settings icon
share icon
Savol

Masihiylar tushlarni qanday talqin qilishadi? Bizning tushlarimiz Xudodanmi?

Javob


GotQuestions.org -bu tushlarni talqin qilish xizmati emas. Biz tushlarni tushuntirmaymiz. Biz inson tushlari va ularning ahamiyatini, Egamiz Xudo va har bir insonning alohida sohasi ekanligiga qat'iy ishonamiz. Xudo tushlar orqali bizga gapirish to'g'rimi? Muqaddas Kitobda biz, Xudo tush orqali odamlarni bir necha bor chaqirgani haqidagi tasdiqlarni topamiz. Misol uchun, Yoqubning o'g'li Yusufni (Ibtido 37:5-10), Sulaymonni (3 Shohliklar 3:5-15), Maryamning eri Yusuf (Matto2:12-22) va boshqa shunga o'xshash holatlar (Doniyor 2:1; 7:1; Matto 27:19). Shuningdek, Yo'el payg'ambarning bashorati ham bor (Yo'el 2:28), havoriy Butrus Havoriylar 2:17 oyatda aytib o'tganidek, Xudo tushlaridan foydalanishi haqida gapiradi. Shunday qilib, javob oddiy- bu ha, Xudo qila oladi va bundan tashqari, tushlar orqali biz bilan gaplashadi.

Biroq, bu haqiqat nimani anglatishini va bugungi kunda qanday qo'llanilishi o'rtasidagi farq bor. Biz bir narsani yodda tutishimiz kerak – Muqaddas Kitob mukammal va bizga kerak bo'lgan barcha bilimlarni o'z ichiga oladi. Xudo endi mo"jizalar qilmaydi va tushlar orqali biz bilan gaplashmaydi, deb aytish mumkin emas. Farqi shundaki, U Muqaddas Kitobda insoniyat bilan bo'lgan munosabatlarining asl mohiyatini bizga ochib bergan. Xudo, bizga tushda, vahiyda yoki "vijdonimiz ovozi" orqali aytilgan hamma narsalar, Muqaddas Kitobda allaqachon oshkor qilingan narsalarga to'liq mos keladi. Tushlar, asosiy hokimiyat va haqiqat manbai emas. Ammo, agar Xudo odamga tush orqali murojaat qilgan bo'lsa, bu xabar albatta, qarama-qarshilik qilmaydi va bundan tashqari, Uning So'zlarining yozuvlari bilan mukammal darajada kelishiladi. Egamizga bo'lgan imonimizga ko'ra, Muqaddas Kitobning ishonchliligi va haqiqiyligi, Xudo tushlarimiz orqali doimo va muntazam ravishda bizni chaqirishi mumkin emas. Ammo, ayni paytda, biz bu imkoniyatni qat'iyan rad etolmaymiz, chunki biz buni Muqaddas Kitobda tasdiq'ini topamiz.

Agar siz tush ko'rgan bo'lsangiz va siz Xudo tomonidan yuborilgan bo'lishi mumkinligini his qilsangiz, tushingizda eshitgan yoki ko'rgan narsalarni diqqat bilan tekshirib ko'ring va uni Muqaddas Kitobga zid kelmasligiga ishonch hosil qiling. Agar shunday bo'lsa, Xudo sizning tushingizga ko'ra sizdan nimani xohlashini bilib oling (Yoqub 1:5). Muqaddas Kitobdagi har bir holatda, Xudodan bo'lgan tushlarning xabarlari, tushning to'g'ridan-to'g'ri odamga, farishta orqali yoki elchi orqali yuborilganligiga qaramasdan, tushning ma'nosi aniq va ravshan edi (Ibtido 40:5-11; Doniyor 2:45; 4:19). Agar Xudo bizga gapirsa, Uning xabarini tushunish uchun hamma narsani qiladi.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Masihiylar tushlarni qanday talqin qilishadi? Bizning tushlarimiz Xudodanmi?
© Copyright Got Questions Ministries