settings icon
share icon
Savol

Jahannam haqiqiymi? Jahannam haqiqatdan abadiymi?

Javob


Qizig'i shundaki, odamlarning juda ko'p qismi jahannam mavjudligiga qaraganda jannatning mavjudligiga ko;proq ishonadilar. Biroq, Muqaddas Kitobga binoan, jahannam jannat kabi haqiqiydir. Muqaddas Kitob jahannamning o'limdan keyin nopok va imonsizlar yuboriladigan haqiqiy joy ekanligini aniq va to'gri o'rgatadi. Biz hammamiz Xudoga qarshi gunoh qildik (Rimliklarga 3:23). Bu gunoh uchun adolatli jazo, o'limdir (Rimliklarga 6:23). Bizning hamma gunohlarimiz oxir-oqibat Xudoga qarshi (Zabur 51:4) bo'lgani uchun va Xudo cheksiz va abadiy Zot bo'lganligi sababli gunoh uchun jazo, o'lim ham cheksiz va abadiy bo'lishi kerak. Jahannam bizning gunohlarimiz uchun munosib bo'lgan tugallanmas va abadiy o'limdir.

Jahannamda nopok hayot kechirib o'lganlarning jazosi Muqaddas Bitikda "Abadiy olov" deb tasvirlangan (Matto 25:41), "so'nmas o't" (Matto 3:12), sharmandalik va abadiy isnot" (Doniyor 12:2), "olovi o'chmaydigan" joy (Mark 9:44-49), "azob" va "olov" joyi (Luqo 16:23-24), "abadiy o'lim" (2 Salonikaliklarga 1:9), "Azoblarining tutuni abadulabad burqirab turadigan" joy (Vahiy 14:10-11) va "olov va oltingugurt ko'li", gunohkorlar "kechayu Kunduz, abadulabad azob chekishadi"gan joy (Vahiy 20:10).

Jahannamda yovuz odamlarning jazosi, osmonda solihlarning baxtiga o'xshab cheksizdir. Isoning O'zi do'zaxdagi jazoning osmondagi hayot kabi abadiy ekanligini ta'kidlaydi (Matto 25:46). Nopoklar har doim Xudoning qahri va g'azabiga duchor bo'ladilar. Do'zaxda bo'lganlar Xudoning mukammal adolatini tan oladilar (Zabur 76:10). Do'zaxda ularning jazosi adolatli ekanini va ular faqat aybdor ekanini bilishadi (Qonunlar 32:3-5). Ha, jahannam haqiqatdir. Ha, jahannam abadiy davom etadigan azob va jazo joyidir. Iso orqali bu abadiy jazodan qutqara oladigan Xudovandga hamdu sanolar bo'lsin (Yuhanno 3:16, 18, 36).

English



O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Jahannam haqiqiymi? Jahannam haqiqatdan abadiymi?
© Copyright Got Questions Ministries