Turli irqlar qanday kelib chiqqan?


Savol: Turli irqlar qanday kelib chiqqan?

Javob:
Muqaddas Kitob bizga insoniyatning turli "irqlari" yoki teri ranglarining kelib chiqishi haqida aniq ko'rsatmaydi. Aslida, faqat bitta irq bor—inson irqi. Inson irqi ichida terining rangi va boshqa jismoniy xususiyatlari bor. Ba'zilar, Xudo Bobil minorasi vaqtida tillarni aralashtirgan (Ibtido 11:1-9), U irqiy xilma-xillikni yaratdi deb taxmin qilishadi. Afrikaliklar, Afrikada haddan tashqari issiqligidan omon qolish uchun yaxshi irsiy ta'minlangan afrikaliklarning qora terisi kabi, turli vaziyatlarda odamlarning omon qolishiga imkon berish uchun Xudo insoniyatda irsiy o'zgarishlarni joriy qilgan bo'lishi mumkin. Shu nuqtai nazar bilan qaraganda, Xudo tillarni chalkashtirib, insoniyatni tilshunos ravishda ajratdi va keyin har bir irqiy guruh oxir-oqibat qayerga ketayotganiga qarab, irsiy irqlar farqlarini yaratdi. Shunday bo'lgan bo'lishi mumkin, lekin bu nuqtai nazardan Muqaddas Kitobda aniq asoslar yo'q. Insoniyatning irqi/rangi Bobil minorasi bilan bog'liq bo'lganligi hech qanday joyda aytilmagan.

To'fondan so'ng, turli tillar paydo bo'lganda, bir xil tilda gapiradigan guruhlar boshqa tilda gapiradiganlardan uzoqlashdi. Shu bilan birga, ma'lum bir guruh uchun irsiy o'zgarishi keskin kamaydi, chunki guruh endi butunlay insonyatning aholisi soniga ega emas edi. Keyinchalik yaqin qarindoshlar o'rtasidagi munosabatlar yuzaga keldi va vaqt o'tishi bilan bu turli guruhlarda muayyan xususiyatlar qayd etildi (ularning barchasi irsiy kodda imkoniyat sifatida mavjud bo'lgan). Avlodlar uchun keyingi qarindoshlar paydo bo'lganligi sababli, irsiy o'zgarish kamroq va kichikroq bo'lib, bir xil tilli oiladan bo'lgan barcha insonlar, bir xil yoki o'xshash xususiyatlarga ega edi.

Yana shunday tushuntirish, Odam Ato bilan Momo Havo qora, jigarrang va oq nasllarni keltirib chiqaradigan genlarga ega edi (va ularning ortasidagi hamma narsa). Bu, irqiy juftlik aralashganida ba'zan rangida farq qiladigan bolalarga ega bo'lishiga o'xshaydi. Xudo insoniyatni tashqi qiyofada turli xil bo'lishini xohlaganligi sababli, Xudo Odam Ato va Momo Havoga turli xil teri rangidagi bolalarni ishlab chiqarish qobiliyatini berishi mantiqiydir. Keyinchalik, to'fondan keyin faqat Nuh va uning xotini, Nuhning uch o'g'illari va ularning xotinlari—faqat sakkiz kishi tirik qolgan (Ibtido 7:13). Ehtimol, Nuhning kelinlari turli xil irqlardan bo'lgandirlar. Shuningdek, Nuhning xotini Nuhga qaraganda boshqa irqdan ham bo'lishi mumkin. Ehtimol, ularning sakkiztasi ham aralashgan irqlar bo'lib, ular turli irqli bolalarni keltirib chiqarish uchun irsiyatga ega bo'lishgan degan ma'noni anglatadi. Tushuntirish qanday bo'lishidan qat'iy nazar, bu masalaning eng muhim jihati shundaki, biz barchamiz bir irq, hamma bir xil Xudo tomonidan yaratilgan, barchamiz bir xil maqsad — Uni ulug'lash uchun yaratilgan mavjudotmiz.

English


O’zbek tilidagi saxifaga qaytish

Turli irqlar qanday kelib chiqqan?