Masihiy ro'za – bu haqida Muqaddas Kitob nima deydi?


Savol: Masihiy ro'za – bu haqida Muqaddas Kitob nima deydi?

Javob:
Muqaddas Yozuvda masihiylarga ro'za tutish buyurilmaydi. Xudo ro'zani talab qilmagan va buni masihiylardan talab qilmaydi. Shu bilan birga Muqaddas Kitob ro'za tutushning yaxshi, foydali va samarali ekanligini ko'rsatadi. Havoriylar Kitobida imonlilar muhim qarorlar qabul qilinishidan oldin ro'za tutishgani yozilgan (Havoriylar 13:2,14:23). Ro'za va ibodat ko'pincha bir-biriga bog'liq (Luqo 2:37; 5:33). Ko'pincha ochlikka e'tibor oziq-ovqat yetishmasligidan kelib chiqadi. Buning o'rniga, ro'za tutishning maqsadi, bu dunyodagi narsalardan ko'zlarini butunlay Xudoga qaratishdir. Ro'za — bu Xudoga va o'zimizga U bilan bo'lgan munosabatlarimizning jiddiy ekanligini ko'rsatishning bir usuli. Ro'za bizga yangi nuqtai nazarni va Xudoga bo'lgan yangi imonni ochishga yordam beradi.

Muqaddas Kitobda ro'za tutish deyarli har doim oziq-ovqatdan tiyilish bo'lsada, ro'za tutishning boshqa yo'llari ham mavjud. Barcha diqqatimizni Xudoga qaratish uchun vaqtincha qoldirilgan har bir narsa ro'za deb hisoblanishi mumkin (1 Korinfliklarga 7:1-5). Ro'za, ayniqsa, ovqatdan tiyilishda, belgilangan vaqt bilan cheklangan bo'lishi kerak. Oziq-ovqatsiz uzoq vaqt davom etsa, tana uchun zararli bo'lishi mumkin. Ro'za tanani jazolash uchun emas, balki e'tiborni Xudoga yo'naltirish uchun mo'ljallangan. Ro'zaga "parhez usuli" deb qaralmasligi kerak. Muqaddas Kitobdagi ro'zaning maqsadi — vaznni yo'qotish emas, balki Xudo bilan yanada chuqurroq muloqot qilishdir. Har kim och qolishi mumkin, ammo ba'zilarga och qolish mumkin emas (masalan, qandli diabet kasalligi). Har bir inson Xudoga yaqinlashish uchun vaqtincha biror narsadan voz kechishi mumkin.

Bu dunyodagi narsalardan ko'z yumib, biz Masihga bo'lgan e'tiborimizni yanada muvaffaqiyatli qila olamiz. Ro'za – bu Xudoni biz istagan narsani qilishga majburlash usuli emas. Ro'za bizni o'zgartiradi, Xudoni emas. Ro'za boshqalarga qaraganda ruhiyroq ko'rinishning bir usuli emas. Ro'za kamtarlik ruhida va xursandchilik munosabatida amalga oshirilishi kerak. Matto 6:16-18 da e'lon qiladi: "Ro'za tutayotganingizda, ikkiyuzlamachilar kabi qovoq solib yurmanglar. Ular ro'za tutayotganlarini boshqalarga ko'rsatish uchun yuvinib, taranmaydilar. Sizlarga chinini aytayin: ular o'zlarining mukofotlarini olib bo'lganlar. Sizlar ro'za tutganlaringizda yuzlaringizni yuvib, sochlaringizni tarab yuring, toki ro'za tutganingizni yashirin bo'lgan Otangizdan boshqa hech kim bilmasin. Shunda yashirin qilgan ishingizni ko'rgan Otangiz sizni taqdirlaydi."

English


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Masihiy ro'za – bu haqida Muqaddas Kitob nima deydi?