settings icon
share icon
Savol

Masihiylar jismoniy mashqlar qilishlari kerakmi? Muqaddas Kitobda sog'liq haqida nima deyilgan?

Javob


1Timo'tiyga 4:8 da, bizga shunday deyilgan: "Axir, shunday bir maqol bor–ku: "Jismoniy mashq tana uchun foyda berar, xudojo'ylik esa har tomonlama foyda keltirar, u dunyoyu bu dunyoda hayot baxsh etar". E'tibor bering, bu oyat jismoniy mashqlar umuman kerak emasligini aytmaydi. Muhimi, ustuvor foydali narsa xudojo'ylik hisoblanadi. Eng muhimi, eng yuqori darajada foydali bo'lgan xudojo'ylik haqida gap ketyapti. Havoriy Pavlus 1 Korinfliklarga 9:24-27da ham ruhiy haqiqat nuqtai nazaridan jismoniy mashqlar haqida gapiradi: "Bilasizlar–ku, musobaqada ko'p yuguruvchilar qatnashadi, ammo faqat bir kishi yutib, mukofot oladi. Sizlar ham shunday yuguringki, mukofotni qo'lga kiritinglar. Axir, musobaqada qatnashadigan odam o'z nafsini tiyib, tartib– intizom bilan mashq qiladi–ku! Ular so'lib qoladigan toj olish uchun shunday qiladilar, biz esa boqiy toj olish uchun harakat qilamiz. Shuning uchun men maqsadsiz yugurmayman, kurashganimda zarbalarim aniq bo'ladi. Tanamni chiniqtirib, uni o'z ixtiyorimga bo'ysundiraman, toki boshqalarga Xushxabarni va'z qilib turib, o'zim mukofotga noloyiq bo'lib qolmayin." 2 Timo'tiyga 2:5 da shunday deyilgan: "Shuningdek, musobaqada qatnashgan kishi qoidaga rioya qilmasa, g'alaba tojini kiymaydi." 2 Timo'tiyga 4:7: "Men ulug' kurashda jang qildim, zimmamdagi vazifani oxiriga yetkazdim, Xushxabarga sodiq qoldim."

Yuqorida aytilganlardan so'ng, masihiylarning jismoniy mashqlarida hech qanday yomon narsa yo'qligini ta'kidlash mumkin. Bundan tashqari, Muqaddas Kitobda, biz o'z tanamizni kuzatishimiz kerakligini aytyapdi (1 Korinfliklarga 6:19-20). Efesliklarga 5:29 bizga eslatadi: "Hech kim hech qachon o'z tanasini yomon ko'rmaydi. Aksincha, uni oziqlantirib, parvarish qiladi." Muqaddas Kitob, bizga ochko'zlikdan (Qonunlar 21:20; Hikmatlar 23:2, 2 Butrus 1:5-7; 2 Timo'tiyga 3:1-9; 2 Korinfliklarga 10:5) va mag'rurlik (1 Shohlik 16:7; Hikmatlar 31:30; 1 Butrus 3:3-4) qochish uchun bir necha marta maslahat beradi. Muqaddas Kitobda sog'liq haqida nima deyilgan? U shunday deydi: sog'lom bo'ling! Bunga qanday erishish mumkin? O'rtacha jismoniy mashqlar va to'g'ri ovqatlanish, bu Muqaddas Kitobning sog'liq haqidagi andozasi hisoblanadi.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Masihiylar jismoniy mashqlar qilishlari kerakmi? Muqaddas Kitobda sog'liq haqida nima deyilgan?
© Copyright Got Questions Ministries