settings icon
share icon
Savol

Muqaddas Kitobda harbiy xizmat qiluvchi masihiylar haqida nima deyilgan?

Javob


Muqaddas Kitobda harbiy xizmatda xizmat qiluvchilar haqida juda ko'p ma'lumot mavjud. Axborotning katta o'xshashligi sifatida xizmat qilsa-da, ba'zi oyatlar bu masalani bevosita ko'rib chiqadi. Yo'q, Muqaddas Kitob aniq aytmaydi: Sen harbiy xizmat qilishing kerak!" lekin, boshqa tomondan, "sen xatbiy xizmat qilmasliging kerak", ham demaydi. Nima bo'lishidan qat'iy nazar, masihiylarning harbiy xizmati Muqaddas Kitobda juda qadrli va Muqaddas Kitob dunyoqarashiga to'liq mos kelishiga amin bo'lishlari mumkin. Elam shohi Kado'rlamar va uning ittifoqchilari Ibrohimning jiyani Lutni o'g'irlab ketishganida, Eski Ahdda harbiy xizmatning birinchi misolini topamiz (Ibtido 14bob). Ibrohim, Lutga yordamga kelib, 318 ta o'qimishli odamini uyidan to'plab, dushman qo'shinlarini mag'lub qildi. Keyinchalik, Isroil xalqi muntazam harbiy qo'shinni tashkil etdi. Xudo, samoviy jangchi bo'lganligi va harbiy kuchidan qat'iy nazar, O'z xalqini himoya qilgani, Isroilda bu juda kech paydo bo'lishiga sabab bo'lishi mumkin edi. Doimiy harbiy xizmatning rivojlanishi faqat Shoul, Dovud va Sulaymonning kuchli, markazlashtirilgan siyosiy tizimni yaratganidan keyin sodir bo'ldi. Shoul uni birinchi bo'lib shakllantirgan (1Shohliklari 13:2; 24:2; 26:2). Shunga qaramay, harbiy xizmatdagi askarlar uylaridan shaxsiy oziq-ovqat va boshqa kerakli narsalar bilan ta'minlandi (1 Shohliklari 17:17-19). Dovud Shoul boshlagan ishni davom ettirdi. U harviy xizmatni kengaytirdi, unga sodiq bo'lgan boshqa hududlardan yollanma qo'shinlarni joriy qildi (2 Shohlik 15:19-22), va u har bir qo'shinni lashkarboshiga berdi (Loav). Dovud boshchiligida, Isroil, Ammon kabi qo'shni davlatlarni o'zlashtirib, hujumga qarshi harbiy siyosatida yana ham tajovuzkor bo'ldi (2 Shohlar 11:1; 1 Solnomalar 20:1-3). Dovud, yiliga bir oy xizmat qiluvchi 24 ming kishidan tashkil topgan 12 guruhdan tuzilgan harbiy tuzilmalar tizimini o'rnatdi (1 Solnomalar 27). Sulaymonning hukmronligi tinchlik davri bo'lsa-da, u qo'shinni yanada kengaytirib, aravalar va chavandozlarni qo'shib qo'ydi (3 Shohlar 10:26). Sulaymon vafotidan keyin muntazam armiya shohlik bilan birga bo'linishiga qaramasdan, Isroil miloddan avvalgi 586 yilgacha, siyosiy davlat sifatida mavjud bo'lishni to'xtatgan.

Rim yuzboshisi (yuzlab askarni boshqaradigan boshliq) Uning yoniga kelganida Iso hayratga tushdi. Yuzboshining Isoga bergan javobi, Masihning hokimiyatini va Unga bo'lgan ishonchni so'zsiz qabul qilishiga ishora qildi (Matto 8:5-13). Iso, uning faoliyatini hukm qilmadi. Yangi Ahdda tilga olingan ko'plab yuzboshilar masihiylar, xudojo'y va mehribon odamlar deb ataldi (Matto 8:5, 8, 13; 27:54; Mark 15:39, 44-45; Luqo 7:2, 6; 23:47; Havoriylar 10:1, 22; 21:32; 22:25-26; 23:17, 23; 27: 1, 6, 11, 31, 43; 28:16). O'sha paytlarda harbiy xizmat juda sharaflandi. Masalan, Pavlus Epafroditni "sherik", ya'ni o'rtada bo'lgan do'st deb atadi (Filippiliklarga 2:25). Muqaddas Kitob, shuningdek, masihiylar Xudoning kiyib olgan qurol-aslahalarining kuchini tasvirlash uchun harbiy atamalardan foydalanadi (Efesliklarga 6:10-20).

Tarix davomida joylar va unvonlar o'zgardi, lekin bizning qurolli kuchlarimiz Muqaddas Kitobdagi yuzboshilar kabi bir xil qo'llab-quvvatlovchi munosabatga loyiqdir. O'z mamlakatiga sharaf va qadr-qimmat bilan xizmat qiladigan masihiylar, Xudo ularning fuqarolik burchini tasdiqlashi va hurmat qilishiga ishonch hosil qilishlari mumkin. Qurolli kuchlarimizdagi xizmatchilar hurmat va minnatdorchilikka loyiq.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Muqaddas Kitobda harbiy xizmat qiluvchi masihiylar haqida nima deyilgan?
© Copyright Got Questions Ministries