Masihiy jinga chalingan bo'lishi mumkinmi?


Savol: Masihiy jinga chalingan bo'lishi mumkinmi?

Javob:
Garchi Muqaddas Kitobda masihiyning jinga chalingani haqida aniq aytilmagan bo'lsa-da, bu bilan bog'liq bo'lgan Muqaddas Kitob haqiqatlari, masihiylar jinga chalingan bo'lmasligini aniq ko'rsatib turibdi. Jinga chalingan va zulm yoki jinlarning ta'siri o'rtasida aniq farq bor. Jinga chalinish, insonning fikrlari yoki harakatlari ustidan to'g'ridan-to'g'ri va butunlay harakatlarini nazorat qiladigan jinni o'z ichiga oladi (Matto 17:14-18; Luqo 4:33-35, 8:27-33). Iblisning bosimi yoki ta'siri esa, odamni ruhan tushiradigan yoki gunohkor xatti-harakatga undaydigan iblis yoki jinlarni o'z ichiga oladi. E'tibor bering, ruhiy urushga bag'ishlangan yangi Ahdning barcha qismlarida imonlilardan iblisning quvib chiqarilgani haqida hech qanday ko'rsatma yo'q (Efesliklarga 6:10-18). Imonlilar iblisni haydab chiqarishlari emas, unga qarshi turishlari kerak (Yoqub 4:7; 1Butrus 15:8-9).

Muqaddas Ruh masihiylarda yashaydi (Rimliklarga 8:9-11, 1Korinfliklarga 3:16, 6:19). Albatta, Muqaddas Ruh, O'zi yashaydigan insonga iblis ega bo'lishiga yo'l qo'ymaydi. Masihning qoni orqali sotib olingan (1 Butrus 1:18-19) va u yangi ijodga aylangan (2 Korinfliklarga 5: 17), Xudo farzadlaridan birini jin egallab olishi va nazorat qilishi uchun ruhsat berishi mumkin emas. Ha, imonlilar kabi, biz Shayton va uning jinlari bilan urushmoqdamiz, lekin ichimizdan emas. Havoriy Yuhanno shunday deydi: "Sizlar esa, aziz bolalarim, Xudodansizlar va soxta payg'ambarlarni yengdingizlar. Axir, ichingizdagi Ruh dunyodagi shaytondan ustundir" (1 Yuhanno 4:4). Bizda kim bor? Bu Muqaddas Ruh. Dunyoda kim? Shayton va uning jinlari. Shuning uchun imonli inson jinlar olamini yengib chiqdi va imonlining jinga chalinish masalasi Muqaddas Kitobga binoan amalga oshirilmaydi.

Masihiylar jinga chalinmasligi haqidagi kuchli Muqaddas Kitob dalillari bilan ba'zi bir Muqaddas Kitob o'qituvchilari masihiy ustidan nazorat qilayotgan jinga nisbatan "iblis" so'zini ishlatishadi. Biroq, ba'zilar, masihiylar jinga ega bo'lsa-da, masihiylarni jin urgan deb atashi mumkin. Odatdagidek, jin urgan ta'rifi deyarli jinlar tomonidan egallashning ta'rifi bilan bir xildir. Shunday qilib, natijalar bir xil. Terminning o'zgarishi, jin masihiyni boshqarishi yoki butunlay nazorat qila olmaydi degan isbotni o'zgartira olmaydi. Shubhasizki, jinlarning ta'siri va zulmlari masihiylar uchun haqiqatdir, lekin masihiyning jinga chalingan yoki jinlarga aylanishi mumkinligi haqidagi fikr Muqaddas Kitobdan emas.

Shaytoniy tushuncha ortidagi mantiqiy asoslarning aksariyati, shubhasiz, «aniq» masihiy bo'lgan kishi bilan uchrashishning shaxsiy tajribasiga asoslangan bo'lib, u jinni boshqarayotganligini isbotlaydi. Biroq, Muqaddas Kitobni talqin qilishimizga o'z tajribamiz ta'sir o'tkazishga yo'l qo'ymasligimiz kerak. Aksincha, biz Muqaddas Bitik haqiqati orqali shaxsiy tajribamizni filtrlashimiz kerak (2 Timo'tiyga 3:16-17). Biz shaytoniylikning xulq-atvorini ko'rsatadigan Masihiy deb hisoblangan odamni ko'rganimizda, uning imonining haqiqiyligini shubha ostiga olishimiz kerak. Bu bizni Masihiy jin / jinlarga chalingan bo'lishi mumkinmi degan nuqtai nazarimizni o'zgartirishga majbur qilmasligi kerak. Ehtimol, inson chinakam masihiy bo'lishi mumkin, lekin jinlarning kuchli ta'siriga tushib qolishi yoki jiddiy psixologik muammolarga duch kelishi mumkin. Lekin yana bir bor tajribamiz Muqaddas Bitikni tekshirish bilan mos bo'lishi kerak, aksi emas.

English


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Masihiy jinga chalingan bo'lishi mumkinmi?