Masihiylar davlat qonunlariga bo'ysunishi kerakmi?


Savol: Masihiylar davlat qonunlariga bo'ysunishi kerakmi?

Javob:
Rimliklarga 13:1-7 oyatlarda aytiladi: "Har bir inson o'zining ustidan hukmron bo'lgan hokimiyatga bo'ysunsin. Chunki Xudo buyurmagan hokimiyat yo'q, mavjud bo'lgan har bir hokimiyatni esa Xudo tayin etgan. Shuning uchun hokimiyatga qarshilik ko'rsatgan odam Xudo o'rnatgan tartibga qarshi chiqqan bo'ladi. Qarshilik qiluvchilar esa o'zlarini o'zlari hukmga duchor qiladilar. Yaxshilik qilganlar emas, yomonlik qilganlar hukmronlardan qo'rqishlari kerak. Hokimiyatdan qo'rqmaslikni istaysanmi? Unda yaxshilik qilib yur, shunda boshliqning maqtoviga sazovor bo'lasan. Chunki boshliqlar odamlarning manfaati uchun Xudoning xizmatidadirlar. Yomon ish qilayotgan bo'lsang, qo'rqqin, chunki jazo berish qudrati boshliqlarga bekorga berilmagan. Ular yomonlik qiluvchilarga jazo berib, Xudoning g'azabini ko'rsatadigan Xudoning xizmatkorlaridir. Shuning uchun faqatgina g'azabga duchor bo'lmaslik niyatida emas, balki vijdon haqi ham boshliqlarga bo'ysunish kerak. Mana shu sababdan soliq ham to'lash lozim. Chunki amaldorlar o'z vazifalarini bajarib, Xudoga xizmat qiladilar. Ularga nima tegishli bo'lsa, shuni bering: soliq yig'uvchiga — soliq, boj oluvchiga — boj, obro'ga loyiq bo'lganga — obro', hurmatu ehtiromga loyiq bo'lganga — hurmat–ehtirom."

Ushbu parcha savolga mutlaqo aniq javob beradi. Biz, Xudo bizga qo'ygan hukumatga bo'ysunishimiz kerak. Xudo tartibni o'rnatish, yomonliklarni jazolash va adolatni mustahkamlash uchun hukumatlarni o'rnatgan (Ibtido 9:6; 1 Korinfliklarga 14:33; Rimliklarga 12:8). Biz hukumatning hamma narsasiga bo'ysunishimiz kerak – soliq to'lash, qoidalar va qonunlarga rioya qilish, hurmat ko'rsatish va h. k. Agar biz buni qilmasak, oxir-oqibatda Xudoga hurmatsizlik qilamiz, chunki U bizning ustimizdan hukumat tuzgan Zot. Havoriy Pavlus Rimliklarga maktub yozganida, Neron hukmronligi davrida, ehtimol, barcha Rim imperatorlarining eng shafqatsizi bo'lgan paytda Rimda qamoqqa olingan edi. Shunga qaramay, Pavlus unga qarshi turgan hukumatni tan oldi. Qanday qilib biz boshqacha yo'l tutishimiz mumkin?

Keyingi savol: "masihiy qonunni buzishi mumkin bo'lgan istisnolar bormi?" Ushbu savolning javobini Havoriylar 5:27-29 oyatda topish mumkin: "Ular havoriylarni olib kelib, Oliy kengash oldida turg'izib qo'ydilar. Oliy ruhoniy ularni so'roqqa tutdi: — Biz sizlarga, bu Odamning nomi bilan ta'lim bermanglar, deb qat'iy ta'qiqlamaganmidik?! Axir, nima qilib qo'ydingizlar? Butun Quddus bo'ylab ta'limotingizni yoyib yubordingizlar–ku! Bu Odamning qonini bizning gardanimizga yuklayapsizlar! Ammo Butrus bilan havoriylar shunday javob berdilar: — Biz insonga emas, Xudoga itoat etishimiz lozim." Shundan kelib chiqqan holda, biz qonun Xudoning qonuniga zid bo'lmaguncha, biz itoat qilishimiz kerak degan xulosaga kelishimiz mumkin. Agar davlat qonuni ilohiy ko'rsatmalarga zid bo'lsa, biz unga ergashmasligimiz kerak, balki Xudo Qonuniga amal qilishimiz kerak. Shunga qaramay, hatto bu holatda ham bizning ustimizdan davlat hokimiyatining mavjudligi haqiqatini qabul qilishimiz kerak. Bu, Butrus va Yuhanno qamchilashga qarshi norozilik bildirishmadi, lekin ular Xudoga bo'ysunish uchun azob chekishganiga xursand bo'lishganini tasdiqlaydi (Havoriylar 5:40-42).

English


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Masihiylar davlat qonunlariga bo'ysunishi kerakmi?