Kimdir qutqarilishi mumkinmi? Kimdir qutqara oladimi?


Savol: Kimdir qutqarilishi mumkinmi? Kimdir qutqara oladimi?

Javob:
Iso, Yuhanno 3:16-oyatida aniq o'rgatganidek, U O'ziga ishonganlarni qutqaradi: "Zero, Xudo olamni shunchalik sevdiki, O'zining yagona O'g'lini berdi. Toki Unga ishonganlardan birontasi halok bo'lmasin, balki abadiy hayotga ega bo'lsin". Bu "birontasi" deganda, siz va dunyodagi boshqa odamlarni o'z ichiga oladi.

Muqaddas Kitobda aytiladiki, agar najotimiz o'zimizning narsalarimizga asoslangan bo'lsa, unda hech kim qutqarilmaydi: "Axir, hamma gunoh qilgan va Xudoning ulug'vorligidan mahrumdir" (Rimliklarga 3:23). Rimliklarga 3:10 qo'shimcha qiladi: "Solih hech bir kimsa yo'qdir, Hatto bironta ham yo'q!"

Biz o'zimizni qutqara olmaymiz. Aksincha, biz Iso Masihga ishonganimizda najot topamiz. Efesliklarga 2:8-9 oyatlar shunday o'rgatadi: "Axir, sizlar Xudodan inoyat topib, imon orqali najot topgansiz. Bu Xudoning in'omidir, sizning yutug'ingiz emas. Yana hech kim: "Men savob ishlarim tufayli qutulganman", deb maqtanmasin." Biz Xudoning inoyati orqali qutqarilamiz va inoyatga ko'ra, bunga loyiq bo'lmagan edik. Biz najotga loyiq emasmiz – biz faqat imon bilan uni olamiz.

Xudoning inoyati, barcha gunohlarimizni qoplashi uchun yetarli (Rimliklarga 5:20). Muqaddas Kitobda gunohkor o'tmishidan qutqarilgan odamlarning ko'plab misollari bor. Havoriy Pavlus, ilgari turli gunohlarda yashagan masihiylarga, shu jumladan jinsiy ahloqsiz, butparast, zino, bachchaboz, o'g'ri, janjalkash va ichkilikka oid narsalarni yozgan. Lekin Pavlus ularga najot topganidan keyin aytadi: "Endi esa sizlar Rabbimiz Iso Masihning nomi bilan va Xudoning Ruhi orqali poklandingiz, Xudoga bag'ishlandingiz, oqlandingiz" (1 Korinfliklarga 6:9-11).

Havoriy Pavlusning o'zi, Masihiylarni ta'qib qilib, Stefanni o'limga (Havoriylar 8:1) hukm qilib, masihiylarni hibsga olib, qamoqxonalarga tashladi (Havoriylar 8:3).U keyinchalik yozadi: "Men ilgarilari Masihga qarshi chiqar edim, Uning izdoshlarini ta'qib etib, ularga jabr–zulm qilardim. Biroq, shularga qaramay, Xudo menga rahm qildi, axir, men Masihga ishonmaganim uchun nima qilayotganimni o'zim ham bilmasdim. Rabbimiz Iso Masih menga cheksiz inoyat ko'rsatdi. Uning O'zi menga imon ato qilib, mehru- oqibatni o'rgatdi. "Iso Masih gunohkorlarni qutqarish uchun dunyoga keldi", degan gap to'g'ri va asoslidir, har jihatdan qabul qilinishga loyiqdir. Men o'zim o'sha gunohkorlarning eng ashaddiysi edim!" (1 Timo'tiyga 1:13-15).

Xudo ko'pincha O'z maqsadlariga xizmat qilishiga nomzodlarni qutqarish uchun tanlaydi. U, o'limga qadar bir necha daqiqa qolganida, xochdagi qaroqchini qutqardi (Luqo 23:42-43), Unga ishonishdan bosh tortgan baliqchi (Butrus) jamoatning ta'qibchisi (Pavlus), Rim askari va uning oilasi (Havoriylar 10), qochoq qul (Filimo'nga maktubdagi O'nisimus) va boshqalar. Xudo qutqara olmaydigan hech kim yo'q (Ishayo 50:2 qarang). Biz imon bilan javob berishimiz va abadiy hayot in'omini qabul qilishimiz kerak.

Kim qutqarilishi mumkin? Bir narsa aniq — agar siz Iso Masihni Najotkoringiz deb qabul qilsangiz, mumkin! Agar bunga ishonchingiz komil bo'lsa, hozirgi vaqtda ushbu ibodat bilan javob berishingiz mumkin: "Xudo, men gunohkor ekanligimni tushunaman va hech qachon o'z yaxshi ishlarim bilan osmonga bora olmayman. Endi men gunohlarim uchun vafot etgan va menga abadiy hayot berish uchun o'liklardan tirilgan Xudoning O'g'li sifatida Iso Masihga bo'lgan imonimni e'tirof etaman. Iltimos, gunohlarimni kechir va Sen uchun yashashga yordam ber. Meni qabul qilganing va abadiy hayot sovg'asi uchun rahmat".

Siz bu yerda o'qiganingiz uchun Masihni qabul qildingizmi? Ha bo'lsa, iltimos, "Men bugun Masihni qabul qildim" tugmasini bosing.

English


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Kimdir qutqarilishi mumkinmi? Kimdir qutqara oladimi?