settings icon
share icon
Savol

Masihning hukmi nima?

Javob


Rimliklarga 14:10-12 da aytadi, "Axir, hammamiz Xudoning hukm kursisi oldida turib, javob beramiz–ku!... Demak, har birimiz Xudoning oldida o'zimiz uchun javobgarmiz." Ikkinchi Korinfliklarga 5:10 da bizga aytadi, "Chunki har birimiz Masihning hukm kursisi oldida hozir bo'lishimiz kerak. Shunda har birimiz, xoh yaxshi ishlar bo'lsin, xoh yomon, qilganlarimizga yarasha mukofot yoki jazo olamiz." Shu nuqtai nazardan, har ikkala oyat ham imonsizlarga emas, balki masihiylarga tegishli. Shunday qilib, Masihning hukmi, Masihga o'z hayoti haqida hisobot beradigan imonlilarni o'z ichiga oladi. Masihning hukm kursisi najotni aniqlamaydi; bu biz uchun Masihning qurbonligi (1 Yuhanno 2: 2) va Unga bo'lgan imonimiz bilan belgilandi (Yuhanno 3:16). Barcha gunohlarimiz kechirilgan va biz ular uchun hech qachon hukm qilinmaymiz (Rimliklarga 8:1). Biz Masihning hukmini, Xudo bizning gunohlarimizni hukm qiladigan o'rinda emas, balki bizni hayotimiz uchun mukofotlaydigan Xudo deb qarashimiz kerak. Ha, Muqaddas Kitobda aytilganidek, biz o'zimiz haqimizda hisobot berishimiz kerak. Buning bir qismi, biz qilgan gunohlarimiz uchun javobdir. Biroq, bu Masihning hukmining asosiy maqsadi bo'lmaydi.

Masihning hukmi oldida imonlilar Masihga sodiqlik bilan xizmat qilganlari uchun mukofot oladilar (1 Korinfliklarga 9:4-27; 2 Timo'tiyga 2:5). Biz hukm qilinishimiz mumkin bo'lgan ba'zi narsalar — bu buyuk topshiriqqa qanchalik rioya qilganimiz (Matto 28:18-20), qanday qilib gunoh ustidan galaba qilishimiz (Rimliklarga 6:1-4) va tillarimizni qanchalik yaxshi nazorat qilganimizga bog'liq (Yoqub 3:1-9). Muqaddas Kitobda aytilishicha, imonlilar Masihga qanday sodiqlik bilan xizmat qilganligiga qarab turli narsalar uchun toj olishadi (1 Korinfliklarga 9:4-27; 2 Timo'tiyga 2:5). Turli tojlar haqida 2 Timo'tiyga 2:5, 2 Timo'tiy 4:8, Yoqub 1:12, 1 Butrus 5:4 va Vahiy 2:10 da tasvirlangan. Yoqub 1:12 da Masihning hukmi haqida qanday fikr yuritishimiz kerakligi haqida qisqacha ma'lumot berilgan: "Sinovlarga bardosh bergan odam baxtlidir. Chunki u sinovdan o'tgach, hayot toji bilan taqdirlanadi. Bunday tojni Xudo O'zini sevganlarga va'da qilgan."

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Masihning hukmi nima?
© Copyright Got Questions Ministries