settings icon
share icon
Savol

Qanday qilib men masihiy bo'lishim mumkin?

Javob


Masihiy bo'lish uchun birinchi qadam "Masihiy" atamasining ma'nosini tushunishdir. U, milodiy birinchi asrda Antioxiya shahrida paydo bo'lgan (Havoriylar 11:26 qarang). Ehtimol, boshida "Masihiy" ta'rifi, haqoratlash ma'nosiga ega edi – aslida bu so'z "kichik Masih" degan ma'noni anglatadi. Vaqt o'tishi bilan, Masih tarafdorlari "Masihiy" deb nomlangan va o'zlarini Iso Masihning izdoshlari sifatida aniqlash uchun ishlatishgan. Masihiyning oddiy ta'rifi, u Iso Masihga ergashgan insondir.

Nima uchun men Masihiy bo'lishim kerak?
Iso Masih, U nimaga kelhanini aytdi: "O'ziga xizmat qildirish uchun emas, balki O'zi xizmat qilish va O'z jonini fido qilib, ko'plarni ozod qilish uchun kelgan" (Mark 10:45). Shunga aloqador savol tug'iladi – nima uchun biz sotib olishimiz kerak? To'lov – bu jinoyatchilarning qamoqqa olinishi bilan oqlanib ketish holatlarida bo'lgani kabi, insonni ozod qilish evaziga amalga oshirilishi kerak bo'lgan to'lov.

Iso, qullikdan ozod qilish uchun bizning o'rnimizga to'lov to'ladi! Qullik?! Qanday? Gunohning qulligi va uning oqibatlari – Xudodan abadiy ajralish bilan birga, jismoniy o'lim. Nima uchun Iso bu to'lovni to'lashi kerak edi? Chunki, biz barchamiz gunoh bilan bulg'anganmiz (Rimliklarga 3:23) va biz ilohiy hukmga loyiqmiz (Rimliklarga 6:23). Iso bu to'lovni qanday qilib to'laydi? U bizning gunohlarimiz uchun mas'uliyatni O'z zimmasiga olib, xochda vafot etdi (1 Korinfliklarga 15:3; 2 Korinfliklarga 5:21). Isoning o'limi, bizni barcha gunohlarimizdan butunlay qutqara oladimi? Iso, inson qiyofasidagi Xudo edi. Xudo, bizlardan birimiz bo'lish uchun yerga keldi – shunda U biz bilan yashashi va bizning gunohlarimiz uchun o'lishi mumkin edi (Yuhanno 1:1, 14). Xudo – Isoning o'limi – O'z qadr-qimmatida cheksiz edi va butun dunyodagi gunohlardan butunlay qutqardi (1 Yuhanno 2:2). Isoning tirilishi, Uning o'limi yetarli qurbonlik ekanini tasdiqlaydi, chunki U aslida gunoh va o'limni yengib chiqdi.

Qanday qilib Masihiy bo'lishim mumkin?
Bu eng ajoyib qism! Bizni sevganidan, Xudo bu jarayonni juda oddiy qildi. Siz qiladigan barcha narsalar, Isoni o'z Najotkoringiz sifatida qabul qilish, Uning o'limini gunohlaringiz uchun yetarli qurbonlik sifatida tan olishdir (Yuhanno 3:16) va sizning Najotkoringiz sifatida Unga ishonishingiz (Yuhanno 14:6; Havoriylar 4:12). Masihni qabul qilish, bu marosim, jamoatga tashrif buyurish, biron-bir harakat qilish yoki muayyan narsalardan voz kechish emas. Masihiy bo'lish, bu Iso Masih bilan shaxsiy munosabatlarning mavjudligini anglatadi. Aynan U bilan shaxsiy munosabatlar tufayli, inson imon orqali, Masihiy bo'lib qoladi.

Siz masihiy bo'lishga tayyormisiz?
Agar, siz Masihiy bo'lishga tayyor bo'lsangiz, Iso Masihni Najotkor sifatida qabul qiling, shunda siz qilishingiz kerak bo'lgan hamma narsa, bu faqat ishonishdir. Siz gunoh qilganinizga va ilohiy hukmga loyiq bo'lganingizga ishonasizmi? Iso, sizning o'rningizga o'lishi orqali, sizning jazoingizni O'ziga qabul qilganiga ishonasizmi? Uning o'limi sizning gunohlaringiz uchun yetarli qurbonlik bo'lganiga ishonasizmi? Agar siz ushbu uchta savolga ijobiy javob bersangiz, unda faqat Najotkoringiz sifatida Isoga tayanasiz. Uni imon bilan qabul qiling. Bu Masihiy bo'lish uchun kerak bo'lgan hamma narsa!

Siz bu yerda o'qiganingiz uchun Masihni qabul qildingizmi? Ha bo'lsa, iltimos, "Men bugun Masihni qabul qildim" tugmasini bosing.

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Qanday qilib men masihiy bo'lishim mumkin?
© Copyright Got Questions Ministries