Savol
Masihiy dunyoqarash nima?
Javob
"Dunyoqarash" degani, muayyan nuqtai nazardan dunyoning keng qamrovli tushunchasini anglatadi. Shunday qilib, "masihiy dunyoqarash" — bu Masihiylik nuqtai nazardan dunyoning keng qamrovli tushunchasidir. Insonning dunyoqarashi — bu uning "buyuk rasmi"dir, uning dunyo haqidagi barcha g'oyalarining uyg'unligi. Bu haqiqatni tushunishning bir usuli. Insonning dunyoqarashi kundalik qarorlar qabul qilish uchun asos bo'lib xizmat qiladi, shuning uchun bu juda muhimdir.
Stolda turgan olmani bir necha kishi ko'ra oladi. Botanik, olmaga qarab, uni tasniflaydi. Rassom, natyumortni ko'radi va uni chizadi. Baqqol, uning daromadliligini va zahiralarini ko'radi. Bola, yegulik deb ko'radi va uni yeydi. Har qanday vaziyatlarda qanday qarashimiz, bu butun dunyoga qanday qarashimizga bog'liq. Har bir dunyoqarash, masihiy va masihiy bo'lmaganlar, kamida bu uchta savol bilan shug'ullanadi:
1) Biz o'zi qayerdan kelib chiqdik? (va nima uchun biz bu yerdamiz?)
2) Bu dunyoda nima yomon?
3) Buni qanday tuzatishimiz mumkin?
Bugungi kunda keng tarqalgan bu uchta savolga javob beradigan tabiiy dunyoqarash: 1) Biz haqiqiy maqsadga ega bo'lmagan tabiatning tasodifiy harakatlarining samarasidirmiz. 2) Biz tabiatni hurmat qilmasligimiz. 3) Biz dunyoni ekologiya va tabiatni muhofaza qilish orqali qutqara olamiz. Tabiatshunoslik dunyoqarashi axloqiy nisbiylik, ekzistensializm, pragmatizm va utopizm kabi ko'plab aralashgan falsafalarni keltirib chiqaradi.
Boshqa tomondan, masihiycha dunyoqarash, Muqaddas Kitobning uchta savoliga javob beradi: 1) Biz dunyoni boshqarish va U bilan muloqot qilish uchun yaratilgan Xudoning ijodimiz (Ibtido 1:27-28; 2:15). 2) Biz Xudoga qarshi gunoh qildik va butun dunyoni la'natladik (Ibtido 3). Xudo, O'z O'g'li Iso Masihni qurbon qilish orqali dunyoni qutqardi (Ibtido 3:15; Luqo 19:10) va bir kun U mavjudotlarni o'zining avvalgi mukammal holatiga qaytaradi (Ishayo 65:17-25). Masihiy dunyoqarash, bizni axloqiy absolyutlarga, mo'jizalarga, insoniy qadr-qimmatga va qutqarish imkoniyatlariga ishonishimiz uchun olib keladi.
Dunyo nuqtai nazari keng qamrovli ekanligini unutmaslik kerak. Bu, hayotning barcha sohalariga, puldan to axloqqacha, siyosatdan to san'atgacha ta'sir qiladi. Haqiqiy masihiylik, — bu jamoatda ishlatish uchun faqatgina bir qator g'oyalar emas. Masihiylik, Muqaddas Kitob o'rgatganidek, uning o'zi dunyoqarashdir. Muqaddas Kitob hech qachon "diniy" va "dunyoviy" hayot o'rtasida farq qilmaydi; Masihiy hayot — bu yagona hayotdir. Iso O'zini "yo'l, haqiqat va hayot" deb e'lon qildi (Yuhanno 14:6) va shu bilan bizning dunyoqarashimizga aylandi.
English
Masihiy dunyoqarash nima?