settings icon
share icon
Savol

Ming yillik Shohlik nima va uni to'liq tushunish kerakmi?

Javob


Ming yillik shohlik Iso Masihning yer yuzidagi 1000 yillik hukmronligining nomidir. Ba'zilar 1000 yilni majoziy tarzda talqin qilishga harakat qilishadi. Ba'zilar 1000 yilni tom ma'noda, faqat Iso Masihning yer yuzidagi jisman hukmronligini emas, balki "uzoq vaqt davri" deb majoziy usuli sifatida tushunadilar. Biroq, Vahiy 20:2-7 da olti marta ming yillik shohlikning 1000 yil davom etishi haqida aytiladi. Agar, Xudo "uzoq vaqt" haqida xabar berishni istasa, U aniq vaqt oralig'ini aniq va takroriy eslatib o'tmasdan, buni osonlik bilan amalga oshirishi mumkin edi.

Muqaddas Kitob, Masih yerga qaytib kelganida, U Dovud taxtiga o'tirib, Quddusdagi shoh sifatida O'zini namoyon qiladi deb aytadi (Luqo 1:32-33). Shubhasiz, ahdlar shohlikni o'rnatish uchun Masihning jisman qaytib kelishini talab qiladi. Ibrohimning ahdi Isroilga yurtini, avlodini, hukmdorligini va ruhiy marhamatni va'da qildi (Ibtido 12:1-3). Falastin ahdi, Isroilga yerlarini tiklash va bu yerni bosib olishni va'da qildi (Qonunlar 30:1-10). Dovudning ahdi, Isroilga kechirim – bu xalqga qut-baraka keltirishini va'da qildi.

Qachonki Isroil xalqi butun xalqlardan yana qayta birga yig'ilganida, ikkinchi marta qayta kelganida, bu ahdlar amalga oshadi (Matto 24:31), o'zgartiriladi (Zakariyo 14:10-11) va Qutqaruvchi Iso Masihning hokimiyati ostida yer yuzi qayta tiklanadi. Muqaddas Kitobda ming yillik davrda mukammal jismoniy va ruhiy muhit sifatidagi shartlar haqida gapiradi. Bu tinchlik vaqti bo'ladi (Mixo 4:2-4; Ishayo 32:17-18), quvonch (Ishayo 61:7-10), bekamu ko'st hayot (Ishayo 40:1-2) va hech qanday qashshoqlik yoki kasallik yo'q bo'ladi (Amos 9:13-15; Yo'el 2:28-29). Muqaddas Kitobda aytilishicha, faqat imonlilar ming yillik shohlikka kiradilar. Shuning uchun bu to'liq solihlikning vaqti bo'ladi (Matto 25:37; Zabur 24:3-4), Shuning uchun bu to'liq solihlik (Matto 25:37; Zabur 24:3-4), itoatkorlik (Eremiyo 31:33), muqaddaslik (Ishayo 35:8), haqiqat (Ishayo 65:16), va Muqaddas Ruhning to'liqligi davri bo'ladi (Yo'el 2:28-29). Masih shoh sifatida hukmronlik qiladi (Ishayo 9:3-7; 11:1-10), Dovud bilan hokim sifatida shohlik qiladi (Eremiyo 33: 15-21; Amos 9:11). Zodagonlar va hukmdorlar ham hukmronlik qiladilar (Ishayo 32:1; Matto 19:28) va Quddus esa dunyoning siyosiy markazi bo'ladi (Zakariyo 8:3).

Vahiy 20:2-7 da ming yillikni shohlikning aniq vaqtini beradi. Hatto ushbu oyatlarsiz ham, Masihning yer yuzida tom ma'nodagi hukmronligiga ishora qiluvchi son-sanoqsiz boshqa narsalar ham bor. Xudoning ko'plab ahdlarini va va'dalarini bajarish, tom ma'nodagi jisman kelajakdagi shohligiga asoslanadi. 1000 yil davom etadigan ming yillik shohlikning tom ma'nodagi talqinini inkor etish uchun hech qanday asos yo'q.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Ming yillik Shohlik nima va uni to'liq tushunish kerakmi?
© Copyright Got Questions Ministries