Jamoatning maqsadi nima?


Savol: Jamoatning maqsadi nima?

Javob:
Havoriylar 2:42 jamoatning maqsadini ko'rish mumkin: "Ular havoriylarning ta'limotini o'rganishga, birodarlikka, Rabbimiz Isoni xotirlab, non sindirishga va ibodatga o'zlarini bag'ishlaganlar".

Ushbu oyatga muvofiq, jamoatning maqsadlari/faoliyatlari bo'lishi kerak 1) Injil ta'limotini o'rgatishi 2) Imonlilar uchun do'stlashish joyini ta'minlash 3) Rabbimizning kechligini o'tkazish, va 4) Ibodat qilish

Jamoat, biz imonimizda o'sishimiz uchun, Muqaddas Kitob ta'limotini o'rgatishi kerak. Efesliklar 4:14 maktubida shunday deyilgan: "Shunda biz norasida go'daklarga o'hshamaymiz, shamol esgan tamonga egiladigan novdadek bo'lmaymiz. Har hil ta'limotlar va quv odamlarning hiylayu ayyorliklariga laqqa tushavermaymiz". Jamoat, masihiylar bir-birlariga bag'ishlangan va bir-birlarini xurmat qilib, do'stona munosabat qilishadigan (Rimliklar 12:10), bir-biriga pand-nasihat qiladigan (Rimliklar 15:14), bir-biriga nisbatan ko'ngilchan va mehr-shafqatli bo'ladigan (Efesliklar 4:32), bir-biriga dalda beradigan (1 Salonikaliklar 5:11), va eng muhimi bir-birlarini sevadigan joy bo'lishi kerak.

Jamoat, imonlilar Rabbimizning Kechligini o'tkazib, biz uchun qon to'kkan Masihning o'limini eslaydigan joy bo'lishi kerak (1 Korinfinliklar 11:23:26). "Non sindirish" tushunchasi (Havoriylar 2:42) shuningdek, ovqatlanishni birgalikda o'tkazish haqidagi fikrni bildiradi. Bu, jamoatda munosabatga imkon tug'diradigan yana bir misoldir. Havoriylarning 2: 42ga asosan jamoatning yakuniy maqsadi ibodatdir. Jamoat ibodat qilishga yordam beradigan, ibodatga o'rgatadigan va ibodat qiladigan joy bo'lishi kerak. Filippiliklarga 4:6-7 da bizga dalda beryapdi: "Hech narsadan tashvish qilmanglar. Aksincha, har qanday sharoitda ibodat va iltijoda bo'lib, har bir muhtojligingizni Xudoning oldida minnatdorchilik bilan izhor qilinglar"

Jamoatga berilgan yana bir topshiriq, Iso Masih orqali najot xushxabarini e'lon qilishdir (Matto 28:18-20; Havoriylar 1:8). Jamoat, xushxabarni so'zlar va amaliy ishlar orqali yoyilishiga sodiq bo'lishga chaqirilgan. Jamoat, odamlarga Rabbimiz va Xaloskorimiz Iso Masihni ko'rsatadigan "mayoq" bo'lishi kerak. Jamoat, xushxabarni targ'ib qilishi va uning a'zolarini ham xushxabarni e'lon qilishlari uchun tayyorlashlari kerak (1Butrus 3:15).

Jamoatning asosiy maqsadlaridan biri Yoqub 1:27 da berilgan: "Otamiz Xudoning nazarida pok va beg'ubor din-diyonatga ega bo'lgan inson yetim-yesiru bevalarni qayg'uli kunlarida yo'qlab boradi, u bu dunyo dastidan bulg'anmaydi". Jamoat, muhtojlarga hizmat qilishi uchun kerakdir. Bunga nafaqat xushxabarni tarqatish, balki zarur va mos keladigan jismoniy ehtiyojlarni (oziq-ovqat, kiyim-kechak, boshpana) ta'minlashlar ham kiradi. Jamoat shuningdek, Masihga imon keltirganlarni, gunohlarni yengishiga va dunyoning iflosliklaridan ozod bo'lishiga zarur bo'lgan vositalar bilan jihozlashi kerak. Buni, Muqaddas Kitob ta'limotini o'rganish va masihiylar bilan munosabat qilish orqali amalga oshirish mumkin.

Xo'sh, jamoatning maqsadi nima? Pavlus Korinfdagi imonlilarga yaxshi misol keltirgan. Jamoat – bu dunyo uchun Xudoning qo'llari, og'zi va oyoqlari bo'lgan — Masihning tanasidir (1 Korinfiliklar 12:12-27). Iso Masih jismonan yer yuzida bo'lganida qilgan ishlarini, biz ham bajarishimiz kerak. Jamoat, bu "Masihiy", "Masih kabi" va Masihga ergashishdir.

English


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Jamoatning maqsadi nima?