2:15, 3:16-17).

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Muqaddas Kitobda xatolar, ziddiyatlar yoki tafovutlar mavjudmi?
© Copyright Got Questions Ministries