Savol
Muqaddas Kitob shifo haqida nima deydi? Masihning qutqarishi shifo beradimi?
Javob
Payg'ambar Ishayo 53:5 kitobidan olingan matn, keyinchalik 1 Butrus 2:24 da, bazi odamlar noto'g'ri tushungan va foydalangan shifo haqidagi asosiy oyatdir: "U esa bizning gunohlarimizni deb yarador bo'ldi, Bizning ayblarimiz tufayli ezildi. Bizga tinchlik keltiradigan jazo unga tushdi, Uning yaralari bizga shifo berdi." "Shifo berdi" deb tarjima qilingan so'z, bu ruhiy va jismoniy shifoni anglatadi. Biroq, har ikkala oyatning mazmuni ham ruhiy shifo haqida aniq ma'lumot beradi. 1Butrus 2:24 deydi: "U gunohlarimizni O'ziga oldi, a'zoi badani xochda azob chekdi. Shu tufayli biz gunoh uchun o'lganmiz va solih hayot kechira olamiz. Uning yaralaridan biz shifo topdik." Ushbu matnda kasallik emas, balki gunoh va solihlik haqida gapiradi. Shunday qilib, "shifo topdi" degani, jismonan shifo emas, balki kechirilish va qutqarilish demakdir.
Muqaddas Kitobda, jismoniy shifolanish bilan ruhiy shifolanish bir-biriga bog'liq emas. Ko'pincha odamlar Masihga kelib, jismonan sog'lom bo'lishdi, lekin bu majbur emas. Ba'zan shifo uchun Xudoning irodasi bor, ba'zan esa yo'q. Havoriy Yuhanno bizga kerakli yo'nalishni ko'rsatadi: "Biz abadiy hayotga ega bo'lganimiz uchun Xudoning huzurida dadil bo'lamiz, chunki Xudoning irodasiga ko'ra nimani so'rasak, U bizga quloq tutishini bilamiz. Xudo ibodatlarimizga quloq tutar ekan, demak, ibodatlarimizga javob olganimizga to'liq ishonch hosil qilamiz" (1 Yuhanno 5:14-15). Xudo mo"jizalar qilishda davom etmoqda. Xudo odamlarni shifolashda davom etmoqda. Ammo bu dunyoda kasalliklar, og'riq va o'lim hali ham mavjud. Agar, Xudo keyingi 50 yilda qaytmasa, bugungi kundagi deyarli har bir kishi va ularning aksariyati (jumladan, masihiylar) sog'liq muammolari (kasalliklar va jarohatlar) natijasida o'ladi. Nihoyat, bizning jismoniy shifoimiz bizni osmonda kutmoqda. Endi u yerda og'riq, kasallik, dard, azob-uqubat va o'lim bo'lmaydi (Vahiy 21bob). Biz har birimiz jismoniy holatga qaraganda ruhiy holatga ko'proq e'tibor qaratishimiz kerak (Rimliklarga 12:1-2). Shunday qilib, biz jismoniy muammolarga emas, balki qalbimizga e'tibor qaratishimiz mumkin: "Xudo ularning ko'zidagi har bir tomchi yoshni artib qo'yadi. Endi o'lim mavjud bo'lmaydi, Hech kim qayg'urmaydi, yig'lamaydi, azob chekmaydi. Zero, avvalgilar o'tib ketdi" (Vahiy 21:4).
English
Muqaddas Kitob shifo haqida nima deydi? Masihning qutqarishi shifo beradimi?